Mustaqillikning dastlabki yillaridan respublikamizni boshqa davlat va mintaqalar bilan bog'laydigan yo'llar, kommunikatsiya tarmoqlari barpo etishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi kunda O'zbekiston avtomobil yo'llarining sifati jihatidan MDHda yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. O'zbekiston avtomobil transportiga oid 10 dan ortiq xalqaro konvensiya va hujjatlarga qo'shilgan va 30 dan ziyod davlatlar bilan xalqaro avtomobil xalqasi to'g'risida bitim imzolagan.
O'zbekistonda transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishga juda katta e'tibor qaratilgan. Xususan, davlatimiz rahbarining 2006-yil 20-dekabrda qabul qilingan “2007-2010 yillarda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo'llari qurilishini rivojlantirish chora-tadbirlari to'grisida”gi qarori bunga misol bo'ladi. Ushbu qarorga binoan, O'zbekiston jahon transport tizimiga samarali integratsiyalashish uchun MDH va Yevropa mamlakatlariga chiqishni ta'minlaydigan shimoliy va shimoli-g' arbiy, Fors ko'rfazi hamda Qora dengiz bandargohlariga olib boradigan janubi-g'arbiy va janubiy yo'nalishdagi avtomobil yo'llari bosqichma-bosqich barpo etilmoqda hamda rekonstruktsiya qilinmoqda.
Mamlakatimizda neft bilan yo`ldosh tarzda uchraydigan tabiiy gazni qazib olish urushdan oldin boshlangan. Neft gazidan sanoat maqsadlarida foydalanish uchun birinchi gazoprovod (15 km.) "Andijonsanoat - Andijon shahri o`rtasida 1944 yilda qurilgan. Biroq, tabiiy gazdan sanoat maqsadlarida foydalanish 1950-1960 yillarda boshlangan. Yilma-yil mamlakat gaz sanoatining geografiyasi kengayib bordi. Dastlab Farg`ona vodiysida, keyinroq Surxondaryoda, 1960 yillarda Buxoro va Navoiy viloyatlarida, 1970 yillardan boshlab Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpog`iston hududlaridan gazning g`oyat katta zahiralari topildi.
1.2. Transportning respublika iqtisodiyotida tutgan o’rni
Har qanday hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va aholining hayot darajasini ko‘tarishda transportning o‘rni va mohiyati beqiyosdir. Transport sanoat bilan qishloq xo’jaligi o’rtasidagi ishlab chiqarish aloqalarini, mamlakatning turli hududlari o’rtasidagi mahsulot almashinishi, uning tashqi savdosinita’minlaydi Yangi hududlarni o’zlashtirishdan oldin ularga transport yo’llari o’tkaziladi. Hozirgi zamon shaharlari hayotini transportsiz tasavvur qilib bo’lmaydi . Transportning mudofaa ahamiyati ham juda kattadir.Transport moddiy ishlab chiqarishning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Uning rivojlanish darajasi mamlakat iqtisodiyotiga, unda ishlab chiqarish kuchlarining joylashish va rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.