O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi ma’ruza rejasi



Download 84,07 Kb.
bet1/6
Sana25.02.2022
Hajmi84,07 Kb.
#463995
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'ZBEKISTONDA YANGI DEMOKRATIYA


O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI

Ma’ruza rejasi:

1.1. «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fanining predmeti, ob’ekti, uslubi hamda uning manbalari.

1.2. Ushbu fanning asosiy tushunchalari, qonuniyatlari va uning boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida tutgan o‘rni.

1.3. Mazkur fanni o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati.


1.1. «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fanining predmeti, ob’ekti, uslubi hamda uning manbalari.


Fanni o‘rganishning zarurligi, maqsadi va vazifasi. Aytish mumkinki, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o‘rganish, mamlakat hayotida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq qonuniyatlarni bilish va o‘rganishda, demokratik taraqqiyot yo‘lida «O‘zbek modeli»ni tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega. Bu demokratiyaning milliy va umumbashariy tamoyillarini aniq tasavvur etish, ijtimoiy hayotni u bilan bog‘lab olib borishga o‘rgatadi. Mamlakatimizda demokratiyaning qaror topib borishi, O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida o‘zining nufuzli o‘ringa ega bo‘lishiga, yoshlarda demokratik ong va tafakkurni shakllantirish, milliy-ma’naviy merosni qadrlash, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga ko‘maklashadi. Mamlakatda erkin, demokratik, fuqarolik jamiyati asoslari va uning nazariyasi hamda amaliyoti bilan chuqurroq tanishtiradi. Shu maqsadni amalga oshirishda xizmat qiladi.

O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o‘rganishning o‘ziga xos zarurat va sabablari mavjud.



Birinchidanbugun dunyoda demokratiya, demokratik jamiyat to‘g‘risida muayyan mo‘’tadillashgan ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqilgan. Ularda demokratik jamiyatning qiyofasi, asoslari, yashash va rivojlanishining umume’tirof etilgan qonuniyatlari hamda uning har bir davlat, xalqning milliy-ma’naviy xususiyatlari bilan bog‘liq jihatlari tobora keng miqyosda o‘z ifodasini topmoqda.

Bugungi kunga kelib dunyoning 160 dan ortiq davlatlarida demokratik tuzumlar umumbashariy va milliy qadriyat sifatida barpo qilinganligi e’tirof etilmoqda. Aynan hozirgi davrga kelib, demokratiya insoniyat hayot tarzining eng maqbul rivojlanish yo‘li ekanini deyarli barcha e’tirof etayotganligi va uning jahoniy ko‘lam kasb qilayotganligi demokratiyani fan sifatida o‘rganishni taqozo etayotgan sabablardan biridir.




Download 84,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish