O’zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiya (akt) larini yanada rivojlantirish



Download 475,25 Kb.
bet4/4
Sana10.07.2022
Hajmi475,25 Kb.
#773621
1   2   3   4
Bog'liq
Boshlang\'ich sinflarda axborot texnologiyalari

Multimediyali ishlanmalar asosida o’tkaziladigan ma’ruza mashg`ulotining ssenariysi. Guruhda yo’qlama qilinib, mashg`ulot mavzusi va maqsadi hamda mashg`ulot davomida qo’llaniladigan texnologiyalar yuzasidan qisqacha ma’lumotlar beriladi. Yangi mavzu tushunchalarini kiritish uchun kerakli o’rganilgan matematik tushuncha va tasdiqlarni takrorlash, tartiblash va qo’yilgan maqsadga qaratish uchun elektron ko’rgazmali qurol ko’rinishida tayyorlangan savollar va tez hal etiladigan topshiriqlar ekranda namoyish etiladi. O’qituvchi talabalarning javoblarini baholab boradi va bu savol-javobda barcha talabalarning faol ishtirok etishiga e’tiborni qaratadi.
Yangi mavzuga o’tishda talabalarga to’plam, ular ustida bajariladigan amallar qanchalik maktab matematikasidan tanishligini aniqlash va ularning bilimini oliy ta’lim talablari asosida to’ldirish va chuqurlashtirish maqsadida talabalarga maqsadga qaratilgan savollar berib borish va ularning javoblarini to’ldirish (klaster tuzishni topshirish mumkin), tartiblash orqali yangi tushunchalar kiritiladi. Talabalarga Eyler-Venn diagrammalari haqida elektron ko’rgazmali qurol yordamida ma’lumot beriladi va bir qancha misollar birgalikda hal etiladi. Dars davomida to’plamlar ustida bajariladigan amallar, Eyler-Venn diagrammalari multimedia imkoniyatlaridan foydalanib Power Point dasturi orqali tayyorlangan elektron ko’rgazmali qurollar yordamida namoyish etib boriladi.

Talabalarning ma’ruza davomida olgan bilimlarini tartiblash, mustahkamlash maqsadida ekran orqali har bir talabaga alohida tuzilgan topshiriqlar beriladi. Talabalar 10 daqiqa davomida topshiriqlarni bajaradilar hamda yonidagi sherigiga tekshirish uchun beradilar. O’qituvchi daftarlarni yig`ib olgan vaqtda topshiriqlarni tekshirib har bir talabani baholaydi.

Dars yakunida ekranda talabalarga keyingi mashg`ulot mavzusiga tayyorgarlik ko’rish uchun savollar va uy vazifalari sifatida topshiriqlar beriladi.

2-vazifa. Savollarga yozma ravishda javob bering:


O‘qish fanidan 4 sinf uchun yaratilgan multimediyali ilovadan foydalanish (Multimediyali ilovaning mualliflari kim, ilovalarda qanday ko‘rinishdagi topshiriqlar keltirilgan, interaktiv mashqlar nechta, testlar nechta, videolar nechtaligi ko‘rsatilishi lozim) Multimediyali ilovani http://eduportal.uz/ dan yuklab olish mumkin

3-vazifa. Microsoft Word dasturida "Internetdan foydalanish” mavzusida T-chizmani tuzing


T-sxema bo’yicha



Bugungi kunda axborot olamida Internet davri kelgani, internet-televideniye, internet-radio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko’plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari qanday tez sur’atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’sir doirasi tobora kengayib borayotgani haqida ortiqcha gapirishga zarurat yo’q, deb o’ylayman. Bunday axborot vositalariga asosan yoshlarning juda katta qiziqish bilan qarashi va ulardan keng foydalanishini hisobga oladigan bo’lsak, haqiqatan ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas. (Prezidentimiz Islom Karimovning 2011-yili Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo’llagan tabrigidan) Axborot mavzusi insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida muhim ahamiyat kasb etib, bugungi serqirra va intensiv hayotimiz, globallashuv jarayonlarida esa axborot yanada dolzarb masala bo’lib, endilikda axborotga egalik, zamonaviy tizimlarining shakllanganligi mamlakatning demokratik rivojini sifatlovchi omilga aylandi. 

xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog`idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratilishini e’tirof etuvchi normalar qonunlarimizda o’z aksini topdi. Xususan, bugungi kunda axborot sohasida ommaviy axborot vositalari, shundan televideniya, Internet-kafelar, Internet provayder, davlat axborot resurslari, "ZiyoNET" yoshlar axborot portali va axborot-kutubxona muassasalari faoliyat yuritmoqda. Internetdan foydalanuvchilarning soni esa to’qqiz milliondan ortiq ketdi. Bularning barchasi fuqarolarimiz, xususan, yoshlarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqining ifodasidir. Global axborot makoniga real ko’z bilan qaraydigan bo’lsak, hozirda keng jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida nosog`lom manfaatlar, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta’siridagi agressiv axborotlarning (o’z joniga qasd qilishning oson yo’llarini targ`ib qiluvchi 9 ming, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlar, kompyuter o’yinlari zo’ravonlik va yovuzlik, o’ta jangari ruhdagi (beshafqat urushlar, o’ldirishlar, otishmalar, portlatishlar va hokazo) Internet saytlar mavjudligi), milliy axborot makonimizga kirib kelishidir. Axborotlar tezkor Internet orqali qabul qilinar ekan, uning aksariyat foydalanuvchilari yoshlar hisoblanadi. Ularning ko`pchiligi odnoklassniki.ru, facebook.com, mail.ru, twitter.com, Vkontakte.ru kabi ijtimoiy saytlarning doimiy foydalanuvchilari sanaladi. Tan olish kerakki, O’zbekistondagi jami saytlarda ro’yxatdan o’tganlar jamlansa ham yuqoridagi miqdorga yetmaydi. Ushbu raqamlar milliy saytlarimizni yoshlar uchun jozibador, mazmunli, saviyali, qiziqarli, o’ziga tortuvchi qilib yaratish masalasiga jiddiy e’tibor qilishga undaydi.

Milliy saytlarimiz oldinda yurmasada, boshqa chet el saytlardagi kabi "o’ziga jalb qilish" doirasini kengaytirsa, yoshlarimiz milliy saytlarga birinchi bo’lib murojaat qilishi mumkin bo’ladi. Axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli xil siyosiy, mafkuraviy va boshqa kuchlar (120 ga yaqin davlat axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib bormoqda) o’zlarining g`arazli manfaatlari yo’lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, axborot erkinligini suiiste’mol qilib, o’sib kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini ko’rsatish orqali, hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg`itish, ularning ongi va qalbini egallash yo’lidagi intilishlarini kuchaytirayotgani sir emas. Nosog`lom axborot oqimlaridan yoshlarni himoyalashga oid dunyoda qator huquqiy mexanizmlar yaratilgan. Jumladan, xalqaro amaliyotda "Kiber jinoyatlar to’g`risida" Konvensiya, "Voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz Internet va onlayn resurslarni joriy qilish to’g`risida" Yevropa Ittifoqi Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, "Bola huquqlari to’g`risida" BMT Konvensiyasini, "Yoshlarni himoyalash to’g`risida" Germaniya, "Voyaga yetmaganlarni ommaviy axborotning salbiy ta’siridan himoyalash to’g`risida" gi, Litva "Bolalarni sog`ligi va rivojlanishiga ziyon yetkazuvchi axborotdan himoyalash to’g`risida" gi Rossiya qonunlarini tilga olishimiz mumkin.
 Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog`lom axborotlardan himoyalashning mexanizmlari mavjud. Xususan, "O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g`risida"gi Qonunda "O’zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo’ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man etilishi", "Bola huquqlarining kafolatlari to’g`risida"gi Qonunda "Pornografiya, shafqatsizlik va zo’ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko’rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo’luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanishi" belgilab berilgan.







 Axborot asri davrida yoshlarga yopirilib kelayotgan axborotlardan foydalana olishlari, xususan, nosog`lom axborotlardan himoyalana olishlari, kommunikatsiya vositalaridan to’g`ri foydalana bilishlari uchun bilim va tajriba kerak bo’ladi. Aynan mana shu borada ular kattalar, ayniqsa, ota-onalar va pedagoglarning ma’naviy-ruhiy ko’magiga muhtoj. Biz o’sib kelayotgan yosh avlodning media savodxonligi va Internetdan foydalanish madaniyatini yuksaltirishimiz lozim.
Axborot makonining globallashuvi jarayonida yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, buni amalga oshirishda jamiyatimizning keng qatlamlari: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, ota-onalar va pedagoglarni keng jalb qilish maqsadga muvofiq.
Darhaqiqat, axborot makonida tahdidlar bor ekan, Milliy axborot makonimizga chegara qo’yib bo’lmaydi. Shunday ekan, yoshlarga sog`lom axborot muhitini yaratib, ular ma’naviy olamining daxlsizligini asrash asosiy vazifalarimizdan biridir. Zero, yoshlar ma’naviyatiga daxldor yumushlarda beparvolikka yo’l qo’yib bo’lmaydi.


Internetdan foydalanish







4-vazifa. Microsoft Word dasturida O‘qishdan 3 chorakdagi darsingizni batafsil dars ishlanmasini tuzing




5-vazifa. O‘qishdan 3 chorakdagi darsingiz uchun taqdimot yarating (taqdimotda ob'ekt uchun animatsiyalar, giperhavolalar, boshqaruv tugmalari, joylashtirilgan rasmlar, so'nggi slaydga esa ushbu taqdimotdan foydalangan darsda o'quvchilar bilan fotosuratingiz ilova qilinishi kerak).
Download 475,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish