O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi. Huqiqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish


O’bekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi



Download 71,44 Kb.
bet4/18
Sana31.12.2021
Hajmi71,44 Kb.
#237131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
12-MAVZU. O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi. Huqiqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish

O’bekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi.


Viloyat

Tashkil etilgan yili

Maydoni

Aholisi

Qishloq tumanlari

Shahar va shaharchalari

Ma’muriy markazi

Qoraqalpog’iston

Respublikasi



1990-y. 14-dekabr

166,6

1569,9

14

12, 17

Nukus

Andijon

1941-y. 6-mart

4,2

2342,7

14

11, 5

Andijon

Buxoro

1938-y. 15-aprel

40,3

1507,6

11

11, 3

Buxoro

Jizzax

1973-y. 28-dekabr

21,2

1043,3

12

7, 8

Jizzax

Navoiy

1982-y. 20-aprel

1988-y. 6-sentabrda

tugatilgan

1992-y. 28-iyunda qayta

tashkil etilgan


111

810,2

8

7, 8

Navoiy

Namangan

1941-y. 11-mart

1960-y. 25-yanvarda

tugatilgan

1967-y. 18-dekabrda



qayta tashkil etilgan

7,4

2073,2

11

8, 12

Namangan

Samarqand

1938-y. 15-yanvar

16,8

2867,1

14

11, 12

Samarqand

Sirdaryo

1963-y. 16-fevral

4,3

672,2

8

5, 6

Guliston

Surxondaryo

1941-y. 6-mart

20,1

1894,9

14

8, 7

Termiz

Toshkent

1938-y. 15-yanvar

15,6

4520,4

15

16

Toshkent

Farg’ona

1938-y. 15-yanvar

6,7

2840,9

15

9, 10

Farg’ona

Xorazm

1938-y. 15-yanvar

6,1

1432,8

10

3, 7

Urganch

Qashqadaryo

1943-y. 20-yanvar

28,6

2378,5

13

12, 4

Qarshi

Toshkent shahri







2135,7

11







O’zbekiston

1925-y. 28-fevral

448,9

31 mln

159

120, 116

Toshkent


O’zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda 21,5 mln. kishini tashkil etardi. 2015-yilga kelib aholi soni 31 mln. dan ortdi.

Mustaqillik to’g’risida referendum. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil noyabrida bo’lgan VIII sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bo’yicha referendum o’tkazish xaqidagi masalani ko’rib chiqdi.

Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida referendum hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazish to’g’risida qarorlar qabul qilindi. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta’rifda kiritildi: «O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?». Shuningdek, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida» Qonun qabul qilindi.

1991-yil 29-dekabr kuni umumxalq referendumi bo’lib o’tdi. Referendumda 9.898707 kishi yoki saylov ro’yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi.

O’zbekiston Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi, uning butun tarixiy taraqqiyoti natajalaridan kelib chiqadigan ob’ektiv va qonuniy hodisadir.

Respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va qat’iyatliligi, uzoqni ko’ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligiga erishuvi

Tinch, demokratik, parlament yo’li bilan ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi.
2.ISLOM KARIMOV – O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI
1991-yil 29-dekabr kuni muqobillik asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ham bo’lib o’tdi. Prezidentlikka nomzod Islom Abdug’aniyevich Karimov uchun 8.514136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlarini ko’rib chiqib, I.A.Karimovni 1991-yil 29-dekabrdan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga saylangan, deb xisoblashga qaror qildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil yanvarda bo’lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qildi: «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishar ekanman, respublikamiz xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman». Islom Karimov O’zbekiston Respublikasining umumxalq tomonidan saylangan birinchi Prezidentidir.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimovning tarjimayi holi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov – 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millatio ‘zbek. Oliy ma’lumotli, O‘rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xojaligi mashinasozligi zavodida boshlagan.

1960-yildan 1966-yilgacha V.P. Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi.

1966-yilda O’zbekiston SSR davlat reja komitetiga ishga o‘tib, bosh mutaxassislikdan Respublika davlat reja komiteti raisining birinchi o ‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

1983-yilda I. Karimov O’zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari, Respublika davlat reja komitetining raisi etib tayinlanadi.

1986-1989-yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989-yilning iyunidan boshlab O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.

1990-yil 24-mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I. Karimov O’zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

1991-yil 31-avgust kuni I. Karimov tarixiy voqea – O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.

1991-yil 29-dekabridan muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida I. Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

1995-yil 26-martida bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra I. Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi.

2000-yil 9-yanvarda bo‘lib o‘tgan saylovda I. Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi.

2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda uning prezidentlik vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi.

2007-yil 23-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda I. Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. I. Karimov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (1994-yil), o’ndan ortiq xorijiy mamlakatlar universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor va akademikligiga saylangan.

I. Karimov ,,O’zbekiston Qahramoni“ unvoni va „Oltin Yulduz“ medali sohibi (1994), “Mustaqillik“ (1996), „ Amir Temur“ (1998) ordenlari bilan mukofotlangan.

I. Karimov xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tinchlikni mustahkamlash, ma’naviyatni tiklash, sportni rivojlantirish sohasidagi xizmatlari uchun bir qator xalqaro tashkilotlar va nufuzli xorijiy davlatlarning orden va medallari bilan mukofotlangan.

U oilali, ikki nafar farzandi, uch nabirasi bor. Rafiqasi T.A. Karimova – iqtisodchi ilmiy xodim.
3. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAMZLARI VA KONSTITUTSIYASINING QABUL QILINISHI
Davlat ramzlari. O’zbekiston o’zining davlat mustaqilligini mustahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo’lib, davlat ramzlari belgilab olindi.

O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlandi. Davlat bayrog’i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar bayrog’iga xos bo’lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo’lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o’zligini ham aks ettiradi.

O’zbekistonning Davlat gerbi, o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992-yil 2-iyulda qabul qilindi. Gerbning markazida qanotlarini keng yozib turgan Xumo qushi tasvirlangan. Bu baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Qadim-qadim zamonlardan buyon Xumo qushi o’zbek xalqi orasida odamlarni baxt-saodatga yetaklovchi kuch ramzi sifatida e’zozlab kelingan.

O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992-yil 10-dekabrda qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi O’zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan.


Download 71,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish