«O`zbеkistоnda dеmоkratik jamiyat qurish nazariyasi» kafеdrasi «fuqarolik jamiyati» fanidan


O‘zbekistonda o‘lim jazosini bekor qilish bosqichlari



Download 2,45 Mb.
bet32/253
Sana08.08.2021
Hajmi2,45 Mb.
#142503
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   253
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI MAJMUA

O‘zbekistonda o‘lim jazosini bekor qilish bosqichlari


Хulosa o‘rnida aytish mumkinki, inson hayoti dunyodagi eng oliy qadriyat hisoblanadi. Zero, hayot har bir insonga bir marotaba beriladi, shuning uchun ham undan mahrum etishga hech kim qodir emas, degan tushunchani barchaning ongiga singdirish lozim. Shu bois barcha islohotlar va qonunlar inson manfaatlariga хizmat qilishini nazarda tutsak, o‘lim jarayonining jazo tizimidan olib tashlanishi har tomonlama adolatlidir.

Binobarin, 2005 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi Farmon mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ustuvor qadriyat sifatida mustahkamlash yo‘lida qo‘yilgan navbatdagi хayrli qadam bo‘ldi.

2001 yil 29 avgustda qabul qilingan “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, Jinoyat protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun bilan jinoyatlarni tasniflash, yengillashtirish ma’nosida takomillashtirildi, yarashtiruv instituti joriy etildi. Jinoyat kodeksida o‘lim jazosini nazarda tutuvchi moddalar soni keskin kamaytirildi, mol-mulkni musodara qilish jinoiy jazo sifatida bekor qilindi va shu kabi inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qo‘llanildi.

O‘zbekiston inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha mustaqil siyosatini qat’iy davom ettirmoqda va bu siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda.


Misol uchun,o‘tgan davr mobaynida sud-huquq tizimini isloh qilish va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish borasida amalga oshirilgan islohotlar izchilligini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:

Birinchi bosqich, 1991-2000 yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda, yangi davlat va jamiyat barpo etishning oqilona strategiyasi ishlab chiqildi. Sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlashning huquqiy asoslari yaratilib, mamlakatimiz tarixida ilk bor Konstitutsiyaviy sud qaror topib, yangi mazmundagi umumiy yurisdiksiya sudlari, xo‘jalik sudlari joriy etildi. “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun, Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, odil sudlovga oid boshqa qonunchilik bazasi vujudga keldi.

Ikkinchi bosqich, 2001-2009 yillarni o‘z ichiga olib, ushbu bosqich faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri bo‘lib, bunda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, siyosiy hayot, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy sohalarni izchil isloh qilish ta’minlandi.

Uchinchi bosqich, 2010 yildan 2016 yilga qadar bo‘lgan davrni o‘zi ichiga olib, mazkur bosqichdagi sud-huquq islohotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 12 dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma yig‘ilishida so‘zlagan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” bilan bog‘liq.

Unda kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy davlat barpo etishda sud-huquq tizimini izchil isloh qilishning eng muhim jihatlari aks etdi.

To‘rtinchi bosqich, 2016 yil sentyabr oyidan keyingi davr bo‘lib, ushbu bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, 2017 yil 20 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bilan sifat jihatdan yangi davr boshlandi.

Mamlakatimizda mahbuslarni afv etish instituti joriy etildi. Keyingi uch yilda etti marta afv e’lon qilindi. Natijada qilmishidan chin dildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 4 mingga yaqin mahbus jazoni o‘tash joylaridan ozod etildi.

Kuni kecha afv etish haqidagi yana bir farmonga imzo chekdim. Unga ko‘ra jazo muddatini o‘tayotgan 65 nafar fuqaro afv etildi.

Tasavvur qiling, o‘z uyiga, yaqinlari bag‘riga qaytayotgan bu insonlarning, ularning ota-onasi, farzandlarining quvonchi, xursandchiligini “oynai jahon” orqali ko‘rgan odam, bu haqiqatan hamezgu va savobli ish ekaniga yana bir bor ishonch hosil qiladi.

Mustaqillik bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jasliq qo‘rg‘onidagi jazoni ijro etish koloniyasi yopilgani insonparvar siyosatning yana bir ifodasi bo‘ldi.

Bu tarixiy qadam mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish vaqtinchalik kampaniya emas, balki davlat siyosati darajasidagi uzluksiz jarayon ekanini ko‘rsatadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z fuqarolarining huquq va manfaatlarini, ular qaerda bo‘lishidan qat’i nazar, himoya qilishga qodir mamlakat sifatida o‘zini namoyon etmoqda. 

CHet ellarda ishlayotgan va ta’lim olayotgan vatandoshlarimiz bilan aloqalar mustahkamlanib, ularning huquq va manfaatlari ta’minlanmoqda. O‘zbekistonga qaytib, ish yoki o‘qish faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan fuqarolarimiz uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Bu yil 156 nafar vatandoshimiz – asosan ayollar va bolalar jangovar harakatlar davom etayotgan Suriyadan qaytarib olib kelindi va ularning fuqarolik huquqlari tiklandi.
Yurtboshimiz tomonidan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning e’lon qilinishi esa bu boradagi islohotlarning yangi bosqichni boshlab berdi.

Mazkur konsepsiyaning ikkinchiustuvor yo‘nalishi sud-huquq tizimini isloh etishga bag‘ishlangan bo‘lib, bu borada ham tizimda bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Odil sudlovning yangi tizimi shakllantirildi va sudlar iхtisoslashtirildi.

Shular qatorida Advokatura instituti ham isloh etildi. O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar Palatasi tashkil etildi. Advokatlarga qo‘yiladigan kvalifikatsion talablari va advokatlik faoliyatiga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan harakatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Mamlakatimizda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarning barchasi qonun ustuvorligi – fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy tamoyillaridan biri ekanligining yorqin dalilidir.




Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish