Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
tufayli 3D-printerlar quyidagi yo’nalishlarda tobora keng miqyosda qo’llanilayaptilar:
Mashinasozlikda va ob’ektlarning prototiplarini yaratishda;
Arxitektura yumushlaruda va dizaynlashtirishda;
Modellashtirishda hamda turli xildagi mashina va agregatlarni loyihalashda;
Tibbiyotda va stomatologiyada turli xil organlarni yaratish va ularni sinab ko’rishda;
Muhandislik ishlarida turli xildagi uskuna va ob’ektlarning nushalarini hosil qilishda;
Qurilishda va uning uchun kerakli bo’lgan turli inter’erlar hamda exter’erlarni yaratushda;
Kino va mul’tfilmlar ishlab chiqarishda personajlar yaratish va ularni suratga olishda;
Avtomobilsozlik, samolyotsozli va kosmik sanoatda turli xil zahira qismlarni ishlab chiqish va ularni sinab korishda;
Bolalar uchun turli o’yinchoqlar va zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda.
Shuning uchun ham 3D-printerlar texnologiyalari yil sayin rivojlanib, qo’llanilish sohasi tobora kengayib bormoqda. Ilmiy xodimlar turli xil inson organlarini ham 3D-printeda yaratish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. NASA esa kosmonavtlar uchun kerakli bo’lgan turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarini 3D-printerda yaratish ustida ilmiy izlanishlarni jadallashtirmoqdalar. Bir qancha avtomobilsozlik firma va samoletsozlik kompaniyalari o’zlari ishlab chiqarayotgan avtomobil va samoletlarning bir qancha qismlarini
121 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
xozirdayoq 3D-printerlarda yasayaptilar hamda bundan katta iqtisodiy samara ko’rayaptilar. Gollandiyada esa 3D-texnologuya asosida uylar qurishga tayyorgarlik qilinayapti. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan xolda shuni ta’kidlash mumkinki, 3D-texnologiya har qanday ishlab chiqarish jarayonining samarasini bir necha barobar oshirish imkonini yaratadi hamda individual buyurtma asosida turli xildagi sanoat mahsulotlarini adzon narxlarda ishlab chiqarish uchun imkon beradi. Xuddi shuning uchun ham bunday texnologiyalarni O’zbekiston sharoitida ishlab chiqarishga keng tadbiq etish katta iqtisodiy samara beradi deyish mumkin.
122
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
3D-printerlarning oziq-ovqat sanoatida ishlatilishiga bir misol sifatida AQSH ning Kornel universiteti ilmiy xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan «Solid Freeform Fabrication» texnologiyasini keltirish mumkin. Bunda xomashyo sifatida oziq-ovqat sanoatida qo’llaniladigan gidrofil polimerlar ishlatilib, ular vositasida sun’iy shokolad, pechen’e, olma, sir, zafir, non va boshqa mahsulotlarni 3D-printer yordamida xosil qilish mumkin bo’ldi. Xozirgi paytda plastikdan, gipsdan, mumdan, fotopolimerdan va metalldan turli xildagi modellar yasay oladigan 3D-printerlar ham mavjud. Agarda sizni 3D-printerlar bo’yicha ma’lumotlar qiziqtirsa yoki 3D-informatsion model olishni istasangiz, info@vektorus.ru electron manziliga murojjat qilishingiz mumkin. Misol sifatida 3D-printerning tasvirini quyida keltiramiz:
3D-printerning ishlash jarayoni esa quyida tasvirlangan:
123
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
3D-printerning xomashyolri tasviri esa quyidagucha:
3D-faylning ekrandagi ko’rinishiga misol:
3D-printerlarning ishlashi uchun kerakli bo’lgan ob’ektlarning 3D-modellarini tezda xosil qilish uchun turli xildagi va modellardagi 3D-skanerlardan foydalanish mumkin.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan xolda shuni ta’kidlash mumkinki, O’zbekiston respublikasinig innovatsion rivojlanishida 3D-texnologiyalarning ahamiyati juda ham salmoqli bo’lib, bu amal juda katta iqtisodiy foyda keltirishi mumkin. Bu esa kasb-xunar kollejlari va
124
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
texnika oliy o’quv yurtlari hamda universitetlarida 3D-texnologiyalarga bog’ishlangan fanlar kiritish va bu yo’nalishda kadrlar tayyorlashni jadallashtirish zarurligini taqozo qiladi. Bu yo’nalish bo’yicha ilmiy-amaliy ishlarni kengaytirishni va ommalashtirishni esa Vazirlar Maxkamasi qoshidagi ilmiy texnologiyalar Markazi zimmasiga yuklash talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |