O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
37
Kirish.
Respublikamiz qishloq xo‘jaligi
yerlaridan, yaylovlardan samarali foydalanishni
tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
“
2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
harakatlar strategiyasida
“
qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishni izchil rivojlantirish, mamlakatimiz
oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash,
ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni
ko‘paytirish, global iqlim o‘zgarishining qishloq
xo‘jaligi rivojlanishiga salbiy ta’sirini yumshatish
”
PF-4947-son Farmonida [2] muhim strategik
vazifalar sifatida belgilab berilgan.
Mavzuning dolzarbligi.
2019 yil 20 may
kuni O‘zbekiston Respublikasining
“
Yaylovlar
to‘g‘risida
”
gi qonuni [1] qabul qilindi. Bu
borada, yana shuni aytish lozimki, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018
yil 23 apreldagi
“
Ma’muriy hududlar birliklar
chegarasini belgilash, yer resurslarini xatlovdan
o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda
geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yanada
takomillashtirish to‘g‘risida
”
gi 299-son qarori [5]
hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarish
mazkur masalalarning dolzarbligini belgilaydi.
Bugungi
kunda
qishloq
xo‘jaligi
mahsulotlarini nafaqat suvli maydonlarda
yetishtirilishini tashkil etmasdan, balki suv
tejovchi texnologiyalarni, aynan boshqa toifadagi
qishloq xo‘jaligi yerlarida qo‘llash orqali mahsulot
ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda
va buning asosiy manbalaridan biri yaylov yerlari
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019 yil 17 iyundagi PF-5742-sonli farmoni [3],
2020 yil 11 dekabrdagi PQ-4919-sonli Qarori
[4] hamda Hukumatning bir qator qarorlarida
foydalanishdan chiqqan sug‘oriladigan yerlarni
o‘zlashtirishda, lalmi va yaylov yerlarni
foydalanishga kiritishda hamda lalmi va yaylov
yerlarda yer osti suvlaridan foydalangan holda
suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, bog‘-
uzumzorlar barpo etishda davlat tomonidan
subsidiyalarni ajratish tizimi joriy etilgan.
Yuqoridagi tadbirlar uchun subsidiyalar
miqdorini aniqlash tuproqning ball bonitetiga qarab
hisoblanishi belgilab qo‘yilgan. Biroq, shu kungacha
yaylov yerlarining ball bonitetini hisoblash tizimi
mavjud emasligi sababli, subsidiyalarni hisoblash
yoki boshqa agrotexnik tadbirlarni (o‘g‘it qo‘llash
me’yori, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish,
hosildorlik
belgilash
kabilarni)
belgilash
imkoniyatini cheklamoqda.
Yaylovlarni xatlov qilish, geobotanik
tadqiqotlar o‘tkazish, har bir hududning tuproq-
iqlim sharoitlarini o‘rganish, yaylov o‘simliklari
bilan qoplanganlik darajasi bo‘yicha elektron
kartalar yaratish, mazkur kartalar asosida
yaylovlardan chorva mollarini rotatsiya usulida
foydalanish tizimini ishlab chiqish, eng muhimi
yaylov
tuproqlarining
xossa-xususiyatlarini
o‘rgangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini
etishtirish mumkin bo‘lgan hududlarni aniqlash,
iqlim sharoitiga mos bo‘lgan bog‘-uzumzorlar,
yong‘oqzorlar, mevali daraxtlar, sabzavot, poliz
va boshqa ekinlarni ilmiy asoslangan holda
joylashtirish va ularni yetishtirishni yo‘lga
qo‘yish bugungi kunda jahon bo‘yicha eng muhim
muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Bugungi kun amaliyotga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, umumqabul qilingan uslubiyotga [7; 10]
asosan, sug‘oriladigan tuproqning unumdorligi
bo‘yicha baholash agrotexnik tadbirlar va
dehqonchilikni
jadallashtirishning
o‘rtacha
darajasini hisobga olgan holda bajariladi. Bunda
tuproq unumdorligini baholash muayyan yerdagi
qishloq xo‘jalik ekinlarining talablari hisobga
olingan holda o‘tkaziladi.
N.Yu.Abduraxmonov
[9]
tomonidan
taklif etilgan shkalaga muvofiq, respublikadagi
lalmi yerlarni amaliy baholashda lalmi
hududlar
“
yog‘ingarchilik bilan ta’minlangan
”
(yog‘in >400 mm),
“
yarim ta’minlangan
”
(300-400
mm)
va
“
ta’minlanmagan
”
(<300 mm) yerlarga bo‘linishi e’tiborga olinib,
asosiy shkala ballari tuproqlarni genetik guruhlarini
yog‘ingarchilik bilan ta’minlanishi bo‘yicha
hisoblab chiqilgan (1-jadval).
Bugungi kunga qadar yaylov yerlari
tuproqlari uchun alohida baholash shkalasi ishlab
chiqilmagan.
O‘rganilgan yaylov yerlari tuproqlari sifat
bahosi lalmi hududlar uchun ishlab chiqilgan shkala
asosida [9] shartli baholandi, bunda: tuproqlarning
mexanik tarkibi, sho‘rlanish darajasi, toshloqligi,
yuvilganligi, gumus, oziqa elementlari bilan
300>Do'stlaringiz bilan baham: