Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
hamda ko’nikmalar olishlariga keng imkoniyatlar yaratish kerak. Mamlakatning tezkorlik bilan iqtisodiy rivojlanishi va innovatsion faoliyat amalga oshirilishi uchun korxonalar faqat ular uchun kerakli bo’lgan mutahassislarni olishlari lozim. Buning uchun esa korxona va tashkilotlarning talabnomalari bo’yicha maqsadli ravishda mutahassislar tayyorlashni yo’lga qo’yish zarur. Innovatsiyalar amalga oshirishni rejalashtirgan tashkilotlarning layoqatli talabalarni topishi oson bo’lishi uchun oliy ta’lim muassasalaridagi eng bilimli, aqlli, tashabbuskor, ilmiy va ijodiy ishlarni amalga oshira oladigan talabalar ma’lumot bazasi tashkil qilinib, internet orqali barcha tashkilotlarga yetkazilishi maqsadga muvofiq. A’lo o’qiydigan va bilimli talabalar uchun kontrakt to’lov miqdorini kamaytirish yoki ularni byudjet asosida oliy o’quv yurtiga kirgan, ammo yomon o’qiyotgan talabalar o’rniga byudjet asosida o’qishga o’tkazish ham ijobiy natijalar bergan bo’lar edi. Mamlakatning innovatsion rivojlanishini kerakli kadrlar bilan ta’minlash uchun O’zbekiston fuqarolariga oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Buning uchun esa sirtqi, kechki va masovaviy ta’lim tizimlarini yo’lga qo’yish va internetdagi ta’lim platformalari yaratish zarur. Malakali ilmiy-texnik kadrlar tayyorlash innovatsion tizimning insoniy kapitalga bo’lgan ehtiyojini to’la-to’kis qondirish uchun hizmat qiladi. Buning uchun esa magistraturada o’qitish sifatini tubdan yaxshilash va ilmiy daraja hamda unvonlar uchun ustama to’lov kattaligini erishilgan innovatsion natijalarga monand ravishda sezilarli darajada oshirish lozim (ammo bunda maqolalar soni yoki ilmiy ishlar miqdorini emas, balki ushbu inson iqtisodiyotda qo’llanilgan va iqtisodiy samara beradigan qanday
76 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
innovatsion ishlar bajarganini hisobga olish zarur – unga beriladigan mukofot yoki ustama to’lov miqdori ham xuddi shu tarzda aniqlanilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi). Qalbaki maqolalar va ko’chirma ilmiy ishlar (plagiat) bajarganlari isbot qilingan ilmiy xodimlar esa yolg’on ma’lumotlar uchun o’rnatilgan tartibda ma’muriy javob berishlari lozim (misol sifatida, AQSH da bunday tartib ko’pdan beri mavjud). Bu o’z navbatida ilmiy-texnik xodimlarning ishlanmalari sifatini oshirish, ularning jamiyatdagi mavqeini ko’tarish va yoshlarning ilm-fanni egallash uchun qiziqishlarini oshirish uchun ham hizmat qilgan bo’lar edi. Ta’lim muassalarida faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar uchun majburiy ravishda haftasiga 6 kun 6 soatli ish kuni joriy qilish ularning mas’uliyatlarini oshirib, bevosita ilmiy, amaliy, uslubiy, tarbiyaviy va ma’naviy ishlar bilan to’laqonli ravishda shug’llanishlariga imkon yaratar edi. Bunday ish rejimini amalga oshirish kadrlar bo’limi tomonidan amalga oshirilib, monitoring bo’limi nazorat qilishi va har oy oxirida har bir professor-o’qituvchi miqyosida baholab, shunga mos ravishda oylik ish haqqini to’lash tashkil qilinishi ta’lim muasasalaridagi xodimlarning ishini tartibga solishga olib kelar va ularning ush unumdorligini ancha oshirar edi. Xozirgi paytda esa ko’pchlik professor-o’qituvchlar haftalab yoki oylab ish joyiga kelmasliklari, asosiy ish joylari ta’lim muassasasi bo’lgani bilan ularning boshqa joylarda ishlashlari, ilmiy va uslubiy ishlar bilan xo’jakorsinga shug’ullanishlari, almisoqdan qolgan materiallar bilan darslarga kirishlari odat tusiga kirib qolgan va bu ularning nafaqat malakasini tushurub yuboradi, balki o’quv yurtlaridagi ta’lim jarayoni sifatiga ham jiddiy ta’sir qiladi. Undan tashqari, oliy o’quv yurtlaridagi turli miqyosdagi anjumanlar va
77 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
konferentsiyalardagi maqola va ma’ruzalarning ilmiy-amaliy ahamiyati juda pastligi hamda ko’pchilik mualliflarning bu konferentsiyalarga umuman qatnashmasdan, ko’pgina ilmiy ishlar chop etishlari ilmiy anjumanlar va konferentsiyalarning amaliy ahamiatini (va saviyasini) tushirib yuborib, qalbaki (va hech kimga kerak bo’lmagan) ilmiy ishlarning ko’payib ketishiga sabab bo’layapti. Shuning uchun, qalbaki va keraksiz ilmiy ishlarning miqdorini kamaytirish maqsadida, ilmiy anjumanlar va konferentsiyalarning qanday tartibda to’laqonli o’tkazilishi kerakligini aniqlab beradigan hamda maqolalarning saralanish me’zonlarining Vazirliklar miqyosidagi normativ tadbirlarni ishlab chiqish ham zamona talabi bo’lib qolgan. Mualliflar tomonidan yozilgan darslik, maqola, monografiya, o’quv qo’llanma va o’quv uslubiy qo’llanmalarning sifatini oshirish maqsadida ulardagi keltirilgan materiallarning saviyasi va ilmiy darajasiga mualliflar va taqrizchilarning mas’uliyatlarini (va javobgarliklarini) oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish ham to’laqonli, amaliyotga va o’quv jarayoniga foydasi tegadigan ilmiy materiallar yozilishini ta’minlashga juda yaxshi ijobiy turtki bo’lgan bo’lar edi. Ta’lim muassasalarini, mutahassislarni va aholini elektron ko’rinishdagi turli hil o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi virtual kutubxonasi tashkil qilinib, unga barcha yo’nalishlardagi ilmiy, adabiy, texnik, tibbiyot va boshqa sohalarga oid adabiyotlarning elektron nushalarini yozib qo’yish va ularni barcha foydalanishi hamda kerakli adaboytlarni topishi oson bo’lgan ko’rinishga keltirilishi ayni maqsadga muvofiq bo’lar edi. Barcha ilmiy-tekshirish institutlari, oliy ta’lim muassasalari, bosmahona va nashriyotlar, Vazirlik va boshqaruv
78 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
tashkilotlarida yaratilgan barcha turdagi adabiyotlarni hamda anjuman va konferentsiyalar materiallarini ushbu virtual kutubxonaga joylashtirish tartibini majburiy tartibda amalga oshirish mehanizmini ishlab chiqarish zarur (har bir muallif, ilmiy xodim, professor-o’qituvchi va adabyotlar yaratilgan tashkilot ham bu yumushga mas’ul bo’lishi ko’zda tutilishi lozim). Virtual kutubxona yaratish va uni doimiy ravishda to’ldirish bo’yicha bunday chora-tadbirlar majmui barchani kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash va shu bilan birga ularning ilmiy-madaniy va ma’rifiy salohiyotlarini yuksaltirish uchun katta hizmat qilgan bolar edi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi xozirgi paytda ko’proq nazariy ahamiyatga molik bo’lgan o’quv jarayoni ham amaliyotga imkoniyat darajasida yaqinlashtirilishi lozim. Talabalar nafaqat nazariy bilim va kasbiy malakaga ega bo’lishlari, balki iqtisodiyot rivojlanishining asosiy muammolarini, ilm, fan va texnikani, innovatsion texnologiyalarni juda yaxshi tushuna olishlari kerak. Buning uchun esa oliy ta’lim muassasalarida biznes va ishlab chiqarish hamda boshqaruv tuzilmalarining eng ilg’or namoyondalari tomonidan mahsus o’quv kurslari olib borilishini tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’lar edi. O’zbekistonlik eng iqtidorli yoshlarning yetakchi horijiy universitetlardagi bakalavriatda, magistraturada o’qishlarini tashkil qilish va yetakchi halqaro kompaniyalarda ularning malakalarini oshirish ham mamlakatdagi innovatsion jarayonni tezlashtirish uchun katta hizmat qilgan bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |