Arxeolog-numizmat olim, akademik Edvard Vasilevich Rtveladze
O’zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, Markaziy Osiyo va uning
atroflari xalqlari tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, madaniyati, san’ati bo’yicha
yirik olim.
U 1942-yilda Gruziyaning Borjomi shahrida tug’ildi. Toshkent Davlat
universitetining
arxeologiya
kafedrasini
tugallagandan
keyin
M.E.Masson
rahbarligida «Shimoliy Kavkazning shahar madaniyati tarixi va uni O’rta Osiyo
69
bilan aloqalari» mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini, 1989-yilda esa, «Qadimgi
Baqtriya-Toxariston. Tarixiy-madaniy rivojlanishning dinamikasi» mavzuidagi
doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1980-yillardan shimoliy Baqtriyaning Kampirtepa yodgorligida boshlangan
qazishma ishlarini davom ettirib, 1990-yildan E.V.Rtveladze Toxariston arxeologik
ekspeditsiyasini tashkil etadi. Bu yodgorlikni O’rta Osiyo arxeologik yodgorliklarini
o’rganish tarixida birinchi marta qadimgi obidaning yuqori qatlamini to’liq ochishga
muvaffaq
bo’ldi.
E.V.Rtveladze
o’zining
ustozlari
M.E.Masson
va
G.A.Pugachenkova an’analarini davom ettirib, yoshlar ichidagi iqtidorlilarini
tanlab, ularni kelgusidagi ishlariga ustozlik qilmoqda. Uning shogirdlari orasida
faqat bizning vatanimiz xududidagina emas, balki jahonning Gretsiya,
Đ
sroil,
AQSh, Frantsiya, Kanada, Rossiya kabi mamlakatlarida ijod qilib kelmoqdalar. U shu
kunga qadar 20 dan ortiq monografiya, 600 dan ortiq ilmiy maqolalari tarix,
arxeologiya,
numizmatika,
madaniyat
tarixi,
tovar-pul
munosabatlariga
bag’ishlangan bo’lib, bu ishlarning juda ko’pchiligi AQSh, Frantsiya, Yaponiya,
Rossiya kabi mamlakatlarida chop etilgan. Uning juda ko’plab O’rta Osiyo tarixi va
madaniyatining turli sohalariga bag’ishlangan maruzalari jahonning ko’plab ilmiy
muassasalari va universitetlari auditoriyalarida tinglangan. U juda katta ilmiy faoliyat
olib bormoqda - Oliy attestatsiya komissiyasi Prezidiumining a’zosi, ko’plab ilmiy
jurnallar - Fan va turmush, O’zbekistonda ijtimoiy fanlar, O’zbekiston tarixi, San’at
kabi jurnallar hayat kengashining a’zosi, juda ko’plab ilmiy kitoblarga redaktorlik
qilgan, ko’plab dissertatsiyalar himoya kengashlarining a’zosi.
E.V.Rtveladzening xizmatlari davlat mukofotlari bilan qadrlangan. 1985-yilda
Abu Rayxon Beruniy nomidagi Davlat mukofotining sovrindori, 2001-yilda «Buyuk
xizmatlari uchun» ordenining sohibi, Gruziya Respublikasining «Girdebis ordeni»
soh’ibi, 1999-yilda Badiiy Akademiyaning oltin medali sohibi, 2001-yilda
E.V.Rtveladzening «Velikiy Shelkovqy
put»
kitobi O’zbekiston
Fanlar
akademiyasining «
Đ
jtimoiy fanlar ichidagi yilning eng yaxshi asari» degan diplomga
sazavor bo’lgan.
E.V.Rtveladze hozirgi payitda ham aqliy, ham ma’lumot jihatdan etilgan payti.
Uni mamlakatimiz xalqlari tarixi va madaniyatiga doir juda ko’plab monografiyalar,
darsliklar, o’quv qo’llanmalarini yozish, ko’plar shogirdlarni tarbiyalab berishiga
70
aminimiz komil.
Do'stlaringiz bilan baham: |