O'zbekistonda ko’chaladoshlar oilasiga mansub o'simliklarning tarqalish biologiyasi kirish


O`SIMLIKLAR OLAMI TO`G`RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA



Download 152 Kb.
bet7/8
Sana14.01.2022
Hajmi152 Kb.
#362787
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

O`SIMLIKLAR OLAMI TO`G`RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA

         O`simliklar olami anorganik moddalardan organik moddalarni hosil qiluvchi, qayta tiklash mumkin bo`lgan tabiatning mo`jizaviy organizmi bo`lib,  modda almashinuvida boshlang`ich  bo`g`im  hisoblanadi. Inson uchun kerakli bo`lgan  moddiy boylik, ya’ni oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg`i-energiya hamda  qurilish materiallari  asosan o`simlik  mahsulotlaridir. Ular asosan fotosintez jarayonida  hosil bo`ladi. Shuning uchun o`simliklarni insonlarni  turli ehtiyojlarini qondiruvchi asosiy tabiiy resurslar sifatida ta’riflaymiz.

Hozirgi vaqtda Yerning biosferasida 20 mingdan ortiq zamburug`lar, 23 ming yo`sinlar, 9 ming paporotniklar, 640 ochiq urug`li va 200 mingdan ortiq yopiq urug`li o`simlik turlari uchraydi. O`simlik turlarining tarqalishi bo`yicha golarktik hududlaridan turlar soni kamroqdir, lekin palearktik va neotropik viloyatlar hududlarida o`simlik turlarining xilma-xilligi va soninig boyligi kuzatiladi.

         Yer yuzida  hosil  bo`ladigan biologik massaning asosini fitomassa tashkil qilib, u hayvonlar hosil qiladigan ikkilamchi massadan o`simliklar hosil qiladigan  ikkilamchi massadan o`simliklar  hosil  qiladigan  biomassa 70-100 marta  ko`pdir. Yer yuzidagi hosil bo`ldigan biomassaning  umumiy miqdori 3·1012 - 1·1013 tga teng, shundan tuproq organizmlarining o`g`irligi 109 t ga ga teng bo`lsa,  o`simliklar hosil qiladigan biomassaning miqdori 1,5-5,510 t ga tengdir. O`simliklar quyoshdan keladigan energiyadan (yiliga 5x1020 kkal) to`la foydalanadi va  fotosintez jarayonida turli miqdorda organik moddalar hosil qiladi. Quyosh energiyasidan foydalanish hiisobiga quruqlikda yiliga 3,1x1010 – 5,8x1010 t  va dengizlarda 2,7 x 1010  organik  moddalar  hosil bo`ladi. Shu jumladann o`rmonlarda hosil bo`ladigan organik moddalarning miqdori 2,04 x 1010 t teng;  o`t o`simliklar 0,38x1010t, cho`l o`simliklari esa 0,56x1010 t organik  modda hosil qiladi.     

         Bizga  ma’lumki,o`simliklarning 500 minnggacha turlari mavjud. Shulardan 40 mimg  turi   yo`qolish xavfi ostida. Sobiq  Ittifoq hududlarida o`simliklarning 17520 turi o`sgan.  Ularni 1676 turkum v 160 oilaga biriktirilgan. Ilmiy ma’lumotlarga  ko`ra, qutb va  tundra  hududlarida  gulli o`simliklarning  189-507 ga   yaqin  turiuchraydi. Rossiyaning Yevropa va G`arbiy Sibir hudularida uchraydigan o`cimliklarning  turlar   soni  1061-1347ta  atrofida. Sharqiy Sibir, uzoq Sharq va  kam  o`rmonli  o`tloqzorlarda  640-1185 ga  yaqin o`simlik turlaritopilgan. Janubiy  tog`li tumanlarda  o`simliklarning 1774-2935 turi, Volga  bo`ylarida 1418 turi, Irtish  vohasida 1600 turi uchrashi aniqlangan.

Eron-Turon  tekisliklarida 704-1647 ga  yaqin, Pomir-Oloy tog`li tumanlarida  esa 3460 dan  ortiq, Qizilqum  cholida  esa  hammasi bo`lib 940 ga  yaqin tur  o`simlik turlari topilgan.

         Hozirgi  kun ma’lumotlariga ko`ra,  O`rta  Osiyo hududida 11-12 ming  gulli o`simliklar turi, 3,4-4000 atrofida zamburug`lar, 3,8-4000 atrofida  suvotlar va 400 dan ortiq yo`sinlarning turlari tarqalgan. O`zbekistonda 4200 ta yuksak o`simliklarning turi tarqalgan. O`rta Osiyo bo`yicha quyi va yuksak o`simliklarning  umumiy turlar  soni 20000 ni  tashkil etadi.

         Yer  yuzida  flora  turiga   eng  boy   hudud  bu tropik mintaqa  hisoblanadi. U yerlarda gulli o`simliklarning 120 mingdan ortiqroqdir. Amazonka  tekisliklarida 50 mingdar ortiq, Shimoliy Amerikada 17000, Yevropada 12000 turlar  aniqlangan. Malayziya florasi  ham turlarga   juda boy joy bo’lib,u yerda 40000 ga  yaqin o`simlik  turi  uchraydi. Hindixitoyda 25000 tur, Yangi Zellandiyada 19 ming o`simlik  turi uchraydi.

         Afrika  qit’asi ham o`ziga  xos flora  turlariga ega  bo`lib, Gvineya-Kongo florasida 8000-20000 gacha   gulli o`simliklar  turi bo`lib, ularning  80 %i endemik (mahalliy)dir. Zambiyada 850 tur bo`lib,uning 54%i endemik. Sudan  yerlarida 2750 tur uchrasa, Kap viloyatida 7000 dan ortiq  tur  uchraydi. Ularning ½ qismi endemiklarga  to`g`ri  keladi. Sharqiy  Madagaskarda 6100 tur gulli o`simliklar  osadi.  Ularning 17,7%i endemiklarga  to`g`ri keladi. Sahroi Kabirda 1620 dan ortiq tur  o`simlik  o`sishi  aniqlangan.  AQSh da 22 ming, Hindistonda 40 ming tur  o`simliklar  uchrashi aniqlangan.

         Tabiatda uchraydigan o`simliklarning 2500 dan ortiq turi insonlar tomonida foydalaniladi. Ularning ko`pchiligi madaniylashtirilgan. Bularga bug`doy, arpa, sholi, jo`xori, olma, uzum, nok, piyoz, sabzi va boshqalar kiradi. Insonlar  tomonidan foydalaniladigan madaniy o`simliklarning umumiy soni 2,5 ming  yoki, Yer yuzidagi o`simliklarning  10 % ni tashkil etadi. Inson hayoti uchun oziq-ovqat  manbaini hosil  qilishda 20 ta o`simlik turi va ularning yuzlab  navlari  qatnashadi. Ularga bug`doy, sholi, no`xat, qovun, tariq, paxta, uzum, kartoshka, olma va  boshqalar kiradi, Yer yuzidagi 6,5 mlrd. aholini oziq-ovqat bilan  ta’minlash uchun  har yili 1,2-1,2 mlrd tonna g`alla kerak. Insonning och  qolmasligi  uchun  esa  har  bir  odam hisobiga 0,6 ga yerga ekin  ekib hosil olish kerak.

          Gulli o’simliklarning hayotiy shakllari  haqida umumiy tushuncha

O’simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishiga  hayotiy shakl deyiladi.

Gulli o’simliklar hayotiy shakllariga ko’ra daraxt, buta, yarim buta, bir yillik va ko’p yillik o’tlarga bo’linadi.

Daraxtlar - tanasi yog’ochlashgan, asosan bitta yo’g’on tanasi, baquvvat ildizi va keng shox-shabbali, baland bo’yli ko’p yillik o’simliklardir. Daraxtlar bo’yiga qarab uch guruxga

1.     35  m dan baland (chinor, terak, qora qayin, qarag’ay).

2.     25-35m (qayrag’och, yong’oq, oq qayin, tol, qatrong’i).

3.     25 m gacha (zarang, chetan, shotut va boshqalar) bo’linadi.

Mevali daraxtlar ham shakliga ko’ra uch guruxga

1.     Shox-shabbasi ko’p baland bo’lib o’sadigan nok, gilos, yong’oq, olmaning ayrim navlari.

2.     Tanasi ko’rimsiz, ildiz bachkilaridan ham ko’payadigan bo’yi past (shaftoli , olmaning pakana xillari, olcha va olxo’rining ayrim turlari va b).

3.     Birinchi va ikkinchi gurux oralig’idagi o’rta bo’yli daraxtlar (olma va o’rikning ko’pchilik xillari va navlari, nok, olchaning ayrim turlari) ga bo’linadi.

Bular guli, mevasi, to’pguli, poyasining eni bo’yi, shox-shabbasi  va barglari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, olma, o’rik, yong’oq va shaftolining shox-shabbasi yoyiq, qarag’ay va terakniki g’uj va tik, sada qayrag’ochniki sharsimon bo’ladi.

Daraxtlar oz yoki ko’p yil yashashiga ko’ra turli xil bo’ladi. Masalan, Afrikada o’sadigan baobob daraxti 4000-5000 yil, archa, savr 1000 yil, sohta kashtan 2000 yil, chinor 800  yil, o’rik va yong’oq 70-100 yil yashashi mumkin.

Tabiiy holda tarqalgan daraxtlar sharoitga qarab bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan, bir turga mansub bo’lgan va tog’larning shimoliy yonbag’rlarida o’sadigan daraxtlar janubiy yonbag’rlarida o’sadigan daraxtlardanshox-shabbasining ko’pligi, kengligi    va balandligi bilan farq qiladi. Tog’larning o’rta qismida archa bo’ydor bo’lib o’ssa, eng balandlardagisi esa yerdan 0,5-1 m ko’tariladi., xolos. Bu hol o’simliklarni doimiy esib turadigan shamoldan va qishning qattiq sovuqlaridan saqlaydi.

Daraxtlar orasida saksovulga o’xshagan nihoyatda mayday bargli yoki bargsiz, ildizlari baquvvat, jazirama cho’llarda, qumlarda o’sadigan ajoyib turlar ham bor.

Archa – bo’yi 20 m gacha yetadigan, doimo yashil daraxtdir. Tog’larning 3500 - 4500 m balandlikdagi yonbag’irlarida, sovuq va doimiy shamol ta’sirida archaning yer bag’irlab o’sishga moslashgan turlari ham uchraydi. Archaning barglari juda mayday, yashil rangli, tangasimon.

Archa juda sekin o’sadi. Urug’idan unib chiqqan archaning katta daraxt bo’lib yetishishi uchun 100-yildan ortiq vaqt kerak. Archa 1000 yil va undan ham ortiqroq yashaydi. Archa ikki uyli o’simlik. Bahor oylarida ayrim archa tuirlarining yosh novdalarida mayday qubbachalar hosil bo’lib, ularda juda ko’p miqdorda chang yetishadi. Bu qubbachalar changchili qubbalar deyiladi. Shu vaqtda archaning boshqa tuplarida uzunligi 0,5-1 sm keladigan sharsimon qubbalar hosil bo’ladi.Bu qubbalarga urug’chi qubbalar deyiladi.Urug’kurtakdagi arxegoniy ichida esa tuxum hujayra yetishadi. Unda esa urug’kurtak joylashadi.Changchi qubbalarda yetilgan chang boshqa tupda yetilgan chang boshqa tupga yetilgan urug’chi qubbalarga kelib tushadi va uni changlantiradi. Archaning urug’chi qubbachasi xalq orasida qubbameva yoki archa mevasi deb nomlash odat bo’lib qolgan.Archaningurug’chi qubbalari urug’langandan keyin ikkinchi yoki uchinchi yilda pishadi.  O’rta osiyoda archaning 7 ta yovvoyi  turi o’sadi, bulardan 3 tasi (Zarafshon archasi, Turkiston archasi va saur archa). U O’zbekiston tog’larida katta-kichik archazorlar hosil qiladi. Bundan tashqari, shahar ko’chalarida, maydonlarida, hiyobonlarda va istirohat bog’larida manzarali daraxt sifatida Virgin archasi ekiladi. Virgin archasining vatani Shimoliy Amerika. Manzarali o’simliklar qatorida archadoshlar oilasiga mansub daraxtlardan yana biri Sharq sauri ekiladi. U tana va bargining tuzilishi bilan archaga o’xshaydi, lekin yosh novdalarining o’ziga xos shoxlanishi va pishgan qubbalarining notekis choklar orqali ochilishi bilan archalardan farq qiladi.

Qarag’ay -  (Pinus silvestris L.) Qarag’aydoshlar oilasidan, bo`yi 20—30 m ga yetadigan bir uyli, doim yashil daraxt. Tanasi to`g`ri, tik o`sadi, shoxlari gorizontal joylashgan. Tanasi qalin, to`q qo`ng`ir rangli po`stloq bilan qoplangan. Yosh novdalari sarg`ish rangli. Nina barglari qalin, uzun (8—15sm), to`q yashil rangli, qattiq bo`ladi. Qrim qarag`ayining mevasi (qubbasi) ikkinchi yili pishadi. Qubbasining uzunligi 6—10 sm, eni 4—5 sm, qo`ng`ir jigar rangda. Urug`i mayda, uzunligi 5—6 mm, ko`ng`ir, qanotchalari bor. Bu o`sim­lik yovvoyi holda Qrimning Yalta tog`larida, G`arbiy Zakavkazda va Kipr orollarida o`sadi. Qarag`ay O`zbekistonning bir necha shaxar va qishloqlarida uzoq, yillardan beri mada­niy o`simlik sifatida o`stirib kelinmoqda.Yer yuzida karag`ayning 100 ga yaqin turi bo`lib, shundan MDH da 64 turi, O`zbekistonda esa 4 turi madaniy o`simlik sifatida ekib o`stiriladi. Qarag`ay xar xil tuproqda xam yaxshi o`sa beradi. U yorug`ni, ochiq yerni yoqtiradi. Faqat O`zbe­kiston sharoitida yoshlik davrida yoz oylarida sug`orib turish kerak. Yosh nixollarini ko`chirib o`tkazishda albatta tuprog`i bilan olish kerak.  

Soxtakashtan - (Aesculus hippocastanum L.) Soxtakashtandoshlar  oilasidan, bo`yi 15 m ga yetadigan qalin shoxli daraxtdir. Bargi lentasimon murakkab, uzunligi 15—20 sm. Bargchalari soni 5—9 ta bo`lib, tuxumsimon, chetlari o`tkir tishli, ustki qismi tuksiz, ostki tomonida esa faqat barg tomirlari bo`ylab tuklar joylashgan. O`zbekistonda aprel-may oylarida gullaydi. Gullari yirik, cho`ziq tik turuvchi uzunligi 20—30 sm ga yetadigan shingilsimon-tupgullarga joylashgan. Tojbarglari oq yoki och yoki och pushti rangda, pastki qismida sa­riq, keyinchalik esa pushti rangga aylanuvchi dog`lari bor. Mevasi avgust-sentyabr oylarida pishadi.  Mevasining sirti o`tkir uchli tikanchalar bilan   qoplangan. Ko`pincha 1 yoki 2—3 urug`li. Kashtanning vatani Yevropa, Osiyo va Shimoliy Ameri­kadir. Soxtakashtan Toshkentga 1883 yili keltirilgan. O`sha yillari Samarqandga ham keltirib utqazilgan. Kashtanning 25 turi bo`lib, shundan 13 turi MDH da iqlimlashtirilgan. Shundan bir turi soxtakashtan O`zbekistonda uzoq yillardan beri o`stirib kelinadi. Soxtakashtan kurg`oqchilikka chidamli, tabiiy sharoitda 400—500, madaniy xolda esa 300 va undan xam, ko`p yil yashaydi.

Chinor – (Platanus).  Chinordoshlar oilasiga mansub faqat bittagina chinor  Platanus turkumidan iborat. Daraxti va shox-shabbasi tarvaqaylagan bo’ladi, Chinor torkumining ayrim turlari o’rta dengizning sharqiy qirg’oqlaridan tortib to Himalay tog’larigacha  tarqalgan.Bu turlardan biri - Sharq chinori Platanus orientalior   O’rta Osiyoda Hisortizma tog’larida yovvoyi holda uchrab, daryo vodiylarida katta maydonlarni egallagan chinorzorlar vujudga keltirganChinor juda baland bo’lib o’sadi va uzoq yashaydi. Egey  dengizidagi  Kos   orolida  2500 yoshga kirgan chinor bor. Chinor chiroyli daraxt bo’lganligi uchun uni ko’kalamzorlashtirish uchun o’stiriladi. Yog’ochi qattiq va chiroyli gulli bo’lganidan mebel va har xil mayda buyumlar uchun ishlatiladi.

Buta va yarim butali o’simliklarning o’ziga xos xususiyatlari.

Butalar - poyasi yog’ochlashgan , bo’yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir nechta poya hosil qiladigan sershox ko’p yillik o’simlik.

Buta- tagidan bir-biriga teng tana (poya) larning o’sib chiqishi hamda past bo’lishi bilan farq qilinadigan o’simliklarning hayotiy shakli. Bo’yi yarim m dan past bo’lgan, shoxlari yog’ochlashgan kalta o’simliklar butacha deyiladi.

Bularga, ayniqsa, tog’lar yonbag’rida keng tarqalgan irg’ay, singirtak, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, ma’daniy o’simliklardan anor, limon, qoraqat, ligustrum,nastarin kabi o’simliklarni misol qilib keltirish mumkin.

Anor – Anordoshlar  oilasiga faqat bitta anor turkumi Runika kiradi. Bu turkum ikki turga bo’linadi. Ularning P.granatum degan turi O’rta Osiyoda – Pomir-Oloy to’glarida (Hisor tizma to’larida va panj daryosi bo’ylab Darvoz tog’larida) yovvoyi holda o’sadi. Anor qurg’oqchilikka chidamli o’simlik bo’lganidan, asosan, tog’larning mayda tuproqli tosh - shag’alli yon bag’irlarida nurab tushgan joylarda va qoyalar tagida o’sadi.

Anor sershox buta o’simlik. Barglarining cheti tekis bo’lib, ular navbat bilan joylashgan. Bu barglarda efir moyli bezlar bo’lmaydi. Gullari yirik ikki jinsli bo’lib, novdalarning qo’ltig’i va uchida yakka – yakka yoki dastalarga to’planib turadi, rangi qizil. Gullarida 5 dan 8 tagacha tojibarg va ko’p changchilar bo’ladi. Anorning guli ikki jinsli, zigomorf gulining shakli ikki xil bo’ladi. Biri ko’zacha shaklli, uzun urug’chisi bo’lib, ular meva tugadi, ikkinchilari qo’ng’iroq shaklli qisqa urug’chisi bo’lib, meva tugmaydi. Tugunchalari ostki, birin - ketin joylashgan ikki qator mevachi barglardan tuzilgan.

Mevasi – sohta rezavor meva. Bu meva etdor meva qatidan va ko’pgina urug’dan iborat bo’lib, urug’lar sirti sersuv va etdor po’st bilan qoplangan. Anor asosan manzarali daraxt sifatida o’stiriladi. Anorda limon kislota va “S” vitamini ko’p bo’ladi. Ildiz po’stlog’i va meva po’stida oshlovchi moddalari hamda meditsinada ishlatiladigan alkaloidlar bor. Shoxining va mevasining po’stidan qora rangli bo’yoq tayyorlanadi. Yog’ochlik qismi sarg’ish rangli zich va qattiq bo’lib, undan har xil mayda buyumlar yasaladi.

Namatak (Ilovada 1-rasm) -  Ranodoshlar oilasi na’matak turkumiga mansub oddiy na’matak o’sadi. U tog’ va to’qaylarda o’sadi. Uning bo’yi  3-4 m ga yetadigan, poyasi ko’p, tikanli sershox buta. Barglari murakkab toq patsimon, 5-9 sm yaproqchali. Iyun – iyul oylarida gullaydi. Gullari yirik, eni 8-9 sm,  asosan och pushti, gulkosacha va gultoji 5 tadan. Gulda juda ko’p changchi va urug’chilari bor. 

Na’matak sohta mevasi to’q qizil, etdor, uzunchoq tuxumsimon, uzunligi 2-3 sm, ichida juda ko’p qattiq urug’lari bor. Meva tarkibida inson salomatligi uchun zarur moddalardan darmondori, limon kislota, oshlovchi va boshqa moddalar bo’ladi. Tabobatda avitaminoz kasalligining oldini olish va davolashda ishlatiladi.   O’zbekistonda bu turkumga mansub 13 tur o’simlik o’sadi.

Na’matak ma’daniy atirgullarning yovvoyi turi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yer yuzida atirgullarning 10 mingga yaqin, o’zbekistonda 340 dan ortiq navi ekiladi. 

Chala butalar - yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida

qishlaydigan o’simliklardir. Cho’llarda keng tarqalgan yem-xashak o’simliklaridan izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq kabilar shular jumlasidandir.

Chala butalar – tanasining faqat pastki qismi yog’ochlanib, qolgan yuqori qismlari qishda qurib qoladigan ko’p yillik o’simliklar. Anashu xususiyati bilan buta va butachalardan farq qiladi. Chala butalar ariq o’lkalarida o’sishga ko’proq moslashgan. Masalan teresken, cho’l va adirlarda o’suvchi shuvoqning ba’zi turlari, sho’ra va b. bo’yi o’rtacha  80 sm, ba’zan 150-200 sm . Chala butalar ko’p yillik o’tlardan kurtak chiqaradigan shoxlarning yer ustidan bir necha sm yuqorida o’rnashganligi bilan farqlanadi.

Shuvoq (ilovada 2-rasm)– turkumiga mansub o’simliklar chorvachilikda o’ziga xos o’rinni egallaydi.  O’zbekistonda  shuvoqning 39 turi uchraydi. Bular bir yillik hamda ko’p yillik o’tlar va yarim butalardir. Oq shuvoq turon shuvog’I (qora juvshan), juvshan, shuvoq kabi turlari O’zbekistonda keng tarqalgan. Yozning quruq va jazirama kunlarida shuvoqda “yozgi tinim” davri boshlanadi. Kuz kelgach, shuvoqlar yana o’sa boshlaydi. Sentyabrning ikkinchi yarmida gullaydi. Shuvoq savatchalari ro’vak xilidagi to’pgulga o’rnashgan. Savatchalarning har birida 5-7 tadan ikki jinsli tilsimon gullar bo’ladi.

Mevasi oktabrning oxiri yoki noyabrning boshida pishadi va to’kiladi. Cho’l o’tloqlaridagi shuvoqlar qorako’l quylari va tuyalarning kuzgi hamda qishki asosiy ozig’idir. Shuvoqlarni o’rib qish uchun xashak g’amlanadi.

Shuvoqlar bebaho shifobaxsh o’simlikhamdir. Bunga misol qilib, ermon shuvog’ini ko’rsatsa bo’ladi. Uning bargi, poyasi va to’pgulidan tayyorlangan dorilar ilmiy tabobatda kasalliklarni davolashda ishlatiladi.

Izen – (Kochia) – Sho’radoshlar oilasiga mansub bir yillik yarim butalardan iborat turkum. Gullari ko’kimtir, ko’rimsiz, Barglari uzun tekis, qirrali. 80 turi ma’lum. O’zbekistonda 4 turi bo’lib, ular toshloq, qumloq, gil tuproq, sho’rxok va taqir yerlarda o’sadi. Asosan yerbag’irlab o’suvchi yarim buta izen deb ataladi. U sifatli ozuqa bop o’simlik sifatida o’tloqlarning xosildorligini oshirish uchun ekiladi.

Bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’simliklar.

Bir yillik o’tlar nihoyatda xilma-xil bo’lib, ular bir yil ichida o’sadi, gullaydi va meva (urug’) tugib,  o’z hayotini tugatadi.

O’zbekistonda uchraydigan o’simliklarning yarmidan ko’prog’ini bir yillik o’simliklar tashkil qiladi. Ularga oq sho’ra, jag’-jag’, machin, qora ituzzum, baliqko’z  va  boshqalar  kiradi. 

Qishloq xo’jaligida o’stirilayotgan madaniy o’siliklarning juda ko’pchiligi bir yillik o’simliklardir. Bularga g’oza, bug’doy, arpa, zig’ir, yeryong’oq, mosh, no’xat, sholi, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon va boshqalar kiradi. Bir yillik o’tlar orasiga juda mayda, yer yuzidan 5-20 sm ko’tarilib o’sadigan momaqaldirmoq, qo’ytikan kabilarni, bo’yi 1 m ga yetadigan va hatto undan ham oshadigan kanakunjut, makkajo’xori va kanopga o’xshash o’simliklarni ham ko’plab uchratish mumkin.

G’o’za (ilovada 3-rasm) – Respublikamizda ekiladigan, gulxayridoshlarga mansub o’simliklar orasida  g’o’za asosiy o’rinni egallaydi. O’zbekistonda go’za turkumiga mansub asosan 3 tur o’sadi. Bularning hammasi ham madaniy o’simlik sifatida o’stiriladi.

1.                Jaydari g’o’za - ko’saklari mayda. Tolasi mallarang, qisqa va dag’al. Vatani Afrika, O’rta Osiyo eramizdan oldingi davrlardan boshlab to 1925- yilgacha ekilgan. Hozirgi vaqtda uni faqat tajriba maydonlarida uchratish mumkin.

2.                Meksika go’zasi yoki oddiy g’o’za. Ostki gulkosachabarglari 3 ta. Gullari yirik, gultojbarglari och sariq, tubi qizil, dog’siz. Ko’saklari yirik, 4-5 chanoqli, yaxshi ochiladi, tolasi mayin, uzun, oq, ba’zan qo’ng’ir rangda. Vatani Markaziy Amerika. 1925-yildan beri O’zbekiston dehqonchiligida asosiy o’rinni egallab kelmoqda. Hozir O’zbekistonda shu tur asosida yetishtirilgan ko’plab navlar ekiladi.

3.                Misr g’o’zasi yoki Barbadoss g’o’zasi. Ostki gulkosachabarglari ham 3 ta. Gullari yirik, gultojibarglari sapsariq-limon rangida, tubida qizil dog’bor. Ko’saklari yirik, 3-4 chanoqli, yaxshi ochiladi. Tolasi uzun, ipakka o’xshash mayin, och sariq. Vatani Janubiy amerika (Peru, Kolumbiya, Braziliya).

O’zbekistonda Buxoro, Navoiy, qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida ekiladi. Hamma “ingichka tolali g’o’za navlari” va  “ Misr g’o’zasi” shu turga taalluqlidir.

Respublikamiz iqtisodiyotida tutgan o’rniga ko’ra gulxayridoshlar oilasi vakillari orasida g’o’za alohida o’rinda turadi. Seleksioner olimlarimiz tomonidan g’o’zaning serhosil, tezpishar, tolasi uzun va pishiq, qurg’oqchilikka, tuzga hamda kasallikka chidamli ajoyib navlari yetishtirilgan. Bu navlardan yil sayin mo’l hosil olinmoqda. Paxta xomashyosidan xalq – xo’jaligining  turli sohalarida foydalanib kelinmoqda. O’zbekistonda paxta yetishtirish bo’yicha dunyoda o’zining salmoqli o’rniga  ega.

Jag’-jag’(ilovada 4-rasm)-  Karamdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t.  Jag’-jag’ni bo’yi 10-30 sm. Ildiz bo’g’zida joylashgan  barglari qisqa bandli, patsimon qirqilgan, poyadagilari esa bandsiz. Gullari oyada shingil to’pgul hosil qiladi. Gulkosacha barglari gulkosacha barglaridan 1,5 marta uzun. Changchilari 6 ta. Urug’chisi bitta.

Oddiy jag’-jag’ mart oyidan boshlab mayning oxirigacha gullaydi va meva (qo’zoqcha) hosil qiladi. Yaxshi o’sgan har bir tup o’simlikdan 70000 ga yaqin urug’ yetishadi.

O’zbekistonda jag’-jag’ turkumiga oid faqat bitta tur- oddiy jag’-jag’ o’sadi. Oddiy jag’-jag’ tarkibida “S” va “K” darmondorilari, olma limon kislotalari bor. Erta ko’klamda to’pbarglari ovqatga ishlatiladi. Jag’-jag’dan ko’k chuchvara, ko’k somsa tayyorlanadi. Uning yer ustki qismidan tayyorlangan dorilar tabobatda qon ketishini to’xtatishda ishlatiladi. 

Qora ituzum (Ilovada 5-rasm) Ituzumdoshlarga mansub yovvoyi turlarning ko’pchiligi begona o’tlardan iborat. Ular orasida hammaga tanish qora ituzum ham bor. Qora ituzum ituzum turkumiga mansun bir yillik o’t. Uni paxtazorlard, polizlarda va boshqa ekinzorlarda, tashlandiq yerlarda va hatto yo’l yoqasida ham uchratish mumkin. Qora ituzumning bo’yi 25-5- sm. Poyasi sershox. Barglari oddiy, oddiy uzunchoq tuxumsimon. Gullari oqish, shoxlari uchidagi gajak to’pgulda 3 tadan 10 tagacha gul joylashgan. Gulkosachasi va gultoji 5 bo’lakli. Changchilari 5 ta. Urug’chisi 1 ta. Qora ituzum iyun oyi oxiridan to tupini sovuq urguncha gullayveradi. Sharsimon rezavor mevasi avgustning oxirida qorayib pishadi. Mevalari “S” darmondorilariga boy, undan xalq tabobatida foydalaniladi. O’zbekistonda ituzum turkumiga oid 10 turdagi o’simliklar o’sadi.

Ikki yillik o’tlar – urug’dan ko’karib chiqib, birinchi yili yer yuzida, asosan, barg hosil qiladigan, ildizi va barglari oziq moddalar to’playdigan o’simliklar.Ular ikkinchi yili poya chiqaradi va gullab, meva tugadi. Bularga lavlagi, sabzi, sholg’om,  karam va boshqalar kiradi.

Karam – Karamdoshlar oylasiga mansub o’simlik. Xashaki karam muhim silosbop ekinlardan biridir va u to’yimliligi bo’yicha kungaboqardan  qolishmaydi. U krestdoshlar oilasiga mansub ikki yillik o’simlik hisoblanadi. Asosan ko’kat va silos tayyorlash uchun ekiladi. Ko’katining 100kilogrammi 15,7 ozuqa birligiga teng. Tarkibida 2,5 foiz oqsil, 8,8 foiz azotsiz ekstraktiv moddalar, S, B vitaminlari va karotin bor. 1kg ko’katida 33 mg karotin bo’ladi. Xashaki karamning tarkibida 12-14 foiz quruq modda bo’ladi. Hosildorligi 500-1000s ga atrofida bo’iadi. Ildiz yaxshi rivojlanmagan,poyasining yo’g’onligi 3-5 sm bo’ladi.Barglari mum g’ubor bilan qoplangan,poya va barglari yashil, gohida binafsha rangli dog’lar bo’ladi, ikkinchi yili barg qo’ltiqlaridan gullar o’sib chiqadi. To’pguli shingil, mevasi chatnab ketmaydigan qo’zoq, urug’i mayda, 1000 ta urug’ning vazni 3-5 g keladi.

Urug’ini 5-6 C da unib chiqadi. Maysasi 5-7 C ga chidaydi. Xashaki karam tuproqqa talabchan. U unumdor, suv bilan taminlangan, botqoqlanmagan, mexanik tarkibi o’rtacha bo’lgan yerlarda yuqori hosil beradi. U o’gitga talapchan, shuning uchun yetishtirish texnologiyasida organik va mineral o’g’itlar qo’llanadi. Venetsiya davri birinchi yili 140-160 kun, ikkinchi yili 80-90-kunni tashkil etadi. 

Sabzi -ziradoshlar (soyabondoshlar) oilasiga mansub o’simlikdir.Xashki sabzi soyabonguldoshlar oilasiga mansub bo’lib ikki yillik o’simlik hisoblanadi. Urug’i ekilgan birinchi yili sershira ildizmeva va yon ildizlar hosil qiladi.Ikinchi yili shu ildizmevadan qayta ekilganda undan ham gul hosil bo’lib,urug’ beradi. Birinchi yili urug’ ekilgan tuproq betiga juda ham ensiz, nozik urug’ barglari o’sibchiqadi.  So’ngra haqiqiy barglar hosil bo’ladi.

Xashaki sabzining ildiz yon barglari ensiz ko’p bo’lakchalarga bo’lingan, patsimon qirqilgan barg ko’rinishiga ega. Ikkinichi yili ham barglar hosil qiladi.Ular ham patsimon, rangi yashil, ustkitomoni siliq, ostki tomoni esa mayda tukchalarga bilan qoplangan bo’ladi.

Xashsaki sabzining ildizmevasi, shakli har xil bo’lishi mumkin.Ko’pchilik navlarda konussimon, yuqoridan uchiga tomon ingichkalashib boradi, ildizmevaning rangi och sariq, tio’q sariqva qizil bo’ladi.

Ikkinchi yili ildizmeva ekilgandan keyin, bir necha poya o’sib chiqadi. Poyalarning bo’yi 1 metr va undan ham yuqori bo’lishi mumkin.Poyaning yon shohlarida soyabonsimon to’pguli joylashgan.

To’pgul murakkab,unda bir necha mayda gullar bo’ladi. Gullarining rangi oq, gohida binafsha rangda ham bo’lishi mumkin va uning gullari hashoratlar yordamida changlanadi.

Mevasi qo’sh urug’li, yetilganida ikkibo’lakka ajraladi. Urug’lari mayda,chiziqchasimon, tuxumsimon, uzunligi  mm gacha bo’lib, qovurg’ali ingichka tuklari bor,sariq jigari ranfgda bio’ladi. 1000 dona urug’ vazni tukchalari tozalangan bo’lsa g keladi .

Lavlagi (ilovada 6-rasm) -  Sho’radoshlarning keng tarqalgan vakillaridan biridir. Oddiy lavlagi lavlagi turkumiga mansub ikki yillik o’simlik.  U urug’dan chiqqan birinchi yili uzun bandli yirik barglar va oziq moddalarga boy, yo’g’onlashgan ildiz (Ildizmeva) hosil qiladi. Ikkinchi yili unda mayday bargli sershox, uchi to’pgullar bilan tugovchi poya vujudga keladi. U may oyida gullaydi. Gullari mayday. Gulqo’rg’oni oddiy, gulkosachasimon, changchilari 5 ta. Urug’chisi 3 ta mevabargning qo’shilishidan hosil bo’lgan. Lavlagining mevasi – sentabrdan pishadi. Mevasi yong’oqcha. uzun bandli yirik barglar va oziq moddalarga boy, yo’g’onlashgan

Ko’p yillik o’tlar -  yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar. Bularga beda, ajriq, g’umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko’t, sallagul, qoqio’t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, shahsir, o’tloq sebargasi singari o’simliklar kiradi. Ko’p yillik o’tlar, ayniqsa, tog’larda keng tarqalgan.

Lola (ilovada 7-rasm) – Loladoshlar (Liliaceas) oilasi vakillaridan biri lola turkumiga mansub qizil loladir. U aprelning oxiri – mayning boshlarida adir va tog’larning quyi qismidagi yonbag’irlarda ochiladiga yirik gulli o’simlik. Bo’yi 20-45 sm. Piyozboshli tuxumsimon yoki yumaloq. Barglari 3-4 dona , ustida to’q binafsha rangli dog’lari bor. Guli bitta, yirik, sarg’ish-qizil , pastki qismi  qora dog’li. Changchi iplari qora, changdonlari sariq. Mevasi 3 chanoqqa bo’linib ochiladigan ko’sakcha.

Qizil lola urug’idan va piyozboshidan ko’payadi. Keyingi paytda odamlarning shavqatsiz ravishda yulishi va piyozboshlarining kovlab olinishi natijasida uning soni juda kamayib ketgan. Hozirgi vaqtda u muhofaza qilinadi va O’zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan. Uni yulish va piyozboshlarini kovlab olish qat’iy man etiladi. Shu bilan bir qatorda qizil lolani madaniylashtirish ustida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika ilmiy-ishlab chiqarish markazida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

O’zbekistonda lolalarning 23 ta turi uchraydi. Ular bir-birlaridan gullarining rangi , katta kichikligi, bargi piyozboshi va mevasining shakli va boshqa belgilari bilan farq qiladi. Shuningdek loladoshlarga yovvoyi holda o’sadigan olg’i va xolmonlar ham kiradi. Bularning hammasi O’zbekiston Respublikasi qizil kitobiga kiritilgan. 

Beda – Dukkaklilar oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik. Eng ko’p ekiladigani ko’k beda hisoblanadi. Beda qadimdan ekib kelingan, keng tarqalgan ekindir. Ilk bor beda eramizdan 5 ming yil ilgari o’rta Osiyoda ekilgan. Bundan ilgari beda Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Italiya va Shimoliy Afrikada tarqalgan. Hozir yer yuzida beda 30 mln gektar yerga ekiladi. O’zbekistonda 200 ming gektar yerga ekiladi. Uning quyidagi navlari bor:

Aridnaya o’rtapishar, o’sish davri 110 kun, bahorda birinchi o’rimi 65 kunda yetiladi, yaxshi pishmaydi. Ikkinchi yildan boshlab 5-6 yil davomida har yili ikki o’rim olish mumkin. Lalmi  yerlarda  ko’kat  hosili 164 s ga,  pichan 54 s ga, urug’i 2.4 s ga yetishi mumkin. Ko’kat tarkibida  17,2 %   oqsil  25,8 %  to’qima bo’ladi.

Toshkent- 3192  seleksiya yo’li bilan yaratilgan. Tupi to’g’ri o’sadi, poyalari o’rtacha balandlikka ega. O’rimdan keyin o’sib chiqadigan poyasi to’g’ri bo’ladi. Barglari mayday, poyasi, bargi va dukkaklari tuk bilan qoplangan. Shingil o’rtacha zich, uzunchoq yoki boshqa shaklda bo’ladi. Gullarining rangi oq pushti, boshqa tusda bo’lishi ham mumkin. Dukkaklari o’rtacha yirik. Bu nav  serhosil, ertapishar qishga va qurg’oqchilikka chidamliligi bilan alohida ahamiyatga ega. Bahorda erta o’sadi, kuzda qishlashga kech kiradi.

Toshkent - 1 seleksiya yo’li bilanyaratilgan. Tupi to’g’ri o’sadi, balandligi o’rtacha, o’rilgandan keyin o’sib chiqadigan poyasi yarim tik o’sadi. Barglari yirik,poya , barg dukkaklari siyrak tukli, shingili zich bo’ladi. Gullari binafsha rangda bo’ladi. Dukkaklari o’rtacha yiri, 3-4 marotaba buralgan. Urug’I o’rtacha. Bu nav serhosil ertapishar, qishga chidamli. Bahorda erta o’sadi, kuzda qishlashga kech kiradi.

Xiva jaydari navi – tupi yoyilib o’sadi, ko’p poyali, balandligi o’rtacha, o’rilgandan keyin o’sib chiqadigan poyalari yer bag’irlab zich o’sadi, barglari o’rtacha yirik bo’ladi. Shingillari zich, kalta slindirsimon va cho’zinchoq boshcha shakliga ega. Gullari to’q binafsha rangda. Dukkaklari o’rtacha, qora rangda, 2-3 marotaba buralgan bo’ladi. Urug’i  loviyasimon, och yashil-sariq rangda bo’ladi. Bu kechpishar nav, bahorda kech o’sa boshlaydi va kuzda o’sishdan erta to’htaydi. O’sish davrida o’rtacha 3 marotaba o’riladi. Bu nav qishga chidamli, qurg’oqchilikka chidamsizdir.

O’tloq sebargasi (ilovada 8-rasm) –  Burchoqdoshlarga mansub Respublikamizda keng tarqalgan o’simliklardan biri o’tloq sebargasidir.

O’tloq sebargasining bo’yi 25-50 sm keladigan ko’p yillik o’t. U asosan tog’ etaklarida, daryolar va ariqlarning bo’ylarida , qisman begona o’t sifatida sug’oriladigan ekinlar orasida uchraydi. Barglari uzun bandli , uch yaproqchali. Gullari mayday, 2-3,5 sm keladigan kallakcha shaklidagi to’pgulda joylashgan. Dukkagi bir urug’li, tuxumsimon, uzunligi 1,5-2 mm. O’zbekistonda sebarga turkuming 7 turi o’sadi. Bularning hammasi yuqori sifarli oziqbop va guli asal-shiraga boy o’simliklar hisoblanadi.

Shunday qilib gulli o’simliklar hayotiy shakllariga ko’ra daraxt, buta, yarim buta, ko’p   yillik, ikki yillik va bir yillik o’tlardan tashkil topgan.


Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish