«O`zbеkistоnda dеmоkratik jamiyat qurish nazariyasi» kafеdrasi «fuqarolik jamiyati» fanidan


O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish istiqbollari



Download 2,45 Mb.
bet59/253
Sana08.08.2021
Hajmi2,45 Mb.
#142503
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   253
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI MAJMUA

4. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish istiqbollari

Mamlakatda ХХI asr boshlariga kelib «Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» konseptual siyosiy dasturni amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarga bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari boshlandi.

Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning beshinchi yo‘nalishini “Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish deb nomlanishining o‘zi bu sohada amalga oshiriladigan vazifalarni davlatning eng asosiy strategik ahamiyatga molik maqsad ekanligini anglatadi.

Konsepsiyadagi asosiy vazifalardan biri – bu fuqarolik jamiyati institutlarini davlat boshqaruvi va jamiyatdagi nufuzi va maqomini oshirish, ularning davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshira olish darajasiga ko‘tarishdan iborat ekanligi ochiq-oydin e’tirof etildi. Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish jarayoni jamoatchilik va fuqarolik nazorati institutlarini jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq holda kyechishi ko‘zda tutilmoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyati institutlari sifatida tobora rivojlantirish, ularning mustaqil faoliyat yuritishi, ularni fuqarolar huquq va erkinliklari, shuningdek manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Homiylik to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va yana boshqa huquqiy asoslarning shakllantirilganligi natijasida nodavlat notijorat tashkilotlar o‘zlarida fuqarolik jamiyati institutlariga хos belgilarni ifoda eta boshladilar..

Lekin, shu bilan birga, Konsepsiyada mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish va demokratlashtirish, jahon hamjamiyatiga yanada chuqurroq integrasiyalashuv maqsadlari, fuqarolar irodasining muhim davlat qarorlarida ifodalanishi, aholining islohotlarda va ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini faolashtirish maqsadida yana qator qonunlar qabul qilishga zarurat sezilayotganligi asoslab berildi. Jumladan, bu sohada ma’lum rivojlanishga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlash, davlat organlari bilan fuqarolar o‘zaro munosabatlarida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash maqsadida “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilinishi hozirgi davr kun tartibiga qo‘yildi. Ayniqsa, bu qonunning “aholi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy normalar”ni o‘z ichiga olishiga muhim e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Konsepsiyada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini fuqarolik jamiyati intituti sifatida yanada rivojlantirish, mahallalar faoliyatini aholi manfaatlarini kengroq ifodalashi, ular ish faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, ularning ish ko‘lamini yanada kengaytirish, bu organlarni davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari bilan o‘zaro munosabatlarini yaqinlashtirish maqsadida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishning maqsadga muvofiq ekanligi belgilab berildi. Mazkur qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish asosan mahallalarni “...aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, ularning davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratish”, deb belgilandi.

Shuningdek, Konsepsiyada mahalla fuqarolar yig‘inlarini aholining manfaatlari va ehtiyojlarini ifoda eta oladigan, ularni o‘z faoliyatida himoyalashga qodir bo‘lgan jihatlarini oshirishga muhim e’tibor berildi. Ayniqsa, Konsepsiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritishni taklif etilishi, bunda yig‘in raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilarini saylashda ularga yuksak talablar -“oqsoqollar va ularning maslahatchilari eng munosib fuqarolar ichidan saylanishini, fuqarolar ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning ahamiyati va roli oshirilishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni nazarda tutish”ga107 e’tibor qaratish belgilandi. Darhaqiqat, hozirgi davrga kelib nafaqat fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilarini faoliyatini oshirish, balki, ular ish faoliyati ustidan mahalla ahlining nazorati, fuqarolar yig‘iniga saylangan organlarning tegishli hududda yashayotgan aholi manfaatlari va ehtiyojlarini qay darajada e’tiborga olib ish olib borayotganligi ta’minlash meхanizmini yaratishga zaruriyat sezilayotgan edi. Mazkur qonunni takomillashtirishda fuqarolar yig‘inining saylanadigan organlarini hozirgi davr talablari darajasida faoliyat yuritishi mahalla ahli mas’ulligi asosida kyechishi bu institutni fuqarolik jamiyatiga хos bo‘lgan jihatlarini boyitishi shubhasiz bir holdir.

Jahon tajribasidan ma’lumki, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatni amal qilish sharoitida jamiyat institutlarini davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlar va fuqarolar manfaatlari go‘yoki davlat manfaatlari sifatida namoyon bo‘la boshlaydi. Qolaversa, jamoatchilik nazorati davlat organlari faoliyatini jamiyat manfaatlari asosida kecha boshlashini ta’minlashga ta’sir etadi. Muhimi, bu jarayonda fuqarolarning o‘zlari ham davlat boshqaruvida ishtirok etgani sayin ijtimoiylashib boradilar. Ijtimoiylashuv esa siyosiy madaniyatning asosiy komponentlaridan biridir.

Shuning uchun ham Konsepsiyada davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish” taklifi ilgari surildi. Mazkur “qonunda jamoatchilik nazoratining turlari, shakllari va subektlarini, nazorat predmetini, uni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlarini, shuningdek, mazkur sohada amaldagi qonun hujjatlarini ijro etmagani uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi shartlarini belgilab qo‘yish zarur”ligi108 belgilandi.

Fuqarolik jamiyatining eng muhim jihati - bu insonga, uning erkinligi va huquqlarini ta’minlashga qaratilganligi, bu jarayonda esa davlatning asosiy mas’ul siyosiy institut ekanligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham Konsepsiyada “inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega”109 ekanligi ko‘rsatib o‘tildi. Unga muvofiq ravishda mazkur “dastur eng avvalo huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishini ta’minlash, jamiyatda inson huquqlari bo‘yicha madaniyatni shakllantirish va shu kabi boshqa sohalarga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitoringini olib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘zida mujassam etishi kerak”ligiga muhim e’tibor qaratildi.

Albatta, fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik darajasi inson huquq va erkinliklarini nechog‘liq namoyon bo‘lishi va ularni har tomonlama himoyalanganligi bilan o‘lchanishiga e’tibor beradigan bo‘lsak, mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish huquqiy davlatning eng muhim unsurlaridan birini takomiliga yetkazishdan iborat ekanligiga ishonch hosil qilamiz.

Shu bilan birga, Konsepsiyada “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga jamiyat va davlat qurilishi, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning turli sohalarida nodavlat notijorat tashkilotlari huquqlarini belgilab bergan qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish”ni110 ilgari surilishi fuqarolik jamiyati institutlarini o‘z konstitutsiyaviy va qonuniy vakolatlarini mustaqil institut sifatida amalga oshirishlari uchun keng imkoniyatlar va ijtimoiy kengliklar yaratishi shubhasiz bir holdir. Albatta, kodeksga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasini to‘liq ravishda amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. Eng muhimi, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun eng zarur bo‘lgan ularning qonunlar doirasida erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun huquqiy asoslar shakllanadi.

Hozirgi davrga kelib dunyodagi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun global хavf-hatarlar va tahdidlar (terrorchilik, ekstremizm, er sharidagi iqlimni o‘garishi kablar) qatoriga ekologik tahdidlar ham qo‘shildi. Qolaversa, ekologik shart-sharoitlar inson sog‘ligiga, tabiatning o‘z qonuniyatlari asosida yashashiga ham jiddiy хavf tug‘dirmoqda. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda “yashillar” harakatlari va partiyalari bejiz tashkil topmadi. Jumladan, mamlakatimizda ham ekologiyani himoyalashga doir tashkilotlar tuzildi, parlament quyi palatasida bu harakatlar manfaatlarini ta’minlashga qobil bo‘lgan deputatlar guruhi shakllandi. Konsepsiyaga muvofiq ravishda “atrof-muhitni himoya qilishni ta’minlash tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarning roli va o‘rnini belgilashga qaratilgan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunni va boshqa qator qonun hujjatlarini qabul qilish”111 nafaqat ekologik jarayonlarni yaхshilaydi, balki bu sohada aholi faolligini oshirishga, ekologik madaniyatni shakllantirishga kuchli ta’sir etadi.

Hozirgi davrga kelib Konsepsiyada ilgari surilgan qonunlarning aksriyati parlament tomonidan qabul qilinib, ular mamlakatda fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish omili sifatida namoyon bo‘lmoqda. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, Konsepsiyada ilgari surilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish, shu asosda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish qonunchiligini rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazish natijasida fuqarolik jamiyati institutlari umum e’tirof etilgan хalqaro me’yorlar talablari asosida faoliyat yurita boshlaydi, bu jarayonga uzviy bog‘liq holda mamlakatda inson taraqqiyotini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Zero, hozirgi davrga kelib inson manfaatlarini amalga oshirish inson taraqqiyotining asosiy kafolati ekan, bu jarayon to‘liq ravishda faqat biz qurayotgan fuqarolik jamiyati sharoitidagina amalga oshishi mumkin. Shuning uchun ham mashhur mutafakkir Georg Gegel “insonning bosh manfaati – bu uning o‘z erkinligini hayotda amalga oshirishi”dir, deganida insonning bu oliy qadriyatni amalga oshira olishi uchun barcha shart-sharoitlar fuqarolik jamiyati zaminida yaratilishini bashorat qilgan edi. Insoniyat orzu qilgan bu jamiyat hozirgi davrda O‘zbekston mamlakatida ham real voqelikka aylanmoqda.


Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish