1.4. Innovatsion faoliyat va innovatsion jarayon
Yangi mahsulot (yoki hizmat) larni hayotga tadbiq qilish bilan tugallanadigan hamda bundan ko’ra kengroq miqyosda amalga oshiriladigan innovatsion faoliyatlar bir-biridan farqlanishi zarur. Xozirgi davrda yangi bilim va informatsiyani (yoki innovatsion faoliyatni) yaratish jarayonini tushunishda bir qancha yondoshuvlar mavjud. Tadbirkorlik yondoshuviga asosan innovatsion faoliyat yangi mahsulotni uning haqidagi g’oya hosil bo’lishidan to uning o’zlashtirilishi, ishlab chiqarilishi, sotilishi va tijoriy samara olinishigacha bo’lgan jarayon deb tushuniladi. Kreativ-funktsional yondoshuvga asosan esa innovatsion faoliyat samarali ijod faoliyati bo’lib, u yangi vositalar yordamida mavjud yoki butunlay yangi maqsadlarga erishish deb tushuniladi. Falsafiy yondoshuvga asosan esa innovatsion faoliyat deb fanni, texnikani, iqtisodiyotni, tadbirkorlikni va boshqaruvni birlashtirib, ijobiy sinergetik samaraga erisha olinadigan jarayonga tushuniladi. Innovatsion faoliyatning iqtisodiy mohiyatini quyidagi chizmada ifodalangan yangiliklar (bilimlar, texnologiyalar,
19
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
innovatsiyalar) yaratish jarajonining bir-biri bilan bog’liq bo’lgan bosqichlari orqali tushunish mumkin:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ilmiy g’oya
|
|
Tajriba-konstruktorlik ishlanmalari
|
|
Sinov namunasini yaratish
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
,r
|
|
|
Kam, seriyali va ommaviy
ravishda ishlab chiqarish
|
|
|
,r
|
|
|
Yangi
maxsulotning
tarqatilishi
|
|
Innovatsiyalar yaratish ilmiy izlanishlar, tajriba-konstruktorlik ishlari va ularning natijalarini hayotga tadbiq qilish kabi yangi mahsulot yaratish va uni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarni o’ziga qamrab olgan jarayondir. Yangiliklar kiritishning (innovatsiyalarning) hayotiy tsikli amaliyotga tadbiq qilish bilangina tugamaydi, balki u seriyali va ommaviy ishlab chiqarish, sotish, mahsulotni tarqatish va undan foydalanish jarayonlarini ham o’z tarkibiga oladi. Ammo ba’zi holatlarda innovatsion mahsulot ommaviy ishlab chiqarishga, almashinuvga va iste’molga mo’ljallanmagan bo’lishi ham mumkin. Misol sifatida kosmik, aviatsion, atom sanoati mahsulotlari yoki
20
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
meditsina, yadro fizikasi va boshqa yuqori texnologik sohalar uchun ishlab chiqariladigan exklyuziv (yagona, noyob, bir nushada) yoki kam sonli asbob-uskunalarni keltirish mumkin. Shuni ham aytish kerakki, har qanday seriyali va ommaviy ishlab chiqarishni ham innovatsion deb bo’lmaydi, albatta.
1.5. Innovatsion faoliyat sub ’ektlari
Innovatsion faoliyat sub’ektlari sifatida yangilklar yaratadigan va ularning sinov nushalarini yangi mahsulot sifatida ishlab chiqaradigan korxonalar, tashkilotlar yoki alohida shaxslar tushuniladi. Sub’ektlar sifatida bulardan tashqari innovatsion jarayonga moliyaviy, information, marketing, patent-litsenziya, lizing, frentsayzing, sotuv va boshqa hizmatlar ko’rsatadigan huquqiy va jismoniy shaxslarni ham ko’shishimiz mumkin. Yanada aniqroq qilib aytganda, innovatsion faoliyat sub’ektlari quyidagilardir:
Innovatsion faoliyatning va innovatsion hizmatning alohida ko’rinishlari bo’lgan ilmiy-ishlab chiqarish tashkilotlari va texnopolislar, texnoparklar, innovatsion markazlar, innovatsion-investitsion va biznes markazlar ko’rinishidagi tuzilmalar;
Ilmiy va ilmiy-tekshirish tashkilotlari (akademik va tarmoq ilmiy institutlari, konstruktorlik byurolari, laboratoriyalar, tajriba maydonlari, oily ta ’lim muassasalari);
Yirik va o’rtacha kattalikdagi korxona va tashkilotlar;
Kichik investitsion tashkilotlar va firmalar;
Innovatsion, ilmiy-tekshiruv va ishlab chiqarish yo’nalishidagi tashkilotlarning hizmatchilari.
21
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Huquqiy nuqtai-nazardan, innovatsion tadbrirkorlik faoliyati sub’ektlari deb ilmiy-texnik yo’nalishlarda huquqiy shaxs hosil qilmasdan tadbirkorlik qilaoytgan shaxslar (ya’ni individual tadbirkorlar) tushunilib, ular bu faoliyat turi bilan shug’ullanish uchun guvohnomalar olgan bo’lishlari lozim. Innovatsion tadbirkorlik faoliyatining bunday sub’ektlariga iqtisodiyotning turli sohalarida yangiliklar yaratib, ularni amaliyotga tadbiq etadigan ixtirochilarni, konstruktorlarni, ratsionalizatorlarni, komp’yuter dasturchilarini, dizaynerlarni (shu jumladan, web-dizaynerlarni), arxitektorlarni, texnologlarni va boshqa ijodiy soha sub’ektlarini kiritish mumkin. Innovatsion faoliyatning yetakchi sub’ektlariga esa innovatsion g’oyalarni konkret loyihalarga aylantiradigan va buning natijasida foyda ko’rinishidagi moliyaviy natija oladigan tijoriy tashkilotlarni kiritish mumkin. Shuning uchun innovatsion tadbirkorlik faoliyatining sub’ektlariga mulk ko’rinishidan qat’iy nazar, ilmiy-tekshirish va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxona va tashkilotlar hamda oliy o’quv yurtlari kiradi. Innovatsion faoliyatga hizmat ko’rsatuvchi sub’ektlarni esa alohida guruhga ajratish mumkin. Xuddi shular innovatsion infratuzilmaning elementlari hisoblanadi. Bu guruhga innovatsion jarayonlarga moliyaviy, informatsion, kommunikatsion, marketing, patent-litsenzion, lizing, frenchayzing, sotuv kabi hizmatlarni ko’rsatuvchi korxona va tashkilotlar hamda alohida shaxslarni kiritish mumkin. Innovatsion faoliyat sub’ektlari o’zlarining xududiy ko’rsatgichlariga ko’ra, asosiy funktsiyalariga ko’ra, tashkiliy elementlariga ko’ra, innovatsion jarayonning tugallanganligiga ko’ra va bilimlar yaratish jarayoniga ko’ra farqlanishlari mumkin.
22 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Yuqori darajada ilmiy bilimlar talab qiladigan va murakkab innovatsion g’oyalarning amalga oshirilish jarayonida quyidagi turdagi tadbirkorlik tashkilotlari birlashmalari muhim ahamiyat kasb etadi: konsortsiumlar, kontsernlar, holding-kompaniyalar, moliya-ishlab chiqarish guruhlari, assotsiatsiyalar va huquqiy shaxslar birlashlamalari. Bunday birlashmalar ichida asosiy ahamiyatni yirik innovatsion loyihalarni amalga oshira oladigan konsortsiumlar egallaydi. Innovatsion sohada konsortsiumni juda katta ilmiy izlanishlar talab qiladigan va juda katta investitsiyalarga muxtoj bo’lgan loyihalarni amalga oshirishda banklar, kompaniylar, tashkilotlar, firmalar va ilmiy markazlar orasidagi vaqtinchalik kelishuv (ba’zan halqaro miqyosdagi) deb tushuntirish mumkin. Konsortsiumning o’ziga xos hususiyati shundan iboratki, unga kirayotgan hamkorlar (konsortsium maqsadlariga bog’liq bo’lmaganlardan tashqari) o’zlarining iqtisodiy va huquqiy mustaqilliklarini saqlab qoladilar. Undan tashqari, konsortsium vaqtinchalik birlashma bo’lib, qo’yilgan maqsadlarga erishilganidan so’ng, o’z faoliyatini tugatadi. Innovatsion tadbirkorlik tuzilmalarining eng murakkab ko’rinishlaridan biri, ishlab chiqarish, transport, savdo va banklarni birlashtiradigan kontsern hisoblanadi. Kontsernning ishtirokchilari sifatida murakkab innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun kuchlarini birlashtirgan alohida korxona va tashkilotlar, firmalar, banklar va investitsion kompaniyalar bo’lishi mumkin. Yirik korxonalar innovatsiyalrni o’zlashtirishda kichiklariga qaraganda quyidagi bir qancha afzalliklarga ega bo’ladilar: ♦ Juda katta moliyaviy mablag’larni jalb qila olish, chunki katta innovatsiyalr juda katta mablag’lar va zahiralar talab qiladi;
23
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
♦♦♦ Ko’zda tutilmagan moliyaviy, tashkiliy va boshqacha qiyinchiliklar tug’ilganda, ularni birgalikda hal qilish imkoniyati; ♦♦♦ Ko’p maqsadlarni ko’zlagan holda innovatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati;
♦ Turli xil yo’nalishlarga oid olimlar, injener-texnik xodimlar va
ixtirochilarni jalb qila olish imkoniyati;
♦♦♦ Halqaro loyihalarda qatnasha olish va natijalarni ham halqaro bozorga olib chiqa olish;
♦ Bir qancha innovatsion g’oyalarni bir vaqtda amalga oshira olish
imkoniyati.
Bularning barchasi birgalikda innovatsion faoliyatning samaradorlgini bir necha marta oshiradi (sinergetik effect). Amaliyotdan ma’lum bo’lishicha, katta va kichik korxonalarning innovatsion faoliyati o’zaro bog’liqdir. Masalan, katta korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan yangi mahsulotlarni bozorlarga yetkazib berish, ularni homashyo va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, ularga hizmat ko’rsatish, ularni ta’mirlash va shunga o’xshash boshqa ishlarni bajarish uchun kichik korxonalar katta firmalar bilan hamkorlikda ishlaydi va natijada ularning o’zaro aloqasi kengayadi va mustahkamlanadi. Bu esa o’z navbatida innovatsion tadbirkorlik uchun yanada yangi imkoniyatlar yaratadi. Innovatsion jarayonning kuchayishi uchun hizmat qiladigan kichik tashkiliy tuzilmalar ichida eng muhimlari venchur, injiniring va yangiliklarni amaliyotga tadbiq qiladigan firmalar hisoblanadi. Injiniring firmalari - bir tomondan ilmiy izlanishlarni loyihalar bilan, ikkinchi tomondan, yangiliklarni ishlab chiqarish bilan o’ziga xos ravishda bog’lab turadigan tashkilotlardir. Injiniring faoliyati bilan
24 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
mashg’ul firmalar turli xil ishlab chiqarish korxonalarini yaratish, loyihalashtirish, hizmat ko’rsatish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimal ravishda tashkil qilish bilan shug’ullanadilar.
Innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlaydigan tuzilmalar ichida texnoparklar ham alohida ahamiyatga ega bo’lib, ular asosiy va aylanma fondlarni, investitsiyalarni va intellektual zahiralarni innovatsion hizmatlarga aylantiradilar. Katta texnoparklar texnopolislar deb atalsa, juda ham kattalari qandaydir innovatsion yo’nalishga ega bo’lgan va katta xududlarni egallagan ilmiy-texnikaviy xududlar (regionlar) deb nomlanadi. Texnopark tuzilmalarni murakkabligi oshib borishi ketma-ketligida joylashtirsak, quyidagini olamiz: inkubatorlar, texnologik parklar, texnopolislar, fan va texnologiya xududlari (regionlari).
Do'stlaringiz bilan baham: |