O‘zbekiston zamini /2019 Tahrir hayʼati


Key words:  tax, insurance, credit, land valuation



Download 16,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/165
Sana21.04.2022
Hajmi16,18 Mb.
#570093
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   165
Bog'liq
QkpYhJ08PPUGEBGSyzeejz5Djsujhi4K0atZIk0i

Key words:
 tax, insurance, credit, land valuation.
 
Kirish.
Baholash tushunchasining kelib 
chiqish tarixi. Hozirgi vaqtda bozor isloxotlarida 
baholash hech kimga sir emaski muxim ahamiyat 
kasb etadi. Baholash – Qonunchilik va baholash 
standartlariga muvofiq muayyan sanada 
baholash ob’ektining qiymatini aniqlash uchun 
zarur ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishni 
o‘z ichiga olgan amaldagi baholash jarayoni.
Mavzuning dolzarbligi.
XIX-asrda 
yashagan rus olimi V.Dal o‘z asarlarida 
“Baholash” jarayonining asl mazmunini 
izohlab, bu kasb egalarini baholovchilar narx 
yig‘uvchilar deb yozib qoldirgan.
XVIII-asrda 
Rossiya 
imperiyasi 
podshohligida yer baholovchi shaxs, biror 
buyumni baholashdan avval “rostgo‘ylik va 
xolislik asosida baholayman”, - deb qasam 
ichishgan [1].
Ko‘chmas mulkni baholashning kelib 
chiqishi. Jamiyat taraqqiyoti va mehnat 
taqsimoti bilan birgalikda “davlat” tushunchasi 
paydo bo‘lgan.
Davlat – umumiy ijtimoiy va madaniy 
manfaatlar 
bilan 
birlashgan, 
muayyan 
hududni egallagan, o‘z boshqaruv tizimi va 
xavfsizlik tizimi mavjud bo‘lgan, ichki va 
tashqi suverenitetiga ega jamiyatning maxsus 
tashkiloti. Davlat fuqarolarning jamoatchilik 
Land of Uzbekistan
Земля Узбекистана
4/2021


