10-sinf O’zbekiston tarixi darsligi asosida 14-mavzu Reja: - Sovet hokimiyatining ta’lim va fan sohasidagi ishlari.
- Xalq maorifi va savodsizlikka qarshi kurash.
- Alifboning o‘zgartirilishi.
Sovet hokimiyatining ta’lim va fan sohasidagi ishlari. Bolsheviklar tomonidan O‘zbekistonda dastlabki yillarda sovet maktablari va texnikumlar ochishga alohida e’tibor qaratildi. Jadid maktablari yopildi. Eski maktablar va vaqf maktablari ham tugatildi. Turkiston davlat universiteti va O‘zbekiston davlat universitetidan keyin respublikada ko‘plab institutlar tashkil etildi. Biroq universitet va institutlardagi talabalar o‘rtasida o‘zbeklar kamchilikni tashkil qilgan. Bu davrda O‘zbekistonda fan taraqqiyoti sohasida muayyan yutuqlarga erishildi. 1932-yil 14-oktyabrda O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Prezidiumining O‘zbekiston ilmiy tekshirish muassasalariga rahbarlik qiluvchi O‘zbekiston SSR Fanlar komiteti tuzildi. 1934-yili unga Otajon Hoshimov rais qilib saylandi.
Otajon Hoshimov
Xalq maorifi va savodsizlikka qarshi kurash.
1934-yil 10-17-yanvarda Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kommunistik partiyasining VI syezdida VKP(b) XVII syezdi tomonidan qo‘yilgan vazifalarga asoslanib,
ikkinchi besh yillik davrida (1933–1937-yillar) respublikaning sotsialistik madaniyatini rivojlantirishdagi asosiy yo‘llarni belgilab chiqdi.
Shu maqsadda O‘zbekiston SSR Sovetlarining 1935-yil 10 – 17-yanvarda Toshkentda bo‘lib o‘tgan V qurultoyi O‘zSSR Xalq Komissarlari Sovetiga 8 yoshdan to 15 yoshgacha bo‘lgan hamma bolalarni majburiy yetti yillik ta’limga tortish hamda respublika shahar va qishloqlarida yangi maktab binolari qurish dasturini ishlab chiqishni taklif qildi. Xalq maorifi ehtiyojlari uchun juda ko‘p mablag‘lar ajratildi – birinchi besh yillik davrida 395,5 mln rubl mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, ikkinchi besh yillik uchun 1,16 mlrd rubl mablag‘ sarflandi. Bu paytda O‘zbekistonda savodsizlik va chalasavodlilikni tugatish ishlarini oxiriga yetkazish vazifasi ham turar edi. 1937-yili savodsizlikni tugatish maktablarining soni 413 taga yetdi. Alifboning o‘zgartirilishi. Sovet hokimiyatining dastlabki o‘n yilliklarida O‘zbekistonda imlo 3 marta o‘zgartirildi. Ma’lumki, islom dini mintaqaga kirib kelgach, asrlar davomida yurtimizda yaratilgan asarlar arab alifbosidagi eski o‘zbek tilida yozilgan edi. Ahmad Yassaviy, Sakkokiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur singari mashhur shoirlar 500 – 800 yillar oldin o‘zbek tilida, biroq arab imlosida o‘z asarlarini yozganlar. 1929-yil may oyida Samarqandda o‘tgan O‘zbekiston adiblari, imlochilari va yetakchi ziyolilari konferensiyasida o‘zbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi. Yangi turdagi o‘zbek adabiyoti va milliy san’atining taraqqiyoti. Ijtimoiy hayotda shiddatli ziddiyatlar hukm surgan bu murakkab davrda adabiyot va san’at milliylik, insonparvarlik, xalqchilik kabi tamoyillarga sodiqligini saqlab qoldi. O‘zbek yozuvchi va shoirlaridan Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Sadriddiy Ayniy, Hamza va boshqalar o‘z asarlari bilan milliy qadriyatlarni saqlash va himoya qilishga urindilar. O‘zbek milliy musiqasini rivojlantirishda o‘zbek kompozitorlaridan To‘xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Muxtor Ashrafiy, Mutavakkil Burhonovlar katta mehnat qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |