DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
142-mashi. Gaplarni ko'chiring. Ega bo'laklarni topib,tagiga chizing.
1. O'lmas kechqurun juda horg'in uyga qaytib keldi. (Yo.Sh.) 2. Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog'in tishlar. (Maqol) 3. Yugurish sportning bir turidir. 4. U Toshkentda turadigan uzoqroq qarindoshlarining qizi edi. (O. Yo.)
B)Savollar orqalli
1.Gapning qanday bo'lagi ega deb ataladi?
2.Ega qaysi kelishik shaklida bo'ladi? Otning qaysi grammatik shakllarini qabul qilishi mumkin?
3.Gap egasi qaysi so'z turkumlari bilan ifodalanadi? Misollar keltiring
III.YANGI MAVZU BAYONI
Bilib oling. Sodda gaplar egali (shaxsli) va egasiz (shaxssiz) bo'lishi mumkin. Egasi mavjud bo'lgan gaplar shaxsli gaplardir. (Masalan, Biz bugun Samarqandga jo'naymiz), egasi mavjud bo'lmagan gaplar esa shaxssiz gaplardir. (Masalan, Bugun Samarqandga jo'naladi)
Birinchi gapda ega (biz) ishtirok etgan, ikkinchi gapda esa ega ishtirok etmagan, kesimdan ifodalangan ish-harakatning kim tomonidan bajarilishi ma'lum emas.
IV.MUSTAHKAMLASH
A)Mashqlar orqali.
1-topshiriq
1.Manzilga mana shu yo'ldan boriladi.
Manzilga mana shu yo'ldan boradi.
Manzilga mana shu yo'ldan bora oldi.
2.Men shu vazifani bajarishim mumkin.
Vazifani bajarishi mumkin. Vazifani bajarish mumkin.
2- topshiriq. Berilgan gaplarning kesimi orqali so'roq berib, egasini topishga harakat qiling. Ularning qaysi birlarida egani topish mumkin, qaysi birlarida egani topish mumkin emasligini ayting.
1. Shaftolizor bog'larni ko'rdim. (H. O.) 2. Oyni etak bilan yopib bo'lmaydi. (Maqol) 3. Bugungi ishni ertaga qo'yma. (Maqol) 4. Nima eksang, shuni o'rasan. (Maqol) 5. Topshiriqni o'z vaqtida bajarish kerak. 6. Derazadan ko'chaga tikilaman. (O'.H.) 7. Aytar so'zni ayt, aytmas so'zdan qayt. (Maqol) 8. Jo'jani kuzda sanaydilar. (Maqol)
143-mashq. Uchta egali gap tuzing, keyin ularni ega ishtirok etmagan
gaplarga aylantiring.
144-mashq. Egasi ifodalanmagan gaplar tuzing. So'ngra ulardan egasi
ifodalangan gaplar hosil qiling.
N a m u n a: Musobaqada yutamiz. — Biz musobaqada yutamiz.
B)Savollar orqalli
1.Egali gaplarga misollar keltiring.
2.Qanday gaplar ega ishtirok etmagan gaplar deyiladi?
3.Ega ishtirok etmagan gaplar shaxs tushunchasi ifodalanishiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?
4.Gapning egasi mavjud yoki mavjud emasligini qanday aniqlash mumkin? Misollar keltiring.
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
.
145-mashq. O'zbek xalq maqollaridan egali va ega ishtirok etmagan gaplarga 5 tadan misol topib yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |