O`zbekistonda ekologik muammolar va ularning hal etilishi



Download 198 Kb.
bet1/9
Sana03.06.2022
Hajmi198 Kb.
#633069
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O`zbekistonda ekol


O`zbekistonda ekologik muammolar va ularning hal etilishi.

Reja:
Kirish.


I Bob. O`zbekistonda ekologik vaziyatning yomonlashuvi va uning sabablari.
I. 1 O`zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarni vujudga kelishi


I. 2 O`zbekistonda ekologik havfning vujudga kelishida suv zahiralarining ta`siri.
I. 3 O`zbekistonda havo qatlamining buzilishi va uning oqibatlari.
II Bob O`zbekistonda ekologik muammolarni bartaraf etish chora tadbirlari va ularning ahamiyati.
II. 1 O`zbekistonda yer-suv manbalaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish chora tadbirlari.
II. 2 Tabiatni muhofaza qilishda atmosfera havosini tozalanishi va ekologik muammolarni bartaraf etilishi.
Xulosa.
Kirish.
Tadqiqotning dolzarbligi: Mustaql Respublikamiz oldida “tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan oqilona foydalanish” kabi buyuk va oliyjanob vazifalar turibdi. Ayniqsa, bizning nazarimizda, bozor iqtisodi sharoitida ishlab chiqarishni to`g`ri yo`lga qo`yish va insonparvarlik nuqtai nazaridan kelib chiqib, tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni uyg`un holda tashkil etish o`ta muhim hisoblanadi. To`g`ri, bizda hali bu yo`nalishda tegishli tadbirlar tizimi ishlab chiqilgani yo`q va bunga zaruriy vositalar ham yetarli emas. Uning yaqqol natijalari to`g`risida esa, hali gap ham bo`lishi mumkin emas.
Bugunga kelib tabiat, atrof – muhit muhofazasi, xalqaro miqyosidagi mo`tabar tashkilotlarning ma`lumotiga qaraganda, bamisoli tinchlik, osoyishtalikni saqlashday dolzarb muammo qatorida yana bir muammoga aylanmoqda.
O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida mintaqaviy mojorolar, diniy ekstremizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, urug` – aymoqchilik munosabatlari bilan bir qatorda ekologik xavfsizlik va atrof – muhitni muhofaza qilish muammolari alohida e`tiborga molikligi hamda milliy havfsizlikka tahdid soluvchi omillardan biri ekanligi ta`kidlab o`tilgan.1
Hozirgi kunda ijtomoiy muammolarni hal etishning ekologik yo`nalishi atrof – muhitga, ona zaminga oqilona munosabatda bo`lish, tabiatni muhofaza qilish borasidagi barcha tadbirlarni doimiy amalga oshirish va ushbu maqsadda aholi va ayniqsa, uning tarkibiy qismi bo`lgan yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologiya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, oddiy xalqimiz orasida ekologiya muammolarini yoritishda mukammal ekologik ta`limni va shu bilan bir qatorda chora – tadbirlarni belgilash lozim.
Ekologik ta`limning eng birinchi dolzarb masalasi – insonning ona tabiat oldidagi o`z burchini anglab yetishidan iborat. Atrof – muhitni muhofaza qilish muammosi, insonning salbiy shakllangan bir qancha stereotiplari bilan bog`liq. Yangi qurilayotgan korxona loyihasida atrof – muhitga yetkazilayotgan zarar e`tiborga olinmas ekan, yaqin kelajakda korxona tabiatga salbiy ta`sir ko`rsata boshlashi mumkin, vaholanki, ushbu korxona rahbariyati bundan habardor bo`lmasligi yoki bo`lsa ham, jiddiy e`tibor qaratmasligi odatiy holga aylangan.
Ko`p hollarda qaror qabul qilinayotganda uning natijasi haqida batafsil o`ylamaymiz. Afsuski, chetdan biror kimsa mazkur qaror salbiy natijalarga olib kelishi mumkinligini aytsa, uni o`zgartirish haqida so`z ham bormaydi. Aksincha yetkazilgan zarar uchun jarima to`lanib, shu bilan kifoyalanadi.
XX asrning ikkinchi yarmida tabiat va jamiyatning o`zaro ta`siri juda keng ko`lamda sodir bo`lishi tufayli umumzaminiy muammolar qatoriga mansub bo`lgan ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Yuqorida ta`kidlanganidek, inson faoliyatining tabiatga ta`siri tarixiy davrlar davomida muntazam va uzluksiz ravishda orta bordi. Ammo insoniyat tarixida tabiatga ta`sirning misli ko`rilmagan darajada keskin kuchayishi fan – texnika taraqqiyoti bilan bog`liq. Fan – texnika taraqqiyoti insonning ta`biatga ta`sir ko`rsatuvchi qudratini oshishiga va buning natijasida uning ishlab chiqarish va ilmiy - texnik faoliyatini geologik miqyoslarda bo`lishini ta`minlaydi. Shu sababli ekologik muammolar inson hayoti tarzining fan – texnika taraqqiyoti bilan bog`liq bo`lgan omillar – industrializatsiya va urbonizatsiya, energetika xom ashyo va resurslarning kamayishi, tabiiy dinamik muvozanatning buzilishi natijasida atrof – muhit tabiiy sifatining yomonlashuvi bilan bog`liq bo`lgan muammolardir. Fan – texnika taraqqiyoti sharoitida jamiyat rivojlanishining shart – sharoitlari bo`lgan tabiiy resurslardan foydalanishning jadallashuvi va tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslarni qayta tiklash orasidagi ziddiyatlar ekologik muammolarning negizini tashkil etadi. Ekologik muammolar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylandi.
Xullas, O`zbekistonda ekologik muammolar va ularni keltirib chiqarish sabablari puxta o`ylanib, ekologik muammoni bosh omili va uning bartaraf etish chora – tadbirlari “Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi” tomonidan o`rganib chiqildi. Mamlakatimiz aholisini birinchi navbatda toza ichimlik suvi bilan ta`minlashga hamda atmosfera havosini tozalashga jiddiy e`tibor qaratish kerakligi kun tartibiga eng muhim masala qilib kiritildi. Natijada ekologik muammolarni ko`lami vfa murakkabligi hozirgi vaqtga kelib dolzarb hisoblanib 9 ta xalqaro konfrensiyalarga a`zo bo`ldi. Ushbu halqaro tashkilotlar hamkorligi asosida respublikamizda qator loyihalar amalga oshirildi. Tabiatni muhofaza qilish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan tashviqot – targ`ibot ishlari maqsadga muofiqdir.
Tabiatga inson faoliyatining ta`siri hozirgi miqyoslarda davom etaversa, sayyoramizda tirik mavjudodlarning inson hayoti uchun fojeali bo`lishi mumkin bo`lgan ekologik hatti – harakatlarni keltirib chiqarishi tabiiydir. Shu sababli ekologik muammolarni hal etish. Prezidentimiz I. Karimov ta`kidlaganidek “Barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo`lib sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko`p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog`liqdir.”1
Tadqiqotning davriy doirasi: 1991-2005 yillarni qamrab oladi. Tarixiy jihatdan juda qisqa bo`lgan ana shu davrda ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy sohalarda ulkan o`zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimiz ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish sharoitida tabiat muhofazasi va undan oqilona foydalanish masalasi butun xalq xo`jaligi bilan uzviy birlikda qaraydi.
Tadqiq etilayotgan davrda O`zbekistonda ekologik muammolar va ularni hal etish jarayonlari qisqacha tahlil etildi.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Tanlangan mavzunig tarixshunosligi tahlili shuni ko`rsatadiki mustaqil O`zbekistonning atrof – muhit muhofazasi ekologik muammolarni hal etish jarayonlari O`zbekistonning turli yo`nalishdagi mutaxassis olimlarini diqqatini ko`proq jalb etgan masalalardan hisoblanadi. Mavzuga oid chop etilgan ilmiy tadqiqoq ishlari, minografiyalar, risola va matbuotda e`lon qilingan adabiyotlarni aytib o`tish mumkin.
“Geologik muammolar” kitobi, “Ijtimoiy ekologiyaga kirish” risolasi, “Inson va tabiat” monografiyalari ekologik muammolar to`g`risida fikr bildiradi.1
Tadqiqotning maqsad va vazifasi: Tadqiqot mavzusi va qo`yilgan masalaning dolzarbligining kelib chiqib, ishning umumiy maqsadi O`zbekistonda ekologik muammolar va ularning hal etilishini o`rganib tahlil etishdan iborat.

  • Mustaqil O`zbekistonning ekologik muammolarini keltirib chiqarish sabablarini o`rganish;

  • O`zbekistonnning ekologik muammolarni hal etish jarayonini ko`ratib berish;

  • O`zbekistonda ekologik muammoni muhim xususiyatlarini ochib berish;

  • O`zbekistonda atrof – muhitni muhofaza qilish yo`nalishlarini bosqichma-bosqich kuzatish.

Tadqiqotning nazariy – metodologik asosi: umumjahon bilim nazariyasi va milliy istiqlol g`oyasining asosiy tamoyillari tashkil etadi. Ishni bayon etishda O`zbekiston tarixini yangi tamoyillariga tayangan holda tarixiylik, ilmiylik, xolislik, uzviylik kabi metodologik tamoyillariga tayanildi.
Tadqiqotning muhim nazariy asosini O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, Hukumatning turli mazmundagi hujjatlari hamda Prezident I. A. Karimovning asarlari va turli sohadagi yo`l – yo`riqlarini, ko`rsatmalari tashkil etadi.
Tadqiqotning ma`naviy bazasi: Mustaqillik davrida yaratilgan asarlar, matbuot materiallarida chop etilgan risolalardan foydalanildi. Ushbu asarlar manba bo`lib hizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishi: kirish, II ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.

I Bob. O`zbekistonda ekologik vaziyatning yomonlashuvi va uning sabablari.





Download 198 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish