O‘zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Download 326,31 Kb.
bet29/38
Sana30.12.2021
Hajmi326,31 Kb.
#194958
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
Bog'liq
8 sinf ona tili dars konspekt

Ona tili

MAVZU GAPNING TUZILISHIGA KO'RA TURLARI


MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish

B) tarbiyaviy maqsad –O’quvchilar qalbida hamkorlik,do’stliktuyg’ularini singdirish

C) rivojlantiruvchi maqsad – Gapning tuzilishiga ko'ra turlaridan nutqda o’rinli foydalanish

DARS TURI: umumlashtiruvchi

USLUB: an’anavuy

JIHOZ:darslik

DARSNING BORISHI:

I. Tashkiliy davr : A) salomlashish

. B) davomatni aniqlash

II. UY VAZIFASINI SO’RASH

A)Mashqlar orqali.

105-mashq. She'riy asarlardan undov gaplarga 4—5 ta misol topib yozing.
B) savollar orqali

1.His-hayajonning ishtirokiga ko'ra gaplar necha turli bo'ladi?

2.Undov gaplar qanday hosil qilinadi?

3.Undov gaplar oxiriga qanday tinish belgilari qo'yiladi



III.YANGI MAVZU BAYONI

Nutqimizdagi gaplar bir yoki ikki grammatik asosdan, ba'zan esa ikkitadan ortiq grammatik asosdan tuzilishi mumkin. Shu jihatdan gaplar ikkiga bo'linadi: 1) sodda gaplar; 2) qo'shma gaplar.

Grammatik asosi bitta bo'lib, ma'lum bir fikrni (ba'zan unga qo'shimcha ravishda his-hayajonni) ifodalovchi gaplar sodda gap deyiladi: Shahnoza o'qidi. Shahnoza kitobni o'qidi. Shahnoza shu kitobni o'qidi. Shahnoza shu kitobni hayajon bilan o'qidi kabi.

Ikki va undan ortiq grammatik asosdan tashkil topib, murakkabroq fikr anglatuvchi gap qo'shma gap deyiladi: Shu payt eshik ochildi va hovliga harbiycha kiyingan bir yigit kirib keldi. (I.R.) Bilimli o'zar, bilimsiz to'zar. (Maqol) Odam borki, odamlarning naqshidir. (Navoiy)
IV.MUSTAHKAMLASH

A)Mashqlar orqali.

1- topshiriq. Chap va o'ng tomondagi gaplarni o'qing. Qaysi tomondagi gaplar ikkitadan, qaysi tomondagi gaplar bittadan nisbiy tugal fikrni ifodalayotganini ayting.



1.Bahor keldi.

Dala ishlari boshlandi.

2.Osmonni qora bulut qopladi. Yomg'ir yog'madi.

3.Bir nima demoqchi bo'ldi. Tili og'ziga tiqilib qoldi.

4.U meni ko'rdi. Yugurib keldi.

5.Ertaga jo'namasligi aniq bo'lib qoldi. O'z qishlog'iga shu holda bora olmaydi.


1.Bahor keldi va dala ishlari boshlandi.

2.Osmonni qora bulut qopladi, lekin yomg'ir yog'madi.

3.Bir nima demoqchi bo'ldi-yu, tili og'ziga tiqilib qoldi.

4.U meni ko'rdi va yugurib keldi.

5.Ertaga jo'namasligi aniq bo'lib qoldi, chunki o'z qishlog'iga shu holda bora olmaydi.

2- topshiriq. Yuqoridagi misollarni kuzatib, o'ng tomondagi ikkitadan gapning bir-biri bilan bog'lanib, bir nisbiy tugal fikrni anglatadigan gapga aylanishi nimalar vositasida sodir bo'lganini ayting

106- mashq. Quyidagi gaplarni tuzilishiga ko'ra sodda va qo'shma gaplarga ajratib ko'chiring.
1. Qimirlagan qir oshar. (Maqol) 2. Ahillik bor yerda temir ham suvga cho'kmaydi. (Shuh.) 3. Mard bir o'lar, nomard yuz o'lar. (Maqol) 4. Nizomjon konvertni dadasining qo'liga berdi-yu, g'izillaganicha chiqib ketdi. (S.A.) 5. Go'yo hayot tamomila uxlaganday, hammayoq jimjit edi. (P.Q.) 6. Xalil ota halol va mehnatsevar kishiga xos izzat-obro'sini va qadr-qimmatini chuqur tushuntirdi. (Sh.R.)

B) savollar orqali



1.Gaplar grammatik asosining nechtaligiga ko'ra necha turli bo'ladi?

2.Qanday gaplar sodda gaplar deyiladi?

3.Qo'shma gaplar sodda gaplardan nimasi bilan farqlanadi?

V.BAHOLASH MEZONI

Ishtirokiga qarab



VI.UYGA VAZIFA

107- mashq. Uyga vazifa. Kundalik matbuot nashrlaridan sodda va qo'shma gaplarga 3 tadan misol topib yozing va ularni gap bo'laklari jihatidan tahlil qiling.

Ona tili

MAVZU Mustahkamlash darsi

MAQSAD: A) ta’limiy maqsad –fap turlari yuzasidan o’zlashtirilgan tusunchalarni umumkashtirish

B) tarbiyaviy maqsad –do’stlik.hamkorlik tuyg’ularini singirish

C) rivojlantiruvchi maqsad – matn yaratish ko’nikmalarini rivojlantirish

DARS TURI: umumlashtiruvchi

USLUB: an’anavuy

JIHOZ:darslik

DARSNING BORISHI:

I. Tashkiliy davr : A) salomlashish

. B) davomatni aniqlash

II. UY VAZIFASINI SO’RASH

A)Mashqlar orqali.
107- mashq. Uyga vazifa. Kundalik matbuot nashrlaridan sodda va qo'shma gaplarga 3 tadan misol topib yozing va ularni gap bo'laklari jihatidan tahlil qiling.
B) savollar orqali

1.Gaplar grammatik asosining nechtaligiga ko'ra necha turli bo'ladi?

2.Qanday gaplar sodda gaplar deyiladi?

3.Qo'shma gaplar sodda gaplardan nimasi bilan farqlanadi?

III.YANGI MAVZU BAYONI

Gap nimaligini ta'riflab bering. U boshqa til birliklaridan qanday farq qiladi?

«Gapning grammatik asosi» deganda nimani tushunasiz?

Ifoda maqsadiga ko'ra gapning qanday turlari bor?

His-hayajonning ishtirokiga ko'ra gaplar necha xil?

Qanday gaplar undov gaplar deyiladi?

Gaplar tuzilishiga ko'ra necha turga bo'linadi?

Sodda gap bilan qo'shma gapning asosiy farqi nimada? Fikringizni misollar bilan isbotlang.
IV.MUSTAHKAMLASH

A)Mashqlar orqali.

topshiriq. Uch guruhga bo'linib, «Qaysi guruh darak, so'roq va buyruq gaplarning har biriga 3 tadan misolni tez va to'g'ri topib yozadi» musobaqasini o'tkazing.

topshiriq. Undov gaplarga 5 tadan misol toping va ularning darak, so'roq va buyruq gaplardan farqini ayting. Talaffuzi va yozilishdagi xususiyatlarini tushuntiring.

topshiriq. «Adabiyot (majmua)» darsligingizdagi biror badiiy asar parchasidan sodda va qo'shma gaplarga 3 tadan misol toping.

topshiriq. Rasmni kuzating. Undan foydalanib «Kech kuzda tabiat» mavzusida matn yarating. Matndagi o'zingiz qo'llagan sodda va qo'shma gaplarni belgilang.

mashq.-i: 1- topshiriq. Matnni ifodali o'qing, mazmunini so'zlab bering. Unga qanday sarlavha qo'yish mumkin?

Xurshidning xolasi qishloqda turadi. Shahardan avtobusga o'tirib, uch soat yurilsa, shundoq tog' etagidagi qishloqqa kirib boriladi.

Xurshid avtobusdan tushganida vaqt peshindan og'gan edi. U xolasining pastak tosh devor bilan o'ralgan hovlisiga kirib borsa, Anvar qo'lida qafas bilan chiqib kelayotgan ekan. Anvar — xolasining o'g'li. U ham beshinchida o'qiydi. U Xurshidni ko'rib suyunib ketdi.

Oyi. Xurshid keldi! — dedi baqirib.

Ayvon burchagida bir palla qovoqni qirib o'tirgan xolasi shoshilib o'rnidan turdi.

Voy o'zim aylanay shaharlik bolamdan! — u qo'lida qirg'ich bilan ayvondan shoshilib tushdi-da, Xurshidni bag'riga bosdi. — Ajab qipsan-da kelib.Qovoq somsa yopay deb turuvdim.Oying yaxshimilar? Dadang tuzukmilar? O'qishlaring yaxshimi?

Xurshid xolasining ketma-ket berayotgan savollariga javob qilardi- yu, ikki ko'zi Anvarning qo'lidagi qafasda edi. Qafas ichida bo'yni, ko'kragi qizil, kulrang qanotida sarg'ish patlari bor sa'va pitir-pitir qilib uchib-qo'nardi.

Qayoqdan olding? — dedi u havasi kelib.

Sandiqtoshdan tutdim. — Anvar qafasning u yoq-bu yog'ini o'girib ko'rsatdi. — Hozir ham sa'va tutgani ketyapman.

Menam boray!..

Bo'pti, faqat ovozingni chiqarmaysan...

<()'. Hoshimov)

topshiriq. Matndagi buyruq va undov gaplarni topib, guruhlab

ko'chiring.

topshiriq. Matndagi barcha gaplarni «Sodda gaplar» va «Qo'shma

gaplar» guruhiga ajratib yozing.
B) savollar orqali

V.BAHOLASH MEZONI

Ishtirokiga qarab



VI.UYGA VAZIFA

109- mashq. «Ona tili» darsligingizdan foydalanib,«Gapning so'z birikmasidan farqi» mavzusida kichik ilmiy matn tuzing

MAVZU 5- nazorat ishi.

MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilar bilimini sinash

B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash

C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish

DARS TURI: umumlashtiruvchi

USLUB: an’anavuy

JIHOZ:darslik

DARSNING BORISHI:

I. Tashkiliy davr : A) salomlashish

. B) davomatni aniqlash

II. UY VAZIFASINI SO’RASH

A)Mashqlar orqali.

B) savollar orqali


III.YANGI MAVZU BAYONI

Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko'z oldimga keladi. Hovlimizda bir tup bodom bo'lardi. Erta bahorda qiyg'os gullardi-yu, hech meva tugmasdi. Onam: «Bodom yolg'iz bo'lgani uchun meva qilmaydi», deb tushuntirardi. Shu bodom tagida supa bor edi. Kun botishi bilan onam hovliga ko'loblatib suv separ, kun bo'yi oftobda qizigan yer hidi supa oldidagi rayhonlar isiga qo'shilib ajib bir tarovat taratar, atrof jimjit bo'lib qolar edi.

Keyin yirik-yirik yulduzlar bilan to'lgan osmonga tillaqoshdek ingichka oy suzib chiqardi. Oyim oyga tikilib turib ohista pichirlar edi:

Oymomaxon xulla,

Qanotlari tilla.

Subhon olio sizga,

Umr bersin bizga...

Shunday deb boshimni silardi. Oymoma esa bu she'rli qo'shiqni yana bir eshitgisi kelgandek muallaq to'xtab qolar, yulduzlar o'ychan ko'zlarini tikib muloyim boqib turishar, onam ertak aytar edi.
IV.MUSTAHKAMLASH

A)Mashqlar orqali

B) savollar orqali



V.BAHOLASH MEZONI

Ishtirokiga qarab



VI.UYGA VAZIFA


Download 326,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish