O'zbekistonda ko’chaladoshlar oilasiga mansub o'simliklarning tarqalish biologiyasi kirish


Dorivor o‘simliklar bioekologiyasini o‘rganishning asosiy usullari



Download 152 Kb.
bet4/8
Sana14.01.2022
Hajmi152 Kb.
#362787
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Dorivor o‘simliklar bioekologiyasini o‘rganishning asosiy usullari.

Biologik va ekologik ilmiy-tadqiqot ishlarda ko‘pincha tasviriy, taqqoslash, tajriba hamda ekosistemalarni modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. Tasviriy, taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlar foydalanadigan uslublardir. Ammo modellashtirish uslubi biologiya va ekologiyaga endi kirib kelayotgan uslublardan hisoblanadi.



KO`CHALADOSHLAR (ARACEAE) OILASI .

Oilaga asosan epifitlar , lianalar , ildizpoyali yoki ildiz tuganakli o`tlar kiradi. Ularning barglari yirik, ildiz bugzida joylashadi. Gullari aktinomorf, ikki jinsli ё"ki bir jinsli. Bir uyli, tupgulli yug`on suta. Gulqurg`oni 4-6 bo`lakli changchisi 4-6 ta. Mevasi rezavor. Bu oilaning yer sharila 110 turkumga oid 1800 turi o`sadi O`zbyokistonda 3 turkumga mansub, 5 turi tarqalgan.

Igir (Acorus) turkumiga ildizpoyali, uzun kilichsimon bargli, yashil, xushbuy o`tlar kiradi. Ularning gullari ikki jinsli, gulqurg`oni 6 bargchali, changchisi 6 ta tugunchasi 3 uyali . O`zbyokistonda xushbuy igir (Acorus calamus) asosan Samarkand, Xorazm viloyatlarida sernam joylarda o`sadi. Dorivor o`simlik.

POYABARGDOSHLAR. (LEMNACEAE) OILASI.



Bu oila vakillari gulli o`simliklar orasidagi eng kichigi xisoblanadi. Uning ildizi, poyasi, bargi yaxshi taraqqiy kilmagan. Ular syokin okadigan suvlarda o`sadi. Guli ayrim jinsli. Gulqurg`oni yuk. Changchisi 1 ta yoki 2 ta . Asosan vegetativ yo`l bilan ko`payadi. Urug`i suv ostida yetiladi. Bu oilaga 6 ta turkumga mansub, 6 ta tur kiradi. O`zbyokistonda bitta turkum, 3 ta turi o`sadi. Poyabarglar suvda yashovchi parrandalar va boshqalar uchun ozuka xisoblanadi. Bundan tashqari uy xayvonlarini bokishda yem-xashak sifatida ham ishlatiladi.

KUGANAMOLAR (TYPHALES) QABILASI. Bu qabila 2 ta oilani o`z ichiga oladi.

Kugadoshlar (Tuphaceae) oilasi.



Bu oilaga ildizpoyasi yug`on, suvli muxitda , ayniqsa botqoqlarda o`suvchi , buyi ikki metrgacha yetadigan ko`p yillik o`tlar kiradi. Barglari uzun, lentasimon. Gullari mayda, bir jinsli , gulqurg`onsiz, boshoqsimon sutadan joylashgan. Urug`chi gullari sutaning ostki , yug`on qismida, changchi gulllari esa ustki ingichka qismida joylashgan. Changchi guli 3 ta changchi , urug`chi guli 1 ta mevachabargdan iborat. Bu oilaga bitta turkum , 15 tur kiradi.Yer sharida keng tarqalgan .O`zbyokistonda kuga(Tira) turkumiga kiruvchi 6 ta tur o`sadi.

Oila vakillaridan O`rta Osiyoda quyidagi turlari tarqalgan:

1.    Tuganakli salomalaykum (Cyperus rotundus). Respublikamiz xududida barcha ekinlar orasida uchraydigan xavfli begona o`t hisoblanadi.

2.    Yo`g`ontumshuq qorabosh (Carex pachystylis).

Adir va tog` mintaqasining pastki qismidagi soz tuproqli erlarda o`sadi.

3.    Ko`l qiyog`i (Scirpus lacustis). Ko`l, daryo, suv xavzalari, botqoqliklarda, ba`zan sholipoyalarda o`sadi.

4.    To`ng`iz sirt (Cobresia bellardi) kabi o`simliklar ma`lum miqdorda em-xashak o`simligi hisoblanadi.

4. Qo`ng`irboshnamolar qabilasi - Poales

Bu qabilaning vakillari hilolnamolar qabilasining turlaridan, poyalarining bo`g`imlarga bo`linishi va barglarida «tilcha»ni bo`lishi bilan farq qiladi. Qabila faqat bug`doydoshlar oilasidangina tashkil topgan.

1. Bug`doydoshlar (Boshoqdoshlar) oilasi -Poaceae

Bu oilaning 700 ta turkumi va 7500-10000 ta turi er yuzining turli mintaqalarida keng tarqalgan. Ular bir yillik, ikki yoki ko`p yillik o`t o`simliklar, ba`zan buta va daraxtsimonlari ham uchraydi. Poyasi o`t o`simliklarida ingichka, naysimon, bo`g`imlarga bo`lingan. Bo`g`imlari bo`rtgan ichi berk, bo`g`im oraliqlarining ichi bo`shliqdan iborat. Barglari oddiy, bandsiz, ba`zan bandli, ketma-ket joylashgan. Ular poyani o`rab turadigan, naysimon uzun qindan va tasmasimon, nashtarsimon yoki begizsimon shaklga ega bo`lgan barg yaproqlaridan tuzilgan. Barg qinining-barg yaprog`iga o`tish joyida yupqa pardasimon o`simta tilcha va 2 ta quloqchasi bor. Tilcha 2ta yonbargchaning qo`shilib o`sishidan hosil bo`lgan deb qaraladi. U poya bilan qin orasida suv tushishiga yo`l qo`ymaydi. Gullari mayda gulqo`rg`onsiz bo`lib, ular o`z navbatida boshoq supurgi, shingil, so`ta, ro`vak kabi oddiy va murakkab to`pgullarni hosil qiladi. Har bir boshoqcha 1 dan 10 tagacha. Ba`zan undan ko`p ikki jinsli yoki bir jinsli ikkita gultangacha barglar va ular ostidan chiqqan ikkita etli boshoq tangacha bargli gullardan tashkil topgan. Ayrim hollarda ularning soni o`zgarib turishi ham mumkin. Biroq tangacha barglar boshoqchani o`rab turganini ostki, o`ralib turgan ichkaridagini esa ustki, boshoq tangacha barg deyiladi. Ulardan keyin changchi va urug`chilarni o`rab turgan gultangacha barglar joylashgan bo`ladi. Gultangacha barglarning boshoqcha o`zagidan chiqqan etli va kattarog`ini ostki, uning qarshisida gul banddan chiqqan kichikrog`ini ustki gultangacha barg deyiladi. Gultangacha barglar ichida 1, 2, 3 ta bo`lib joylashgan kichkinagina yupqaparda bo`lib, bu parda o`zgargan gulqo`rg`on «Lodekula» deb ataladi. Lodekulalar tangacha barglarni itarib, ularni bir-biridan ajratadi va gulning ochilib turishiga imkon beradi. Changchilar asosan 3 ta yoki 6 ta, ba`zan 2 ta ham bo`lishi mumkin. Urug`chi bitta, 2 yoki 3 mevabargning qo`shilib o`sishidan hosil bo`lgan. Ustunchasi qisqa, ba`zan o`troq holda bo`lib, tumshuqchasi 2 ta bo`lakka bo`lingan, patsimon tuzilishga ega.

Tugunchasi ustki bir uyali va bir urug` kurtakli. Mevasi quruq don meva.




Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish