O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari


Qishloq xo ’jaligi korxonalarida innovatsion texnologiyalar



Download 31,95 Mb.
bet40/65
Sana21.06.2022
Hajmi31,95 Mb.
#689865
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65
Bog'liq
O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolar

9. Qishloq xo ’jaligi korxonalarida innovatsion texnologiyalar
Rivоjlаngаn аgrar sоhаgа egа bo’lgаn mamlakatlаrning tаjribаsi shuni ko’rsаtаdiкi, ulаrning bаrchаsi qishlоq хo’jаligi bilan bog’liq korxonalarni rivоjlаntirib, intеnsiv vа innоvаtsiоn yo’lgа o’tishlаridа o’zigа хоs «innоvаtsiоn tехnоlоgik inqilob» ni аmаlgа оshirgаnlаr. O’zbekiston qishlоq хo’jаli bilan bog’liq korxona va tashkilotlarning eng asosiy muа mm оsi - rivоjlаngаn mamlakatlаrgа nisbаtаn umumiy tехnik vа tехnоlоgik qоlоqlik bo’lib, unda agroinnovatsion yangiliklardan foydalanmaslik bilan хаrаkterlаnаdi. Кo’pchilik хоllаrdа mamlakatimizdаgi qishlоq хo’jаlik ishlаb chiqаrishining tехnоlоgik holati оldingi аsrning 70-yillаri dаrаjаsigа to’g’ri kеlаdi vа bu аjаblаnаrli emаs. Qishloq xo’jalik ishlаb chiqаrish kоmplеksining innоvаtsiоn rivоjlаnishi uning tехnik vа tехnоlоgik jihаtdаn judа past dаrаjаdа tа’minlаngаnligi, yirik vа zаmоnаviy tехnоlоgik ishlаb chiqarishni tаshkil qilishgа qurbi yеtmаydigаn judа ko’p fermer xo’jaliklarining mаvjudligi, qishlоq хo’jаligi sоhаsidаgi zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan mаlаkаli kаdrlаrning yеtishmasligi, qishlоq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish bo’yichа informatsion materiallar, kitob-qo’llаnmаlаr vа ma’lumotlаrning аnchа kаmchilligi tufаyli judа sustlаshib qоlgаn. Аgаrdа dunyo miqyosidа qishlоq хo’jаligini
125 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
rivojlantirish bo’yicha nom chiqargan mamlakatlarda qishloq xo’jaligini yuritish bevosira informatsion texnologiyalar, genetika, innovatsion intensiv usullar bilan bog’liq bo’lsada, mamlakatimizda bunday ishlar juda kam daraja va miqyosda olib boriladi. O’zbekistondagi qishloq xo’jalik va chorvachilik bo’yicha mutaxassislarga o’tmishdan ko’p mehnat va sarf-xarajat talab qiladigan extensiv texnologiyalar qolgan xolos. O’tmishda va qisman xozir ham qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishda yuqori texnologik ko’rsatgichlarga erishish emas, balki minimal ish haqqi bergan holda aholining bandligini ta'minlash asosiy maqsad bo’lgan va bo’lib qolmoqda. Ammo mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga jadal kirib kelayotgan va rivojlanayotgan bir davrda qishloq xo’jalik korxonalari samaradorligini oshirish asosiy maqsadlardan biri bo’lib qolayapti. Demak, respublika qishloq xo’jaligida innovatsion-texnologik va madaniy inqilobni amalga oshirish zamonamizning eng dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolayapti. Shuning uchun ham qishloq xo’jalik va boshqaruv bo’g’ini hodimlarini qishloq xo’jaligidagi innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirish, qishloq xo’jaligida informatsion texnologiyalarni keng miqyosda qo’llashga erishish, yangi turdagi ko’p hosil beradigan va kasalliklarga chidamli o’simlik va sabzavotlar navlarini chet mamlakatlardan olib kelib, hayotga tadbiq qilish, chet mamlakatlarning qishloq xo’jalik mahsulotlari borasidagi barcha ijobiy tajribalarini o’rganib, ularni mamlakatimiz qishloq xo’jaligining barcha jabhalariga tadbiq qilish va xo’jaliklarga nushalash, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, parvarish qilish, yig’ish-terish, saqlash, aholiga yetkazish va qayta ishlashning progressiv usullarini barcha xo’jaliklarda qo’llash,
126 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
tejamkorlik bilan ish yuritish usullarini tadbiq qilish hamda fermer xo’jaliklari uyushmalarida innovatsion boshqarmalar tashkil qilib, uning zimmasiga bu bilan bog’liq barcha ishlarni amalga oshirish jarayonini koordinatsiya qilishni topshirish hayotiy muhim strategik masalalardan bo’lib qolayapti. Ammo xozirda bu muammolarni hal qilish bilan juda ham kamchilik qishloq xo’jalik mutaxassislari va fermer xo’jaliklari shug’ullanayaptilar. Shuning uchun ham ko’pchilik oziq-ovqat mahsulotlarini horijiy davlatlardan import qilish va buning uchun katta miqdordagi davlatga va xususiy sektorga tegishli bo’lgan valyuta zahiralari sarf qilishga to’g’ri kelayapti. Yuqoridagi masalalarni hal qilish uchun eng birinchi navbarda qishloq xo’jalik mutaxassislari uchun konsalting hizmatlari ko’rsatadigan tashkilotlar tuzilib (davlatga tegishli yoki xususiy ko’rinishdagi), ular barcha qishloq xo’jalik korxonalari hodimlarini va fermerlarni ular uchun kerakli bo’lgan yangi innovatsion texnologiyalar, texnika, usullar haqida tezkor ma’lumotlar berishlari hamda bu boradagi metodik materiallar va qishloq xo’jalik mahsulotlaridan yuqori hosil olish usullariga bag’ishlangan adabiyotlar bilan doimiy ravishda tanishtirib turishlari hamda natijalarni minitoring qilib turishlari lozim. Bunday tashkilot va firmalarning qishloq xo’jaligi hodimlari va fermerlarni kerakli ma’lumotlar bilan doimiy ravishda tezkor ta'minlashi davlat tomonidan rag’batlantirilishi va boshqarilib turilishi zarur. Davriy ravishda yoki so’rov bo’yicha qishloq xo’jalik tashkilotlari va fermer xo’jaliklariga kelib turadigan konsalting kompaniyasi hodimlari ularni yangi navlar bilan, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish usullari bilan, tomchilab sug'orish usullari bilan, veterinar preparatlar bilan, ishlab chiqarishni tashkil qilish
127 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
usullari (shu jumladan, informatsion texnologiya vosimalari yordamida) bilan, mahsulotlarni saqlash, yetkazish va sotishning zamonaviy usullari bilan hamda jahondagi va respublikada ishlatilayotgan yangi texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirib turishlari kerak bo’ladi. Konsalting kompaniyasi o’zida mavjud bo’lgan barcha ma’lumotlarni (texnologiyalar, uslubiy materiallar, spravochniklar, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish haqidagi adabiyotlar va boshqalarni) barcha tanisha va ishlata olishi uchun Internet portalida joylashtirishlari ham juda muhim tadbir hisoblanadi. Xuddi shu ishlar amalga oshirilgan taqdirdagina respublikamizdagi qishloq xo’jalik korxonalari va fermer xo’jaliklari aholini sifarli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlab, mamlakatimizning oziq-ovqat havfsizligini ta'minlab bera olar edi. Shu bilan birgalikda, muammolarning dolzarbligini ta’kidlash maqsadida yaqin yillar ichida mamlakatimiz qishloq xo’jaligi quyidagi asosiy muammolarga ro’baru bo’lishi mumkinligini ham ko’rsatib o’tamiz:

  • Qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish uchun yangi yer maydonlarining qolmasligi;

  • Yer maydonlarining sho’rlashish darajasining oshishi va bir qator yerlarning qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish uchun yaroqsiz bo’lib qolishi;

  • Turli xil sun’iy sintetik preparatlar va kimyoviy materiallarning keng miqyosda ishlatilishi tufayli tuproq tuzilishining o’zgarishi yoki uning degradatsiyaga uchrashi;

  • Bir qancha xududlarda sug’orish uchun suvning yetishmasligi holati vujudga kelishi;

128 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

  • Ekologik o’zgarishlar tufayli qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladigan an’anaviy yer maydonlaridagi ob-havo sharoitlarining, haroratning va yog’adigan yomg’ir miqdorining o’zgarishi;

  • Mineral va organiK o’g’itlar miqdori ko’paytirilishi bilan hosildorlikning o’sish sur’ati kamayib borishi;

  • Qishloq xo’jaligining intensiv yo’lga o’tishi tufayli, tabiiy rivojlanishning yoqilg’i va mahsulot yetishtirishning energiya bilan ta'minlanish darajasiga bog’liq bo’lib qolishining kuchayishi;

  • Qishloq joylardagi aholi sonining tezlik bilan ko’payib ketishi tufayli yuzaga keladigan turli-tuman muammolar.

O’tmishda oziq-ovqat kamchilligi bilan kurashishning asosiy usullari yangi yerlarni o’zlashtirish (masalan, cho l zonalarini) va yangi oziq-ovqat mahsulotlaridan (masalan, baliq yetishtirish) foydalanish edi. Lekin bizda yangi yerlarni o’zlashtirish Orol dengizi muammolarini yanada murakkablashtiradi, ammo baliq singari al’ternativ ozuqa mahsulotlarini yetishtirishni rivojlantirish esa muammoni batamom hal qilib bermaydi. Shuning uchun ham respublikamiz sharoitlarida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish zamona talablaridan biri bo’lib qoldi. Keyingi yillarda bir qancha mamlakatlarda kuzatilgan donli mahsulotlar hosildorligining salkam ikki barobar ko’payishi intensiv texnologiyalar vositasida amalga oshirilganligi buning yaqqol isbotidir.
Aholi ko’payishi munosabati bilan 21 asrda global miqyosda xozirgi mavjud yer maydonlarida xozirgisidan ancha ko’proq oziq-ovqat
129 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
mahsulotlari yetishtirish kepak bo’ladi. Masalan, 2050 yilga kelib, dunyo aholisiga xozirgidan 70-90% ko’p oziq-ovqat mahsulotlari kerak bo’ladi. Demak, bu jarayon mamlakatimizga ham ta'alluqli va biz ham ushbu muammolarni ayni xozirgi paytda hal qilishimiz zarur. Quyida soni ko’payib borayotgan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashni yaxshilashning bir qancha mumkin bo’lgan yechimlari majmui keltirilgan (ushbu yechimlar O’zbekiston sharoitlarida ham ishlatilishi mumkin, albatta):

Download 31,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish