O`ZBEKISTONDA MAISHIY XIZMAT KO`RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISH.
Reja: I.Kirish II.Asosiy qism. 2.1.O`zbekistonda maishiy xizmat ko`rsatish turlari. 2.2. O`zbekistonda maishiy xizmat ko`rsatish turlarini rivojlantirish. 2.3. Maishiy xizmat ko`rsatish dunyo miqyosida. III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Iqtisodiyotni modernizasiya qilish davrida davlatning ijtimoiy-iqtisodiysiyosati faqat odamlarning manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdanginaiborat bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli yoshlarni ish bilan bandliginita’minlashni ham o’z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o’sishi yuqori sur’atlar bilanborayotgan va o’ziga xos yoshlar tarkibiga ega bo’lgan bizning respublikada ishbilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Aholi va uning eng faol qismi bo’lgan mehnat resurslari makroiqtisodiyotningasosiy qismi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot aholi va mehnat resurslariningijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlarini tadqiq etish orqali uni samarali boshqarish vamilliy iqtisodiyotni rivojlantirishni maqsad qilib oladi. Chunki, mehnat resurslariva uning faol qismi bo’lgan ish kuchi ishlab chiqaruvchi kuchlarning eng asosiyqismidir. Shu bilan birga mehnat resurslari bozor iqtisodiyoti munosabatiningtarkibiy elementlaridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamizda mehnat bozori, mehnatniboshqarish institutlarini va iqtisodiy huquqiy mexanizmlarini yaratish talab etiladi.Bozor iqtisodiyoti erkin ishlab chiqaruvchilarning, iste’molchilarning gorizantalmunosabatlariga asoslanar ekan, ishsizlik, qashshoqlik ijtimoiy-siyosiy vaziyatningbarqarorligi kabi salbiy xodisalarning bo’lishi mumkinligini nazarda tutish zarur.Umuman makroiqtisodiyotni mutassil o’sish sur’atlarini ta’minlash uchunrespublika aholisining o’sish sur’atlarini tartibga solish lozim. Aholining o’sishiesa ish kuchining manbaidir.Kurs ishining dolzarbligi O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida hamdadavlat siyosatida yoshlarning ish bilan bandligini oshirish muammosi alohidaahamiyat kasb etmoqda. Bu ko’p jihatdan O’zbekiston aholisining tarkibiga ko’rayoshlar mamlakati qatoriga kirishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy faol aholi tarkibidagiyoshlar eng istiqbolli toifa hisoblanib, uzoq muddatli intellektual investisiyaobyekti hisoblanadi.