3. Bozor iqtisodiyoti va innovatsion rivojlanish muammolari
Ko’pchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar o’zlarini rivojlanishga, uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o’sishga, yangi va farovon hayotga bo’lgan umidlarini bozor iqtisodiyoti sharoitlarida faoliyat ko’rsatayotgan kapitalistik yoki sotsialistik halq xo’jaligida keng miqyosda ilm, fan va texnika natijalari (informatsion texnologiyalar, yangi materiallar, kimyo va biotexnologiya, tejamkor texnologiyalar, tiklanadigan energiya manba’lari va boshqalar) ishlatiladigan innovatsion rivojlanish yo’liga o’tish bilan bog’laydilar. Shuning uchun ham iqtisodiyotning innovatsiyalarga talabgor va sezgir qilinishini oshirish zamonaviy davlatlarning, shu jumladan, O’zbekistonning asosiy maqsaqlaridan biridir desak, also yanglishmaymiz. Global iqtisodiy inqiroz dunyodagi bacha mamlakatlarni iqtisodiyotni innovatsion yo’ldan rivojlantirishga majbur qilayapti. Xozirgi shart-sharoitlarda iqtisodiy rivojlanishdagi asosiy rolni ishlab chiqarishning texnik va texnilogik bazasini uzluksiz ravishda yangilash imkonini beradigan, mahsulot tannarxini kamaytiradigan, yangi raqobatbardosh mahsulotlarni o’zlashtirish va ishlab chiqarishga imkon beradigan va mahsulot hamda hizmatlar jahon bozoriga suqulib kirishga imkon beradigan innovatsin faoliyat o’naydi. Shuning uchun ham 20 asrning oxirlari va 21 asrning boshlarida jamiyat hayotining barcha jabhalarida innovatsion o’zgarishlarga erishish uchun hatti-harakatlar boshlandi. Shu jumladan, 1979 yilda AQSH Kongressi “Ilmiy-texnik innovatsiyalar
48 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
bo’yicha milliy akt” ni qabul qildi va uni amalga oshirishga kirishdi. Unda innovatsiyalar AQSH ning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik rivojlanishidagi markaziy va asosiy masala ekanligi alohida qayd qilingan edi. Bunda innovatsion strategiyaning savdo defitsitini kamaytirishga, jahon bozorida raqobatni yengishda va dollar kursini stabillashtirishda yordam berishi nazarda tutilgan. Germaniyada ham davlat darajasida innovatsiyalarning qo’llab-quvvatlanishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy kasalliklarga qarshi asosiy vosita ekanligi ta’kidlangan. Shunday qilib, avvallari alohida firmalarning strategiyasi bo’lgan innovatsiya siyosati, endi davlatlar siyosati va butun boshli millatlarning hayotiy strategiyasi bo’lib qoldi. Bular bilan bir vaqtda innovatsion faoliyat haqidagi fan ham asta-sekin rivojlana boshladi. Bu esa o’z navbatida, an’anaviy iqtisodiyot uqtirganidek, bozorni talab va taklifning erkin o’yini sifatida soddalashtirilgan tushunishga qarama-qarshi bo’lib qoldi. Innovatsiyalar sharoitida bozorni maqsadga muvofiq ravishda boshqarish, undan oldinroq yurish, ommaviy xaridorlarning talablari paydo bo’lishiga erishish, innovatsion marketing va menedjmentning rivojlanishi hamda xaridor hali o’ylab ham ko’rmagan mahsulot va hizmatlarni taklif qilish asosiy ahamiyatga ega bo’lib qoladi. Bunday strategiya o’z navbatida “innovatsion iste’molchi jamiyat” ning hosil bo’lishi va jadal rivojlanishiga olib keladi.
Mustaqillikka erishilgandan so’ng va demokratik rivojlanishning oxirgi 20 yilida ko’pchilik korxona va tashkilotlar yetarli mablag’lar va imkoniyatlar yo’qligi sababli innovatsion boshqaruv usuliga o’tishga jadal harakat qilmadilar va bu holat o’z navbatida bozorlarimizni chet eldan keltirilgan arzon hamda sifatsiz mahsulot va hizmat turlariga
49
Do'stlaringiz bilan baham: |