Oila va jamiyat. Ma`lumki , oila jamiyatning birinchi va birlamchi zarrasidir. Jamiyat ana shu kichik zarralardan tashkil topadi. Lekin u shunchaki zarra emas, tirik vujudlar ittifoqidir. Har bir tirik vujudning о`zi alohida bir olam. Er yuzida agar 6 milliarddan ortiq odam yashasa, ularning har biri о`ziga hos fe`l – atvorga ega, bir odam ikkinchi odamdan nimasi bilandir farq qiladi, bu dunyoda aynan bir – birini takrorlaydigan kishilar yо`q. Odamlar betakror ekanlar, oilalarning bir – biriga о`hshamasligi о`z - о`zidan ayondir.
Er va hotinning, tirik vujudning, ikki olamning о`zaro ittifoqidan paydo bо`lgan uchinchi bir olam – bu oiladir.
О`zbekistonda 25 milliondan ortiq aholi yashaydi. Ayni mahalda 4 million 800 mingga yaqin oila bо`lib, har yili 540—550 ming bola tug`ilmoqda.
Aholining о`rta yoshi 70. Ayollar 72 yosh, erkaklar 68 yosh. Mamlakatimizda 5 milliondan ortiq tug`ish yoshidagi ayollar mavjud. Yiliga о`rta hisobda 170 ming yosh oila vujudga kelmoqda.
О`zbekistonda har bir oila va har bir insonning turmush farovonligini oshirish, fuqarolar totuvligini mustahkamlash davlat siyosati darajasiga kо`tarilgan. Prezident I. A. Karimov bu boradagi vazifalar haqida gapirib: "Eng muhim vazifa xalqchil, adolatparvar jamiyatni vujudga keltirish. Bu jamiyat poydevorini eng avvalo, boy va badavlat, mehnat qadrini biladigan, ma`naviy sog`lom hamda madaniy saviyasi baland minglab va millionlab oilalar tashkil etadi" — deb ta`kidlaydi.
О`zbekiston Respublikasida oilaga jamiyat va davlat g`amhо`rligi kun sayin oshib bormoqda. Chunki katta-kichik jilg`alar va irmoqlardan ulkan daryo hosil bо`lgani kabi oilalar majmuidan jamiyat paydo bо`ladi.
Shunday ekan, jamiyatni rivojlantirish uchun barcha diqqat-e`tibor, eng avvalo, oilaga qaratilmog`i lozim. Har bir oila a`zosining jamiyatni tushunishi, hayot, mehnat, qonun va huquqni qay darajada anglashi va unga rioya qilishi jamiyat ravnaqini belgilovchi muhim omildir. Shu sababli О`zbekistonda oila haqida g`amhо`rlik Konstitutsiyaviy yо`l bilan amalga oshiriladi. О`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining uchinchi bо`lim XIV bobi "Oila" deb ataladi.
63-modda. Oila jamiyatning asosiy bо`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bо`lish huquqiga ega. (Konstitutsiyasining63-moddasi)
Nikoh tomonlarning ihtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.Oilaning jamiyat tomonidan muhofaza qilinishi unga nisbatan g`amhо`rlikning yangi shakli hisoblanib, bunga alohida e`tibor berish kerak. Biz adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishni maqsad qilgan ekanmiz, jamoat birlashmalari, notijorat va nodavlat tashkilotlari, jumladan, turli fondlarning oilani muhofaza qilishdagi ahamiyati oshib boraveradi.
Ma`lumotlarga qaraganda, ayni paytda mamlakatimizda ikki yarim mingdan ziyod jamoat birlashmalari, notijorat va nodavlat tashkilotlari faoliyat kо`rsatyapti, 40 ga yaqin fondlar bor.
Bolalarning ota-onalari tо`g`risida g`amhо`rlik qilish majburiyatlari avvalo ularning ahloqiy majburiyati bо`lib hisoblanadi. Mustaqil respublikamiz yangi Konstitutsiyasini qabul qilish bilan bolalarning bu majburiyati qonuniy Konstitutsiyaviy majburiyatga aylanadi. Farzandlyar ota-onalarini mehnatga layoqatsiz bо`lib qolganlarida, ayniqsa betob bо`lib qolganlarida, ularga har hil yordam berishlari, ular nimaga muhtoj bо`lsalar, shularni muhayyo qilib turishlari lozim.
Voyaga yetgan farzandlarning ota-onalari tо`g`risida g`amxо`rlik qilishlari nafaqa majburiyati vujudga kelganmi yoki yо`qmi undan qatiy nazar, paydo bо`ladi. Kо`pincha ota-onalar qarilik yoki kasal bо`lgan davrlarida yahshigina pensiya olib moddiy tomondan yahshi ta`minlangan bо`lsalarda, ammo ular о`z farzandlarining ular tо`g`risida g`amhо`rlik qilishlariga, ma`naviy e`tiborlariga muhtoj bо`ladilar. Aksariyat holatlarda ma`naviy e`tiborlariga muhtoj bо`ladilar. Ammo bolalarning muhtoj va mehnatga layoqatsiz ota-onalari tо`g`risida g`amhо`rlik qilmasliklari ularni nafaqa undirish haqida sudga da`vo arizasi bilan murojaat etishga majbur etadi.
Farzandlar ota-onalari tо`g`risida g`amhо`rlik qilmasalar, ularga nisbatan qonuniy kafolatlar belgilanmaydi.
Adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |