Bog'liq 12-MAVZU. O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi. Huqiqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish
1.O’zbekiston xalq demokratik partiyasi 1991-yil 1-noyabrda Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quriltoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi.
O’zbekiston XDPsining "O’zbekiston ovozi", "Golos Uzbekistana" gazetalari va "Muloqot" jurnali nashr etilmoqda.
2.1995-yil 18-fevralda O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (SDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda bo’lgan I-ta’sis Qurultoyida uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi.
"Adolat" sotsial-demokratik partiyasining "Adolat" nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda.
3.O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan partiyalardan yana biri – Milliy tiklanish demokratik partiyasidir (MTDP). U 1995-yil 3-iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi.
O’zbekiston MTDPsining "Milliy tiklanish" haftalik gazetasi nashr etilmoqda.