О`zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining Konstitutsiyaviy asoslari. Prezidentimiz I. A. Karimov fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslari tо`g`risida qо`yidagi fikrlarni aytib о`tdilar. “ О`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatni demokratik yо`ldan rivojlantirishning huquqiy kafolatidir. Asosiy qonun demokratik jamiyatning qaror topishiga qо`shgan juda katta hissa shundan iboratki, u mavhum jamiyat yoki umuman xalqning emas balki muayyan insonning ehtiyojlari, manfaatlari, huquq va erkinliklariga qaratilgandir. Konstitutsiya insonni eng katta boylik sifatida alohida kо`rsatgani holda fuqaro, jamiyat va davlat о`rtasidagi о`zaro munosabatlarni oqilona huquqiy hal etishni siyosiy jihatdan rasmiylashtiradi. Konstitutsiyaviy me`yorlar va qonun ustuvorligi, ular inson manfaatini kо`zlab ish tutishga va shu doirada ijtimoiy о`zaro munosabatlarni maqbul holga keltirishga yunaltirilganligi mamlakatda barqarorlikni huquqiy jihatdan ta`minlashning, fuqarolik jamiyati asoslarini qaror toptirish ning asosiy omilidir.Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek: “ Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bо`lib, u insonning о`z – о`zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari tо`la darajada ruyobga chiqishiga kо`maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yul qо`yilmaydi.
Fuqarolik jamiyatini barpo etish о`zbek xalqining asosiy maqsadi bо`lib, bevosita Asosiy Qomusimizda mustahkamlangan. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq, Prezidentimiz boshchiligida fuqarolik jamiyatini barpo etish, rivojlantirish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Konstitutsiyaning 7-moddasida “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” deyilsa, uning 2-moddasida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga hizmat qilishi ta`kidlanadi.
Oldingi Konstitutsiyada ham davlat xalq irodasini ifodalashi qayd etilgandi. Ammo aslida boshqacha bо`lib chiqdi. Xalq hokimiyatdan chetlatildi, davlat esa demokratiyani toptash, xalqqa qarshi zо`ravonlik quroliga aylandi. Jamiyatning davlatlashuvi sodir bо`ldi.
Hozirgi jamiyatda davlatning roli kattadir. Uni vazifalari hamda funkciyalarining doirasi juda keng. Bu iqtisodiy asoslarni mustahkamlash, ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish, kishilarning moddiy va madaniy darajalarini oishirishga yordam berish, mamlakat havfsizligini ta`minlash, tinchlikni mustahkamlashga kо`maklashish, xalqaro munosabatlarini rivojlantirishdir. Ammo davlat funkciyalarining rо`yobga chiqarilishiga hokimiyatni kuchaytirish hisobiga emas, balki eng avvalo demokratik omilni faollashtirish, keng xalq ommasini boshqarishga jalb qilish orqali erishilishi kerak. Shuning uchun ham hozirgi kundagi eng muhim vazifa jamiyatni davlat tasarrufidan chiqarish bо`lib qoldi. Buning mohiyatini Konstitutsiya jamiyat hayotining barcha jabhalarida uni tashkil etishning fuqarolik shakllarini tiklash va rivojlantirish asosida davlat monopoliyasiga barham berishda, siyosiy va mafkuraviy hilma-hillikda, har bir jamiyat a`zosining ijtimoiy va siyosiy rivojlanishini, barcha fuqarolik huquq hamda erkinliklarni tiklashda deb biladi. Davlat jamiyat rivojining fuqarolik shakllarini bostirish vositasidan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa jabhalarda fuqarolik asoslarni hamda shakllarni kafolatlovchi mehanizmga aylanishi kerak.
Konstitutsiyaga kо`ra fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy elementlaridan biri jamoatchilik tashkilotlaridir. Bu tashkilotlar fuqarolarning faolliklari hamda mustaqilliklarini kо`tarishga, ularning davlat ishlarini boshqarishda qatnashishlariga yordam berishga, ularning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, shaxsiy huquq va erkinliklarini himoyalashga, vatanparvarlik va insoniy tarbiya tо`g`risida g`amhо`rlik qilishga da`vat etilganlar.
Jamoatchilik birlashmalari jamiyatda hali о`zlariga munosib о`rinni egallaganlari yо`q. Uzoq yillar mobaynida ular kommunistik partiyaning “uzatish tasmasi” bо`lib kelganlar va asosan uning topshiriqlarini bajarib, aholi о`rtasida ilmiy-ma`rifiy ishlarni olib borish bilan cheklaganlar. Kommunistik partiyaning tashkil etuvchilik va etakchilik kuchi Konstitutsiya bilan mustahkamlangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |