R.A.Kulmatov
K.f.d., professor
J.M.Muxammadiyev
Magistrant
O‘zbekiston Milliy universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada fizik-kimyoviy va statistik usullardan foydalanib viloyatning kollektor-zovur suvlarining
xossa xususiyatlarini kompleks o‘rganib sug‘oriladigan yerlardan oqilona foydalanishga takliflar berilgan.
Kalit so‘z:
minerallashganlik darajasi, irrigatsiya, kollektor-zovur, m3/s, mln. m3, mg/l, azot nitrit, azot nitrat, azot
ammoniy, temir, fosfat, xrom, neft, fenol, ftor.
Аннотация.
В данной статье дано внесение предложений по рациональному использованию орошаемых
земель путем комплексного изучения особенностей строения коллекторно-канавных вод региона физико-хими-
ческими и статистическими методами.
Ключевое слова:
минерализация, ирригация, коллектор-дренаж, м3/с, млн. м3, мг/л, нитрит азота, нитрат
азота, аммоний азота, железо, фосфат, хром, нефть, фенол, фтор.
Annotation.
In this article was given making proposals for the rational use of irrigated lands through a comprehensive
study of the structural features of the collector-drenage waters of the region by physico-chemical and statistical methods.
Keyword:
mineralization, irrigation, reservoirs, m3/s, million m3, mg/l, nitrogen nitrite, nitrogen nitrate, nitrogen
ammonium, iron, phosphate, chromium, petroleum, phenol, fluorine.
Kirish.
Iqlim o‘zgarishi sharoitida, yuqori
darajadagi sug‘oriladigan dehqonchilik faoliyati
tufayli Orol dengizi havzasi mamlakatlarining,
ayniqsa Turkmaniston, O‘zbekiston va Janubiy
Qozog‘istonning sug‘oriladigan yerlari ikkilamchi
sho‘rlanishi uchun yuqori darajadagi tabiiy
moyillikka ega hududlardir [1,5]. Ekstensiv
ravishda sug‘oriladigan yerlardan foydalanish,
irrigatsiya va kollektor-zovur tarmoqlarining yaxshi
ishlamasligi yer osti sizot suvlari mineralizatsiyasi
darajasining
oshishi,
natijada
so‘nggi
20-25 yil davomida sug‘oriladigan yerlar meliorativ
holatining keskin yomonlashuviga olib kelgan
[2, 3].
O‘zbekistonda
sho‘rlangan
yerlar
sug‘oriladigan yerlarning 50,7% ni tashkil etadi,
shundan kuchsiz sho‘rlagan yerlar – 31,4% ni,
o‘rtacha sho‘rlagan yerlar – 15,5% ni, kuchli
sho‘rlagan yerlar – 3,8% ni tashkil etgan [4].
Hosildorlikning oshirilishi (masalan, paxta
uchun 10-15%), odatda, mineral o‘g‘itlarning
ko‘p ishlatilishi hisobiga erishilgan. Ammo
mineral o‘g‘itlarning katta miqdorda ishlatilishi
(asosan tarkibida azot bo‘lgan) ham tuproqlar
sho‘rlanishiga olib kelgan, sho‘r yuvish uchun
qo‘shimcha suv resurslarini talab etgan, bu esa
yer osti sizot suvlari sathi va mineralizatsiyasini
oshirib sug‘oriladigan tuproqlar sho‘rlanish
Do'stlaringiz bilan baham: |