O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
113
bilan aloqalari va xulq-atvorini tartibga soluvchi 
huquqiy normalarni o‘rnatish, huquqni muhofaza 
qilish, iqtisodiy jarayonlarni tashkil etish, 
muvofiqlashtirish va tartibga solish, ijtimoiy 
adolat tamoyilini amalga oshirish va boshqa 
ko‘plab funsiyalarni bajarishga chaqiriladi. 
Ushbu funksiyalar moliyalashtirishni talab 
qiladi. Moliyalashtirishning asl manbai 
soliqlar hisoblanadi. Dastlabki soliqlar asosiy 
qadriyatlar: yer, qoramol, ishchilar uchun soliq 
bilan belgilanadi.Tarixiy manbalarda qadimgi 
Misrda (Mil.av. 4 ming yillikda) fir’avnlar 
davrida asosiy daromad, davlat g‘aznasiga 
to‘lov soliq evaziga amalga oshirilgan, xalq bir 
yilda ikki marta yerdan foydalanganlik uchun 
davlat boji to‘laganligi to‘g‘risida ma’lumotlar 
keltirilgan.
Masalan, 
Qadimgi 
Yunonistonda 
asosiy daromad yer solig‘i bo‘lgan va oddiy 
kambag‘al xalqdan undirilgan. Shaharlarning 
erkin fuqarolari boy badavlat ayonlari davlat 
g‘aznasiga ixtiyoriy ehson qilishgan. Faqat 
favqulodda holatlarda urush bo‘lganda, 
dushman bostirib kelib qamal qilganda badavlat 
xonadon egalari, ayonlar orttirgan boyliklari 
daromadlarining foizidan ulush to‘lashgan [2].
Rim imperiyasida bir-biridan ajoyib soliq 
turlari joriy etilgan. Asosiy daromad manbai 
yer solig‘i bo‘lib, yerdan olingan daromadning 
10% miqdorida belgilangan. Aholining har 
biri alohida yagona jon solig‘ini to‘lashi kerak 
bo‘lgan. Mol-mulk va ishlab chiqarish vositalari 
ko‘chmas mulk, qimmatbaho buyumlar, mevali 
daraxtlar, jumladan uzumlarning soniga qarab 
ham soliq olingan.
Tarixiy manbalar qiyosiy tahlili 
natijalari asosida shuni aytish lozimki, o‘rta 
asrlarda Yevropa mamlakatlarida soliqlar 
miqdori hokimiyat tomonidan o‘zboshimchalik 
bilan belgilangan va majburlash kuchi 
asosida o‘tkazilgan. Natijada, davlatlar 
ichida doimiy keskinlik va itoatsizlik 
namoyishlari bo‘lib o‘tgan. Misol uchun, 
XVII-XVIII asrlarning o‘zidayoq Yevropa 
hokimiyati buni tushunib, yanada sodda, 
tushunarli, qulay va barqaror soliq tizimiga o‘ta 
boshlagan. Hukumatga faqat soliqlar yig‘ish 
tizimi va stavkalari emas, balki adolatlilik 
butun jamiyat uchun ilmiy jihatdan sog‘lom 
nazariya kerakligini his etgan. Hukumat davlat 
g‘aznasiga yerdan foydalanish va yer egalaridan 
olinadigan mablag‘lar asosiy qiymat manbai 
edi, shuning uchun ko‘chmas mulkning yoki 
yer ijarasi asosida hisob-kitob ishlarini amalga 
oshiradigan kadastr tizimiga asos solingan.
XIX-asrda Fransiya, Avstriya, Saksoniya, 
Vyurtemberg va Prussiyada ko‘chmas mulkning 
yoki yer ijarasi asosida hisob-kitob ishlarini 
amalga oshiradigan kadastr tizimi keng tarqala 
boshlagan. Fransiya Milliy Assambleyasi 
1790 yilda yer va binolardan olingan sof 
daromadga asoslangan ko‘chmas mulk solig‘i 
haqida qonun qabul qilingan. Yerlarni baholash 
deganda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 
mahsuloti va tannarxiga qarab belgilanadigan 
daromad ijara haqi tushuniladi. Uning hajmi 
va joyini aniqlash, o‘lchash va qayd etish zarur 
bo‘lgan bo‘lim tavsifida maxsus komissiya 
baholay boshlagan. Maxsus komissiyaning 
tarkibi ko‘chmas mulkda faoliyat ko‘rsatadigan 
jamoa vakillaridan iborat edi. Fransiyada kadastr 
tuzish tizimi 50 yil davom etgan.
Avstriyada kadastr tizimi 1817 yildan 
faoliyat yurita boshlangan. Fransiya kadastri 
tizimida agar ko‘chmas mulkning tannarxi 
aniqlanib, natijasi sotish narxlari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar bilan tekshirilsa, Avstriya kadastri 
nafaqat ko‘chmas mulkni sotish bahosini 
o‘z ichiga olgan, balki maxsus komissiyalar 
tomonidan baholash yo‘li bilan aniqlangan 
dehqonchilik, chorvachilik va mevali daraxtlar 
ham hisobga olingan. 1849 yilda yer va 
binolardan olingan sof daromadga asoslangan 
16% sof daromad solig‘i haqida qonun qabul 
qilingan.
Ilmiy manbalarda qayd etilishicha 
Saksoniya kadastri 8 yil davomida ishlab 
chiqilgan bo‘lib, 1835-yildan boshlab, yerlarni 
baholash to‘g‘risidagi qonun chiqarilgan. 
Ishlar sud organlari tomonidan uchastkalarning 
chegaralarini aniqlashdan boshlangan. So‘ngra 
tekshiruvchilar batafsil so‘rov o‘tkazib, 

Download 16,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish