9. Qishloq xo ’jaligi korxonalarida innovatsion texnologiyalar
Rivоjlаngаn аgrar sоhаgа egа bo’lgаn mamlakatlаrning tаjribаsi shuni ko’rsаtаdiкi, ulаrning bаrchаsi qishlоq хo’jаligi bilan bog’liq korxonalarni rivоjlаntirib, intеnsiv vа innоvаtsiоn yo’lgа o’tishlаridа o’zigа хоs «innоvаtsiоn tехnоlоgik inqilob» ni аmаlgа оshirgаnlаr. O’zbekiston qishlоq хo’jаli bilan bog’liq korxona va tashkilotlarning eng asosiy muа mm оsi - rivоjlаngаn mamlakatlаrgа nisbаtаn umumiy tехnik vа tехnоlоgik qоlоqlik bo’lib, unda agroinnovatsion yangiliklardan foydalanmaslik bilan хаrаkterlаnаdi. Кo’pchilik хоllаrdа mamlakatimizdаgi qishlоq хo’jаlik ishlаb chiqаrishining tехnоlоgik holati оldingi аsrning 70-yillаri dаrаjаsigа to’g’ri kеlаdi vа bu аjаblаnаrli emаs. Qishloq xo’jalik ishlаb chiqаrish kоmplеksining innоvаtsiоn rivоjlаnishi uning tехnik vа tехnоlоgik jihаtdаn judа past dаrаjаdа tа’minlаngаnligi, yirik vа zаmоnаviy tехnоlоgik ishlаb chiqarishni tаshkil qilishgа qurbi yеtmаydigаn judа ko’p fermer xo’jaliklarining mаvjudligi, qishlоq хo’jаligi sоhаsidаgi zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan mаlаkаli kаdrlаrning yеtishmasligi, qishlоq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish bo’yichа informatsion materiallar, kitob-qo’llаnmаlаr vа ma’lumotlаrning аnchа kаmchilligi tufаyli judа sustlаshib qоlgаn. Аgаrdа dunyo miqyosidа qishlоq хo’jаligini
125 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
rivojlantirish bo’yicha nom chiqargan mamlakatlarda qishloq xo’jaligini yuritish bevosira informatsion texnologiyalar, genetika, innovatsion intensiv usullar bilan bog’liq bo’lsada, mamlakatimizda bunday ishlar juda kam daraja va miqyosda olib boriladi. O’zbekistondagi qishloq xo’jalik va chorvachilik bo’yicha mutaxassislarga o’tmishdan ko’p mehnat va sarf-xarajat talab qiladigan extensiv texnologiyalar qolgan xolos. O’tmishda va qisman xozir ham qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishda yuqori texnologik ko’rsatgichlarga erishish emas, balki minimal ish haqqi bergan holda aholining bandligini ta'minlash asosiy maqsad bo’lgan va bo’lib qolmoqda. Ammo mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga jadal kirib kelayotgan va rivojlanayotgan bir davrda qishloq xo’jalik korxonalari samaradorligini oshirish asosiy maqsadlardan biri bo’lib qolayapti. Demak, respublika qishloq xo’jaligida innovatsion-texnologik va madaniy inqilobni amalga oshirish zamonamizning eng dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolayapti. Shuning uchun ham qishloq xo’jalik va boshqaruv bo’g’ini hodimlarini qishloq xo’jaligidagi innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirish, qishloq xo’jaligida informatsion texnologiyalarni keng miqyosda qo’llashga erishish, yangi turdagi ko’p hosil beradigan va kasalliklarga chidamli o’simlik va sabzavotlar navlarini chet mamlakatlardan olib kelib, hayotga tadbiq qilish, chet mamlakatlarning qishloq xo’jalik mahsulotlari borasidagi barcha ijobiy tajribalarini o’rganib, ularni mamlakatimiz qishloq xo’jaligining barcha jabhalariga tadbiq qilish va xo’jaliklarga nushalash, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, parvarish qilish, yig’ish-terish, saqlash, aholiga yetkazish va qayta ishlashning progressiv usullarini barcha xo’jaliklarda qo’llash,
126 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
tejamkorlik bilan ish yuritish usullarini tadbiq qilish hamda fermer xo’jaliklari uyushmalarida innovatsion boshqarmalar tashkil qilib, uning zimmasiga bu bilan bog’liq barcha ishlarni amalga oshirish jarayonini koordinatsiya qilishni topshirish hayotiy muhim strategik masalalardan bo’lib qolayapti. Ammo xozirda bu muammolarni hal qilish bilan juda ham kamchilik qishloq xo’jalik mutaxassislari va fermer xo’jaliklari shug’ullanayaptilar. Shuning uchun ham ko’pchilik oziq-ovqat mahsulotlarini horijiy davlatlardan import qilish va buning uchun katta miqdordagi davlatga va xususiy sektorga tegishli bo’lgan valyuta zahiralari sarf qilishga to’g’ri kelayapti. Yuqoridagi masalalarni hal qilish uchun eng birinchi navbarda qishloq xo’jalik mutaxassislari uchun konsalting hizmatlari ko’rsatadigan tashkilotlar tuzilib (davlatga tegishli yoki xususiy ko’rinishdagi), ular barcha qishloq xo’jalik korxonalari hodimlarini va fermerlarni ular uchun kerakli bo’lgan yangi innovatsion texnologiyalar, texnika, usullar haqida tezkor ma’lumotlar berishlari hamda bu boradagi metodik materiallar va qishloq xo’jalik mahsulotlaridan yuqori hosil olish usullariga bag’ishlangan adabiyotlar bilan doimiy ravishda tanishtirib turishlari hamda natijalarni minitoring qilib turishlari lozim. Bunday tashkilot va firmalarning qishloq xo’jaligi hodimlari va fermerlarni kerakli ma’lumotlar bilan doimiy ravishda tezkor ta'minlashi davlat tomonidan rag’batlantirilishi va boshqarilib turilishi zarur. Davriy ravishda yoki so’rov bo’yicha qishloq xo’jalik tashkilotlari va fermer xo’jaliklariga kelib turadigan konsalting kompaniyasi hodimlari ularni yangi navlar bilan, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish usullari bilan, tomchilab sug'orish usullari bilan, veterinar preparatlar bilan, ishlab chiqarishni tashkil qilish
127 Toshkent Moliya instituti
Do'stlaringiz bilan baham: |