O'zbekistonda bozor infratuzilmasi shakllanishi
Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o‘rnatishga va samarali yuritishga xizmat qiluvchi korxona, tashkilot va muassasalarning majmuasidir. Bozor infratuzilmasini bozor strukturasi bilan almashtirish yaramaydi. Bozor strukturasi bozorning tarkibida amal qiluvchi bo‘g‘inlar (iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari bozori, moliya bozori, valyuta bozori, mehnat bozori, intelektual tovar bozori, shou-biznes bozori va boshqalar)ni va bozor haroratini belgilovchi boshqa birliklarni o‘z ichiga oladi.
Bozor infrastrukturasi turlari va tarmoqlari: Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infrastruktura: transport, aloqa, ombor xo‘jaligi, yo‘l xo‘jaligi, suv va energetika ta’minoti va x.k.
Tovarlar va xizmatlar muomalasiga, ya’ni savdo-sotiq ishlariga xizmat qiluvchi infratuzilma: birjalar, savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari va agentliklar, davlatning savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi muassasalari.
Moliya kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma: tijorat banklari, o‘z-o‘zini kreditlash idoralari, sug‘urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish mahkamalari, har xil pul jamg‘armalari.
Aholiga xizmat qiluvchi yoki ijtimoiy infrastruktura: uy-joy, kommunal va transport xizmati, maorif, sog‘liqni saqlash, aholini ishga joylashtirish firmalari va idoralari.
Axborot xizmati: iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan har xilaxborotlar, ma’lumotlar va xabarlarni to‘plash, umumlashtirish, sotish bilan shug‘ullanuvchi turli kompaniyalar, firmalar maslahat idoralari va davlat muassasalari.
Bozor infratuzilmasi mustaqillik bilan birga tug‘ildi va jamiyatda hayotiy zaruriyat sifatida paydo bo‘ldi. Bugungi kunda mamlakatimizda bozor infratuzilmasi to‘liq shkallanib bo‘ldi. Infratuzilmani birdaniga yaratib bo‘lmaydi, u ancha uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. 1992 yil 28 fevralda respublika ulgurji va birja savdosi hissadorlik uyushmasi tashkil etildi. 1992 yil 5 mayda O‘zbekiston davlat hissadorlik «savdo» («O‘zbeksavdo») assotsiatsiyasi tuzildi va x.k.
Hozirgi kunda bozor infratuzilmasini yaratishda yangi bosqichga o‘tildi. Bu bosqich respublikaning barcha qishloq aholi istiqomat joylarida bozor infratuzilmasining hamma turlarini yaratishda ijobiy ishlar qilinmoqda. Hozirgi kunda respublikada 40dan ortiq sug‘urta kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Iqtisodiy siyosatning ustuvor maqsadlaridan biri aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash va unga mehnat qilish uchun munosib imkoniyatlar ochib berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |