O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
71
ijaraga berish huquqi berildi.
Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
yuqoridagilar bilan bir qatorda, tumanning
33520,0 gektar sug‘oriladigan ekin yerlaridagi
tuproqlarning 84,0%
ida harakatlanuvchi fosfor
miqdori, 54,3% ida almashinuvchan kaliy
miqdori, 62,6% ida gumus (chirindi) miqdori
o‘rtachadan past darajaga tushib qolgan [4]
ligi aniqlandi. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu yer
maydonlaridan qishloq xo‘jaligida yuqori samara
bilan foydalanishga imkon bermaydi.
Yuqorida qayd qilingan barcha salbiy
holatlarni bartaraf etish,
holati yomonlashib,
qishloq xo‘jaligi aylanmasidan chiqib ketgan
yerlarni qaytarish, tuproqlar unumdorligini tiklash
uchun quyidagi ilmiy˗amaliy tavsiyalarni tumanda
joriy etish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
˗
foydalanishdan
chiqib
ketgan
sug‘oriladigan
ekin
yerlarini
qaytadan
foydalanishga kiritadigan, tuproq unumdorligini
va suv ta’minotini yaxshilash texnologiyasini
joriy etadigan qishloq xo‘jaligi
tovar ishlab
chiqaruvchilariga 5 yil muddatga yer solig‘idan
ozod qilish kabi imtiyozlar berish;
˗ tumanda davlat yer kadastri
ma’lumotlarining
haqqoniy
va
to‘liq
shakllantirilishini ta’minlash maqsadida maxsus
xizmatning bu yo‘nalishdagi faoliyatini to‘g‘ri
tashkil etilishiga amaliy yordam ko‘rsatish;
˗ qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish
agrotexnikasi, yer va suv resurslaridan foydalanish
holatini geoaxborot tizimi orqali monitoring qilish,
yerni masofadan
zondlash tizimlaridan keng
foydalanini yo‘lga qo‘yish;
˗ tumanda bog‘lar, baliq hovuzlari va
issiqxonalar tashkil qilishga yer ajratishning
alohida tartibini belgilash, qaytadan qishloq
xo‘jaligiga jalb qilinayotgan yerlarda gidroponika
usulida issiqxonlar
tashkil etishni huquqiy va
moliyaviy qo‘llab quvvatlash;
˗ qaytadan qishloq xo‘jaligiga jalb
qilinadigan sug‘oriladigan ekin maydonlaridan
foydalanuvchilarga 5 yildan keyin ham
tuproq unumdorligin saqlash va oshirishini
rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni
nazarda tutgan
tabaqalashtirilgan soliq imtiyozlarini joriy etish.
Umuman tuman statistika bo‘limidan
olingan rasmiy ma’lumotlarga qaraganda,
2020˗2021 yillar davomida qaytadan qishloq
xo‘jaligi jalb qilinishi ko‘zda tutilgan 2500,0
gektar yerdan 488,0 gektar yer maydoni qishloq
xo‘jaligiga qaytarilgan, shundan 306,0
gektariga
bugungi kunga qadar turli oziq˗ovqat ekinlari
ekilgan va hosil olingan. Ma’lumotlardan
ko‘rinadiki, qishloq xo‘jaligi aylanmasidan
chiqib ketgan sug‘orilaldigan ekin yerlarini
qaytarish bo‘yicha ishlar anchagina past darajada
olib borilmoqda. Bu holatni yaxshilash uchun
tumandagi barcha imkoniyatlarni
ishga tushirish
zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: