O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi. Huqiqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish


O’zbekiston Respublikasining QONUNI



Download 71,44 Kb.
bet3/18
Sana31.12.2021
Hajmi71,44 Kb.
#237131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
12-MAVZU. O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi. Huqiqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish

O’zbekiston Respublikasining QONUNI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MUSTAQILLIGI ASOSLARI TO‘G‘RISIDA
O’zbekiston SSRning Mustaqillik deklaratsiyasiga va O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi bayonotiga asoslanib, O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi ushbu qonunni qabul qiladi.

1-modda. O’zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir.

2-modda. O’zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va u respublikada davlat hokimiyatining birdan bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi.

3-modda. O’zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi.

4-modda. O’zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo’linmas bo’lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas.

5-modda. O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir. O’zbekiston Respublikasi Davlat idoralarining tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida quriladi.

6-modda. O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega.

Suveren O’zbekiston Respublikasi hududida SSSR Qurolli Kuchlarini shakllantirish va ularga rahbarlik qilish masalalarida harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

7-modda. O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir.

Respublika hududidagi yer, yerosti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi.

8-modda. Davlat mulki obyektlari, shuningdek, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining, shu jumladan Ittifoq qaramog‘ida bo’lib kelgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki, ularning asosiy ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va oborot yoki boshqa fondlari hamda o‘zga mol-mulki, ichki kommunikatsiya, transport, aloqa va energetika tizimlari, respublika kartografiyasi va geodeziyasi O’zbekiston Respublikasining mulkidir.

9-modda. O’zbekiston Respublikasining mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish respublika qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Respublika hududida joylashgan, Ittifoq qaramog‘ida bo‘lib kelgan davlat korxonalarini aksiyali jamiyatlarga aylantirish, ularni mulkning boshqa shakllariga o‘tkazish faqat O’zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan shartlar asosida va tartibda amalga oshiriladi.

10-modda. O’zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o‘z oltin zaxirasini yaratadi.

O’zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valuta jamg‘armalarida o‘z ulushiga ega.

11-modda. O’zbekiston Respublikasi o‘z pul birligimilliy valutasini joriy etishga, jami pul oboroti, pul va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari emissiyasi hajmlarini mustaqil belgilashga haqli.

12-modda. O’zbekiston Respublikasi mustaqil moliya va kredit siyosatini amalga oshiradi. Respublika hududida olinadigan soliqlar va yig‘imlar O’zbekiston Respublikasining davlat budjetiga va mahalliy budjetlarga tushadi.

13-modda. O’zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari va boshqa aloqalar o‘rnatadi, ular bilan muxtor vakillar ayirboshlaydi, xalqaro shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lishi mumkin.

14-modda. O’zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mustaqil subyekti bo‘lib, chet el investitsiyalarini amalga oshirish shartlarini, investorlarning huquqlarini belgilaydi, o‘zining konversiya qilinadigan valuta jamg‘armasini yaratadi, oltin va boshqa zaxiralarni, ayirboshlanadigan valutani sotadi va sotib oladi.

15-modda. O’zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etiladi.

O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar, respublika konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida bo‘ladilar.

O’zbekiston Respublikasining fuqarolari respublikadan tashqari ham O’zbekiston Respublikasining himoyasida bo‘ladilar.

16-modda. O’zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi.

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir va ularni har qanday tahqirlash qonun bilan jazolanadi.

17-modda. O’zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy butunligini va mustaqilligini e’tirof etadi. O’zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar teng huquqlilik asosida, ular o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar vositasida quriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida erkin chiqish huquqini saqlab qoladi.
Toshkent shahri, 1991-yil 31-avgust.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 30-sentabr kuni «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risi»gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo’yildi.

Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat – O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.

Download 71,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish