Xususan, qarorda:
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy ravishda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilishi shartligi;
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi lavozimi bo‘yicha “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki kengashining tarkibiga kiritilishi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari raislari tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va tuman hokimlarining fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanishi hamda maqomi bo‘yicha ularning o‘rinbosarlariga tenglashtirilishi belgilab qo‘yildi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini tashkiliy va amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘z ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yishida ko‘maklashish maqsadida tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzurida fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga kompleks xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etildi.
Qaror bilan Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning ekin maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi. Chora-tadbirlar dasturida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning moliyaviy barqarorligini, yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha 34 ta muhim huquqiy, tashkiliy va boshqa tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.
Qarorda qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish, fermer, dehqonlarning hamda tomorqa yer egalarining shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha yangicha tartib joriy etildi. Unga ko‘ra: - Qarorda qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish, fermer, dehqonlarning hamda tomorqa yer egalarining shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha yangicha tartib joriy etildi. Unga ko‘ra:
- barcha fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarida ularning takliflarini inobatga olgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha prognoz hajmlar belgilanadi;
- har yili 1-fevralgacha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari bilan birgalikda uyma-uy yurib, hududdagi dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarini xatlovdan o‘tkazadi, ularda yil davomida ekiladigan ekin turlari va yetishtiriladigan mahsulot hajmlarini oila ehtiyoji va sotish uchun mo‘ljallangan qismlarga ajratgan holda aniqlaydi, mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilishi, ekinlarning to‘liq va sifatli ekilishi, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil etadi.
dehqon xo‘jaligi yuritish uchun uy-joy qurish huquqisiz berilgan yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekmagan yer egalarining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ekin yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha vazifalarini aniq belgilash hamda ularning javobgarligini kuchaytirish maqsadida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklariga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda bir qator tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklatildi.
Shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi faoliyatini moliyaviy jihatdan ta’minlash, unga har tomonlama yordam berish maqsadida Moliya vazirligi 2017-yilning 1-noyabridan boshlab fermer xo‘jaliklari tomonidan Kengashga a’zolik badali to‘lash uchun har yili paxta xom ashyosi xarid narxini o‘rnatishda 0,8 foiz miqdordagi mablag‘larni nazarda tutishi belgilab qo‘yildi.
Mazkur qarorning qabul qilinishi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda ekin maydonlaridan oqilona foydalanilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |