O‘zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Download 0,7 Mb.
bet47/146
Sana06.06.2022
Hajmi0,7 Mb.
#639981
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   146
Bog'liq
8 sinf ona tili dars konspektlar

DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali
87- mashq. Gaplardagi so'z birikmalari zanjirini chizmalar asosida ko'rsating.
1. Badanni junjituvchi sovuq shamol izg'ib qoldi. (H.N.)
2. Sayo- hatchilar daraning pillapoya kabi yotiqroq yerlaridan yuqoriga intildilar. (H.N.)
B)Savollar orqalli
1.«So'z birikmalari zanjiri» deganda nimani tushunasiz? Fikringizni misollar bilan isbotlang.
2.So'z birikmalari zanjiri gapning kesimi atrofida birlashgan holatiga misol keltiring.
3.So 'z birikmalari zanjiri gapning egasi atrofida birlashgan holatiga misollar keltiring.


III.YANGI MAVZU BAYONI
IV.MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
88- mashq. 1- topshiriq. Matnda nima haqida gap boryapti (uning mavzusi nima)? Yozuvchi Said Ahmadning fikricha, kek- salar qanday fazilatlarga ega bo'ladilar? Muallifning asosiy fikri ifodalangan jumlani toping.
Bobo eshigi oldidagi supada soatlab o'tirardi. O'tgan-ketganga choy tutib, supaga taklif qilardi.
Bu bahor u supa yonboshiga kichkinagina gulzor qildi. Chiroyli jo'yakchalar tortib anvoyi gullar ekdi. Mana, bir tup atirgul g'unchaga ham kirdi.
Tikilgan qozon qaynamas degandek, uning ochilishi juda qiyin bo'ldi. Bobo unga tikilaverib ko'zlari toldi.
Bugun ertalab odati bo'yicha sholchasini sudrab, supaga chiqsa, biram chiroyli bo'lib ochilibdiki... Choi tishsiz og'zini ochganicha, unga tikilib qoldi. Sholchani supaga tashlab, gul tepasiga kelib engashdi. Kafti bilan uni beozor ko'tarib, huzur qilib hidladi.
Boboning tabiati ravshan bo'lib ketdi.
2- topshiriq. Matndagi bitishuv munosabatidagi so'z birikmalarini
aniqlang va ko'chirib yozing.
89- mashq. Devoriy gazetaga yozilgan maqolani va muharrirning u haqdagi e'tirozli mulohazalarini o'qing. Maqolada sarlavha talab etgan asosiy fikr ifodalanganmi? Maqolani tahrir qiling, bunda sarlavhani shu holida qoldirishingiz yoki o'zgartirishingiz mumkin.
90- mashq. ; 1- topshiriq. She'rni o'qing. Unda bolalarning qanday kamchiligi kulgi ostiga olingan? Bolalar nega uyaldi? Mulohazalaringizni bayon qiluvchi matn tuzing.

Hasharga borganda
Bog'ga yetib borgan kez,
Dovuchcha teramiz deb,
O'rikka tirmashdik tez.


Keyin ishkom oralab,
Quvlashmachoq o'ynadik.
Esdan chiqdi yumush ham,
Irg'ishladik — quvnadik.


Oshga!
Deya bir mahal
Ovoz berdi xolamiz.
Uyat! Ovqat yeyishga
Endi qanday boramiz?
Chorlab bizni hasharga
Ketgan edi xolamiz,


Maslahat qildik shunda:
Boramizmi?
Boramiz!


Ketmon oldim qo'lga men,
Nodir esa belkurak.
Endi bog'da kechgacha
Rosa ishlasak kerak.


(S. Inoyatov)

2- topshiriq. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarni unga bog'lanib kelgan so'zlar
bilan birga (so'z birikmasi holida) ko'chiring.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish