O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari



Download 2,41 Mb.
bet15/81
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#279018
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
Bog'liq
s

Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

hayotga tadbiq etish uchun mablag’lar yetishmasligi va boshqa mamlakatlar bilan ilmiy-texnik aloqalar uzilib qolganligi tufayli o’z kuchini ko’rsata olmadi va asta-sekin susayib qo’ldi. Taqqoslash va tanqidiy mulohaza uchun statistik ma’lumot taqdim etish maqsadida

quyida asosiy rivojlangan mamlakatlar milliy iqtisodiyotlarining ilmiy ishlanmalarni hayotga joriy qilish jihatidan qiyosiy holati keltiriladi (bu yerda YMD – yalpi milliy daromad):



Mamlakatimizda esa bir tomondan, sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshligini ko’tarishga stimullar yo’qligi sababli, ikkinchi tomondan intellectual mehnatga nisbatan yondoshuv moddiy va ma’naviy jihatdan salbiy tomonga o’zgarganligi tufayli ko’pchilik ilmiy xodimlarning tadbirkorlik sohasini tanlaganliklari va uchinchi tomondan, tadbirkorlar sinfi va ishlab chiqarish korxonalari yangi sharoitlarda yangicha ishlashga o’tishni istamaganliklari (yoki eplay

41 Toshkent Moliya instituti





Mamlakat

YMD, мlрd. doll.

Bitta band inson uchun YMD,

ming doll.

Ilmiy-texnik

izlanishlar

uchun YMD

ulushi, % larda

Mahsulot eksportidagi ilmiy

izlanishlar talab qilgan mahsulotlar

ulushi, % larda

Jahon eksportida

informatsion

uskunalarning

ulushi, % larda

AQSH

9875

73,1

2,64

28,2

16,3

Xitoy

5135

7,2

1,00

16,7

4,6

Yaponiya 3425 56,0

3,04

26,3

11,5

Xindiston



4,9



3,2



Germaniya



56,0

2,44

15,3

4,8

Frantsiya



56,5

2,17

19,4

3,4

Buyuk Britaniya



54,5

1,87

26,2

5,3

Italiya

1410

56,5

1,04

7,9

1,1

Rossiya

1185

18,0

1,01

3,1

0,2

Kanada – 60,0





2,2

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

olmaganlari) uchun ilmiy-texnik izlanishlar miqyosi asta-sekin va muttasil pasayib bordi. Shuning uchun davlatimizning xozirgi davrdagi eng dolzarb vazifalaridan biri – mavjud ilmiy-texnik mutahassislarni jalb qilgan holda innovatsiyalarga katta ahamiyat berish va bu sohadagi bajarilishi lozim bo’lgan ishlarni davlat ahamiyatiga molik masalalar qatorida ko’rgan holda, uning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga yetarli bo’lgan mablag’larni ajratish, yoshlarni innovatsion kelajakka sobitqadamlik bilan tayyorlash, boshlang’ich, o’rta va oily ta’lim tizimilarini tubdan yaxshilash (zamonaviy bilimdon boshqaruvchi kadrlar, yetarli o’quv qurollari va sifatli darsliklar, malakali pedagoglar, zamonaviy ilmiy-texnik qo’llanmalar tayyorlash ma’nosida), ta’lim olishga eng layoqatli yoshlarni jalb qilish, xozirfi paytda amalda bo’lgan test topshirish tizimini tubdan yaxshilab, faqatgina bilimdon, layoqatli va intiluvchan yoshlarnigina oily ta’lim muassalariga joylashishiga imkon yaratish, chet ellarning turli xil ilmiy tashkilotlarida va yetakchi firmalarida bilimdion yoshlarning bilim olishiga va malaka oshirishiga keng imkoniyatlar yaratish, ilmiy-texnik xodimlarning jamiyatdagi moddiy va ma’naviy mavqeini ko’tarish uchun kerakli bo’lgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va ularni og’ishmay hayotga tadbiq qilish, turli sohadagi mutahasislarning axborot texnologiyalari dasturiy-texnik vositalarini atroflicha o’rganishga erishish hamda chet tillarni, ayniqsa, halqaro ma’lumot almashinish vositasi bo’lib qolgan ingliz tilini o’rganishga alohida e’tibor berishdir. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bu dolzarb vazifalarni amalga oshirmaslik, mas’uliyatsizlik, kechikishlik yoki

42

Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

bunda sustkashlik qilish davlatimizning, qolaversa millatimizning kelajagi uchun katta va tuzatib bo’lmas strategik havf-xatar tug’diradi.

Keyingi yillarda O’zbekiston davlati tomonidan fan va texnologiyaning birgalikda rivojlanishini yaxshilash, innovatsion faoliyatni moliyalashtirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish orasidagi aloqalarni kengaytirish bo’yicha bir qancha chora-tadbirlar ko’rilgan, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo’yicha davlat dasturlari qabul qilingan hamda ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish dasturlari amalga oshirilgan. Shu jumladan, fan va texnika davlat qo’mitasi qayta tuzilgan, texnologiyalar transferi markazlari institutsional jihatdan mustahqamlangan, har yili halqaro ishlab chiqarish yarmarkalari tashkil qilinayapti, 2008 yildan boshlab esa innovatsion g’oyalar respublika yarmarkasi o’tkazilayapti. Ammo shularga qaramasdan, respublikadagi innovatsion faoliyat quyida keltiriladigan bir qancha muammolar tufayli mavjud imkoniyatlarga nisbatan ancha past darajada deyish mumkin. Buning uchun eng avvalo dunyo bo’yicha innovatsion faoliyat rivojlanishining ko’rsatgichlarini quyidagi qiyosiy jadval ko’rimishida foizlarda keltiramiz (2010 yigli ma’lumotlarga asosan):

Ko’rsatgich










47,9

50,1

46,0

44,9

35,0

31,9










46,8

Texnoligik

innovatsiyalarni

amalga

oshirayotgan

tashkilotlar

soning

mamlakatdagi

barcha

tashkilotlar

umumiy soniga

nisbati

0,1

7,9

63,8

39,6

35,0

40,1

43 Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

Ma ’lumot manba ’si: HnduKamopbi wmoeaifuoHHOU denmejibHOcmu 2012. -M: HatfuoHOJibHtau uccjiedoeamemcKUU ynueepcumem «Buciucm uikojig 3kohomuku», 2012

Innovastiyalarni jadallashtirish bo’yicha mamlaklatimizdagi mavjud to’siqlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  1. Uzoq va o’rta muddatlarga mo’ljallangan hamda dasturiy xujjat ko’rinishida puxta ishlab chiqilgan markazlashgan innovatsion siyosatning mavjud emasligi - chunki bunday siyosat innovativ o’zgarishlar uchun tadbirlar majmuini, maqsad va bajarilishi lozim bo’lgan vazifalarni hamda ularning qanday tartibda bajarilishi lozimligini aniq-oydin ko’rsatib bergan bo’lar edi;

  2. Ilmiy izlanishlarning tarkibiy elementlari bir birlari bilan yetarli darajada o’zaro aloqada bo’lmaganliklari tufayli ular orasidagi ma’lumot almashinish jarayoniga putur yetib, innovatsiyalarning ishlab chiqarishga yo’naltirilishi qiyinlashgan hamda kadrlar tayyorlash darajasi ish beruvchilar talablariga mos kelmay qolgan;

  3. Ichki bozorda ilg’or texnologiya va yangiliklarga bo’lgan talabga nisbatan to’lov qobiliyatining chegaralanganligi - bu holat biznesga ham, aholiga ham tegishlidir;

  4. Innovatsion infratuzilmaning alohida elementlarini, innovatsion tadbirkorlikni va mustaqil innovatsion loyihalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashning maxsus mexanizmlari rivojlanmagan yoki mavjud emas;

  5. Ilm-fan va texnologiyalar rivojlanishning davlat tomonidan aniqlab berilgan asosiy yo’nalishlarini amalga oshirish mexanizmining yo’qligi tufayli byudjet mablag’larining tarqoq ravishda ishlatilishi va mamlakat iqtisodiyotining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlab beradigan fan va texnika yo’nalishlaridagi ilmiy izlanishlarga yetarli mablag’ ajratilmasligi;

44 Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

  1. Ilmiy tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari orasidagi kooperastion aloqalarning yaxshi rivojlanmaganligi tufayli iqtisodiyot innovatsion sohasida investitsion zahiralar yetishmaydi hamda innovatsion boshqaruv amalga oshmasdan, yangiliklarning tijoriy ishlatilinish jarayoniga putur yetadi. Shuning uchun ham respublikadagi innovatsion faoliyat asosan poytaxtda amalga oshirilayapti;

  2. Respublikaning yetakchi ishlab chiqarish korxonalaridagi innovatsion faoliyat juda past darajada va bu bir qancha ko’rsatgichlarga bog’liq. Bular jumlasiga, past innovatsion potentsialni, mablag’lar yetishmasligini, yangiliklar kiritish uchun katta mablag’lar kerakligini, yuqori iqtisodiy tavakkalchilikni va mablag’larning qoplanish muddatlari kattaligini kiritishimiz mumkin;

  3. Innovatsion sohaning informatsion ta’minoti yetarli emasligi, ayniqsa yangi texnologiyalar haqidagi ma’lumotlarning juda kamligi va innovatsion mahsulot va hizmatlarning bozorlari to’g’risidagi informatsiyaning yetishmasligi;

  4. Respublikada biznes yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar innovatsiyalarning keng miqyosda topilishi, tarqalishi va ishlab chiqarishga tadbiq etilishi uchun imkon bermaydi. O’zbekiston iqtisodyotiga soliq yuki ancha katta miqdorda. Undan tashqari, respublikada umumiy biznes yuritish muhitini yaxshilash uchun bojxona qonunlarini, savdo siyosatini, valyuta aylanishi rejimini takomillashtirish lozim va bir qancha administrativ to’siqlarni bartaraf qilish kerak.

O’bekistonning innovatsion rivojlanishidagi chet el investitsiyalarining ulushi 2008-2010 yillarda innovatsion rivojlanishga

45

Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

bo’lgan umumiy xarajatlarning 20,4% ni tashkil qilgan. Ilmiy izlanishlar va tajriba konstruktorlik ishlariga bo’lgan chet el investitsyalari hajmi 2011 yilda 0,42% bo’lgan. Solishtirish uchun quyidagini keltirishimiz mumkin: jahon miqyosida ilmiy izlanishlar va tajriba konstruktorlik ishlariga bo’lgan chet el investitsyalari hajmi o’rtacha 7% ni tashkil etadi. Chet el biznesi tomonidan mamlakatimizdagi innovatsiyalarni jadallashtirish uchun halqaro yuqori texnoligik kompaniyalarni O’bekistonda ishlab chiqarishni joylashtirish, ilmiy va injiniring markazlarini tashkil qilishga qiziqtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kerak. Buning uchun ularga bir qancha afzalliklar berish zarur bo’ladi (yer solig’dan va daromad solig’dan ozod qilish, kerakli yer maydoni ajratish, mulk sotib olish imkonini yaratish va boshqalar). Rivojlangan mamlakatlardagi innovatsion jarayonlarni o’rganish bu davlatlarning hususiy sektor ilmiy izlanishlar va innovatsion yangiliklarni moliyalashtirishdagi ishtirokini qo’llab quvvatlashini ko’rsatadi. Bu, pirovard natijada hususiy sektor ilmiy izlanishlarga bo’lgan sarf-xarajatlarning katta qismini qoplashiga olib kelgan. Masalan, bu Evropa Ittifoqida 56% ni, AQSH da 63% ni, Yaponiyada esa 74% ni tashkil qiladi. O’zbekistonda bu ko’rsatgich 30-40% ga yetadi. Xozirgi paytda davlat tomonidan ilmiy-izlanishlarni moliyalashtirish uchun faqat bittagina mexanizmdan foydalaniladi - bu ham bo’lsa, grantlar ajratishdir. Buning asosiy sababi, moliyalashtirish uchun kerakli bo’lgan metodologik bazaning yo’qligi bo’lib, bu holat ilmiy izlanishlardan kutilayotgan natijalar va uning turlariga bog’liq ravishda turli hildagi moliyalashtirish usullarini qo’llash imkonini bermaydi. Umuman aytganda davlatning ilm-fanga bo’lgan xarajatlari yetarli emas va u 2011

46

Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

yilda davlat byudjeti xarajatlarining 0,65% ni tashkil etgan holos. O’zbekistonda davlat va biznesning ilmiy va tajriva konstruktorlik izlanishlarga bo’lgan investitsiyalari hajmi texnologik jihatdan rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ancha kam bo’lib, oxirgi yillarda yalpi ichki milliy mahsulotning 0,2% ni tashkil qilgan (davlatniki esa 0,1% atrofida). Respublikadagi fond bozorining xozirgi vaqtdagi rivojlanish darajasi uni innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mexanizmi sifatida ishlatishga imkon bermaydi. Ammo keyinchalik u innovatsion moliyalashtirishda va venchur kompaniyalar rivojlanishida muhim tarkibiy qism bo’lib qolishi mumkin. O’zbekistondagi lizing operatsiyalari hajmi yalpi ichki milliy mahsulotning 0,6% ni tashkil qilgan. Lizing bozori ishtirokchilari orasida tijorat banklari 30% dan ortiq ulushni egallaydilar. Uzoq muddatli rivojlanish nuqtai-nazaridan, qimmatli qog’ozlar bozori, lizing, sug’urta kompaniyalari, noformal sektor (biznes-farishtalar) ning rivojlanishi hamda venchur kompaniyalarning tashkil qilinishi respublikadagi innovatsion jarajonlarni moliyalashtirishni rivojlantishda muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston moliyaviy tizimining banklarga tayanishi esa ularning innovatsion jarajonlarni moliyalashtirishdagi asosiy elementga aylantiradi. Intellektual mulk halqaro tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, 2010 yilda patent arizalarining 89,6% qismi rivojlangan mamlakatlardan berilgan. Bu esa ilg’or innovatsion texnologiyalarning bilimlar akkumulyatsiya qilingan rivojlangan mamlakatlarda yaratilishini anglatadi. Demak, O’zbekiston singari rivojlanayotgan mamlakatlar dunyoviy texnologik yangiliklarni qabul qiluvchi sifatida harakat qilishlari lozim. Bu esa respublikamizning innovatsion

47

Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

rivojlanish yo’li rivojlangan davlatlardagi eng yangi texnologiyalarni o’zlashtirib, nushalashtirish, ya’ni ichki sharoitlarni hisobga olgan holda respublikaga transfer qilish ekanligini anglatadi.




Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish