4.O’zbekistonda axborot texnalogiyalariga HAQIDAGI QONUN VA QARORLAR
5..Ta’lim va axborot vositalari..
Ommaviy axborat vositalari va ularning turalar
Ommaviy axborot vositalari (qisqartmasi: OAV) keng ommaga axborot yetkazuvchi vositalardir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy tarqatishning doimiy nomga ega boʻlgan hamda bosma tarzda (gazeta, jurnal, axborotnoma, bulleten va boshqalar) va/yoki elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari OAV, deb koʻrsatilgan.[1]
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega: a) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish imkoniyati bor; b) ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi: v) ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish; g) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bulganda amaliyotda qo`llash imkoniyatiga erishiladi.
SO’Z ERKINLIGI
Soʻz erkinligi — insonning asosiy shaxsiy va fuqarolarning siyosiy huquklaridan biri; hozirgi davrda aksariyat mamlakatlarda "axborot erkinligi" deb ataladigan umumiy huquqning tarkibiy qismi. Oʻz fikrini ommaviy tarzda (ogʻzaki va ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda yozma) bayon etish imkoniyatini bildiradi. Soʻz erkinligiga demokratiya koʻrinishlaridan biri sifatida qaraladi. Oʻzbekistonda Soʻz erkinligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga koʻra, "har kim fikrlash, suz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega" (29modda). Uzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi buyicha har kim uzi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ham ega. Biroq amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taallukli boʻlgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkinligi Konstitutsiyada oʻz ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida"gi qonunida davlat sirlari toifalari anikdangan va ular haqidagi maʼlumotlarni olish va tarqatish chegaralangan.
Demokratik mamlakatlarda ommaviy axborot vositalarining faoliyati Soʻz erkinligiga asoslangan. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham alohida moddada ana shu qoida alohida taʼkidlab oʻtilgan. Unga koʻra, "ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiqishlaydi... Senzuraga yoʻl qoʻyilmaydi" (67modda). Fuqarolar ommaviy axborot vositalarida, jumladan, televideniye va radio, matbuotda oʻz fikrlarini erkin bayon qilishi, soʻzlashi mumkin.