Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor meхanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir.
Bundesrat – nem. GFRda erlar palatasi. Germaniya Erlari hukumatlarining uchdan beshtagacha vakillaridan iborat. Bundestag – nem. GFR parlamenti. 1949 yilda tashkil etilgan. Aralash saylov tizimida 4 yillik muddatga saylanadi.
Bunyodkor g‘oya — jamiyatni taraqqiyot sari yetaklovchi, turli guruh va qatlamlarni, millatlarni ezgu maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilishga undovchi, amalga oshirishning real asoslari bo‘lgan g‘oya.
Do'stlaringiz bilan baham: |