O'zbekistonda badiiy gimnastikaning


O'ZBEKISTONDA BADIIY GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXIDAN



Download 155,5 Kb.
bet2/3
Sana01.06.2022
Hajmi155,5 Kb.
#627740
1   2   3
Bog'liq
Gimnastika

O'ZBEKISTONDA BADIIY GIMNASTIKANING
RIVOJLANISH TARIXIDAN

O ’zbekistonda bu sportning boshlanishi 1949 yilda Leningra jismoniy tarbiya institutining bitiruvchi talabasi, bo’lg’usi jismoniy tarbiya o’qituvchisi Liliya Petrovna tomonidan tashkil topgan. 1951 yildan esa badiiy gimnastika Toshkent shahridagagi oliy bilimgohlarda o’rgatiladigan bo’ldi.


1956 yil birinchi marta badiiy gimnastika bo’yicha Respublikada O’zbekiston shaxsiy va komanda birinchiligi o’tkazildi.
1958 yilda birinchi marta Hakamlar seminari o’tkazildi. Shu yili sport masterligi programmasini E. Xolmuratova va E. Sumarokova bajarishgan.
1980 yillarda badiiy gimnastikamizda yangi erkin talantlar etishib chiqdi, ularning ichida xalqaro toifadagi sport ustasi Venera Zaripova yaqqol ko’zga tashlangan. V. Zaripova bir necha xalqaro turnirlar va butunittifoq chempionatlari sovrindori hisoblanadi. 
O’zbekistonimizda badiiy gimnastika murabbiysi Irina Viner boshchiligida butun dunyoga tanildi. U o’ziga xos o’zbek gimnastika maktabini yaratib, sport dunyosida jahon chempionlari A. Zaripova, Ya. Batirshina, Alina Kabaeva kabi yulduzlarni o’stirdi.


BADIIY GIMNASTIKA
BUGUNGI KUNDA

Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov tomonidan O’zbekistonda ayollar sportini va aholida badiiy gimnastika sport turini rivojlantirish uchun katta g’amxo’rlik qilinmoqda. Kun sayin ushbu go’zal va jozibali sport turi bilan shug’ullanishga ixlosmand qizlar soni ortib bormoqda. Hozirgi paytda respublikamizning barcha viloyatlarida badiiy gimnastika federatsiyasi mavjud bo’lib, “Sog’lom avlod uchun” fondi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa bir necha mutasadditashkilotlar bilna birgalikda bu sport turning ommaviyligini oshirish maqsadida aholi orasida har yili bir necha musobaqalar o’tkazilib kelinmoqda. 2003 yilda O’zbekiston terma jamoa a’zolari bokuda bo’lib o’tgan Jahon Kubogi, Vengriyada bo’lib o’tgan Jahon chempionati musobaqalarida ishtirok etdilar. Yildan yilga bizningsportchilarimiz ko’rsatkichlari o’sib bormoqda. 2004 yil Xitoyda bo’lib o’tgan Osiyo chempionatida Olesya Ashaeva bronza medali va yosh sportchilar o’rtasida bo’lib o’tgan musobaqalarda Ulyana Trofimova oltin hamda bronza medali sohibasi bo’ldilar. A. Berestetskaya, R. Alimova, E. Babinalar yaxhsi natijalar ko’rsatdilar. Eng yosh gimnastlarimiz “Baby Cup Alina 2004” birinchi xalqaro turnirida ishtirok etdilar va shohsupaning yuqori o’rinlaridan joy egalladilar.


Shunday gimnastlarni tayyorlagan murabbiylar – Z. Abdullaeva, V. Shevchenko, A. Malkina, R. Xoxlova, T. Rogovaya va I. Borisenkolarning qilgan ishlari tahsinga loyiqdir.
B adiiy gimnastika sportning go’zal turlaridan biri va uning maqsadi yangi o’sib kelayotgan avlodning garmonik rivojlanishiga hissa qo’shishdir. Go’zallik, nafislik, sog’liqni tiklash, musiqiylik, didni tarbiyalash, ijodiy barkamollikni kamol toptirish, ana shularning hammasi badiiy gimnastikada jamlangan. 1949 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida badiiy gimnastikaning tarixi to’rtdan ortiq avlodni o’z ichiga oldi. Bu mashaqqatli mehnatda Liliya Yurevna Petrovaning qo’shgan hissasi katta bo’lib, badiiy gimnastikaning birinchi trenerlaridan biri desak, mubolag’a qilmayiz. O’sha yillarda uning rahbarligida bor-yo’gi 10 ta qiz shug’ullanishgan.
Hozirgi kunda sportning bu turi bilan 2 mindan ziyod kishi shug’ullanadi. Ta’kidlash joizki, sportning bu go’zal turi bilan shug’ullanuvchilarning soni keyingi 4 yil ichida 1,5 ming kishiga ortdi. Badiiy gimnastikaning rivojlanishiga davlatimizning e’tibori katta. Chunki sportning ushbu turi sog’ligimizning negizi bo’libgina qolmay, O’zbekiston yosh ayollarining jismoniy rivojlanishi uchun yaxshi ta’sir ko’rsatadi.
Toshkentda o’tkazilishi rejalashtirilgan Jahon Kubogi, “Sharq go’zali” tadbirlarining o’tkazilishi haqidagi Xalqaro Gimnastika Federatsiyasi qarorini qadrlaymiz. Bu yo’lda yosh sportchilarimizga katta tilaklar bildiramiz va ayni damda ularga chin dildan musobaqalarda o’zlarini a’lo darajada ko’rsatishlarini tilaymiz. 

Download 155,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish