Fidokorlar” Milliy Demokratik partiyasi (FMDP) 1998 yil 28 dekabrdagi ta’sis qurultoyida tashkil topib, 1999 yilning 3 yanvarida Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tdi.
Partiyaning asosiy maqsadi sifatida quyidagilar e’lon qilindi: bozor iqtisodiyotiga asoslangan, mulkchilikning turli shakllari amal qiladigan jamiyatga o‘tish; Partiyaning ijtimoiy ideali - bu insonning o‘z-o‘zini kamol toptirish, shaxs manfaatlari uning huquq va erkinliklarini to‘la darajada ro‘yobga chiqarish uchun siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy shart - sharoitlarni kafolatlovchi fuqarolik jamiyatini barpo etishdir234.
Partiyaning vujudga kelishi va faoliyat ko‘rsatishidan maqsad mamlakatda yangi shakllanayotgan kichik va o‘rta mulkdorlar ijtimoiy tabaqasining siyosiy manfaatlarini ifoda etishdir. SHuningdek, partiya o‘z faoliyatida ko‘proq yoshlarga tayanib ish olib borishi ta’kidlandi.
Partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, barcha viloyatlar, shaharlar va tumanlarda mahalliy organlari tuzildi. Partiya a’zolarining soni 60 mingga etdi. Partiyaning markaziy organi sifatida “Fidokor” gazetasi ta’sis etildi235.
2008 yil iyun oyida “Fidokorlar” Milliy Demokratik partiyasi bilan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining bir partiyaga birlashishiga doir tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Mazkur ikki partiyaning qurultoylari o‘zlarining saylovlar davrida va parlament faoliyatida o‘z ta’sirlarini oshirish, elektoratning ko‘proq qismini jalb etish maqsadlarida yagona partiyaga birlashdi. Tuzilgan yangi partiyaning nomi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deb atashga qaror qilindi. Partiyaning markaziy, mintaqaviy va boshlangich tashkilotlari har ikki partiya vakillaridan iborat holda qaytadan tashkil etildi. Partiya dasturi endi jamiyatdagi ko‘proq ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini ifoda eta boshladi.
O‘zbekistonda qisqa davr ichida siyosiy partiyalarning siyosiy tizim sub’ektlari sifatida faoliyat ko‘rsatishlari, ularning siyosiy tizimga ta’sir eta olish qobiliyatlarining shakllanishi natijasida demokratik tamoyillardagi ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllandi. Siyosiy partiyalar jamiyatning instituti sifatida har bir partiya o‘zi tayangan ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini birlashtirish va ifodalash, shuningdek fuqarolar siyosiy madaniyatini oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolliklarini yuksaltirish sohasida katta ishlarni amalga oshira boshladilar.
Mamlakatda parlament islohotlarining boshlanishi, ikki palatali parlamentni shakllantirish uchun huquqiy asoslarning ishlab chiqilishi munosabati bilan siyosiy partiyalarning jamiyatdagi va davlat qurilishidagi o‘rni yanada yuksaldi. 2004 yil dekabrdagi parlament va mahalliy vakillik organlariga bo‘lgan saylovlarda parlamentning quyi palatasi - Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqining siyosiy partiyalarga berilishi, mahalliy vakillik organlaridan parlament deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqining bekor qilinishi munosabati bilan partiyalarning qonun chiqaruvchi hokimiyatni shakllantirish sohasidagi yangi davri boshlandi.
2003 yil 15 noyabrda O‘zbekiston siyosiy tizimida yana bir siyosiy partiya -
Do'stlaringiz bilan baham: |