O’zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish



Download 436,5 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi436,5 Kb.
#790042
Bog'liq
Bayonnoma-2021


BUXORO ABI ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMIDA “O’ZBEKISTONDA MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI FAOLIYATI. INSON HAQ-HUQUQLARINI TA’MINLASH VA HIMOYA QILISH ” MAVZUSIDA TASHKIL ETILGAN DAVRA SUHBATI BAYONNOMASI


19-fevral 2022-yil Buxoro shahri


Qatnashdilar: Buxoro Tibbiyot texnikumi psixolog o’qituvchilari: Akbarova Maftuna. Bahodirova Halima. Genetika va mikrobiologiya o’qituvchilari: Azamatova Zelfira, Jumayeva Muhabbat. Tarix o’qituvchisi Muzafarova Zulxumor. 1-kurs talabalari, Buxoro Davlat Universiteti Tarix va madaniy meros fakulteti malakaviy amaliyotchi talabasi, Ramazonov To’lqin.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat hokimiyatining vakillik organlari faoliyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Buxoro tibbiyot texnikumida tashkil etilgan bugungi davra suhbati ham O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat hokimiyati vakillik organlarining, ularning funksiya va vakolatlarini amalga oshirishdagi deputatlarning, fuqarolarning tutgan o’rni va roli mavzusiga bag’ishlandi.


Davra suhbatini kirish so’zi bilan amaliyotchi talaba Ramazonov To’lqin boshlab berib, u mahalliy hokimiyat organlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashishlari, shuningdek, yuqori organlarning o‘zlariga berilgan vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari quyi organlar ijro etishi uchun majburiy ekanligi, Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning 5 yillik vakolat muddati to'g'risidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan boshlab berdi.


Shundan so’ng, amaliyotchi talaba Ramazonov To’lqin viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etishi, ular bo‘yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilishi xususida to’xtalib o’tdi. Shu bilan bir qatorda , qonun hujjatining toki qabul qilinib e’lon qilingunga qadar qanday bosqichlardan o’tishi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar talaba yoshlar uchun juda manzur bo’ldi.



Dars jarayonida amaliyotchi talaba Ramazonov To’lqin tomonidan darsni yanada qiziqarli olib borish maqsadida turli xil qiziqarli metodlar, jumladan, sherigingni top, kodlash va boshqa qiziqarli metodlardan foydalanildi va dars jarayonida talabalar O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari va senat a’zolari haqida to’liq ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Qolaversa, deputat va senatorlarning vakolatlari va ularga berilgan immunitet hamda indemnitet huquqlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.



Amaliyotchi talaba Ramazonov To’lqin mahalliy hokimiyat organlarining qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish, mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish, mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash hamda normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirishi borasidagi vakolatlarining mazmun mohiyatini ham ochib berdi.


Davra suhbati davomida amaliyoptchi talaba Ramazonov To’lqin tomonidan bugungi kundagi inson huquqlariga bo’lgan munosabatni ochib berishda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidan foydalandi. Talabaning inson huquqlari borasidagi fikrlari davra suhbatiga tashrif buyurgan o’qituvchilar tomonidan ijobiy baholandi.


Davra suhbatida, yoshlar Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy vakolatlari kabi masalalarga qiziqqani g‘oyatda tahsinga sazovor bo’ldi.

Suhbat jarayonida texnikum talabalari tomonidan hokimning taqdimiga binoan, hududni rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlashi kerakligi ta’kidlandi. Bir so‘z bilan aytganda, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organi ekanligi ta’kidlandi. Shunday qilib, davra suhbati talaba-yoshlarga vakilllik organlari faoliyatini bilish orqali, ular faoliyatini yanada jadallashtirish mumkinligi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga boy tarzda o’tildi.



Texnikum Yoshlar Ittifoqi raisi:
B.Ro’ziyev

Malakaviy amaliyotchi talaba: T. Ramazonov



Download 436,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish