O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Kitob tuman 1-sonli
kasb-hunar maktabi boshlang‘ich tashkiloti hisobot-saylov yig‘ilishi
BAYON I №1
2022 yil 12 sentyabr
|
Kitob tuman
|
Raislik qiluvchi
|
:
|
J.Jalolov
|
|
|
|
Kotib
|
:
|
N.Eshonqulova
|
|
|
|
Qatnashchilar
|
:
|
O‘zbekiston yoshlar ittfoqining Kitob tuman Kengashi raisi A.Ochilov, kasb-hunar maktabi direktori J.Jalolov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Ruziyev hamda delegatlar (ro‘yxat bo‘yicha)
|
KUN TARTIBI:
1. Boshlang‘ich tashkilot tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarini baholash to‘g‘risida
2. Boshlang‘ich tashkilot Kengashi tarkibi, etakchisini saylash to‘g‘risida.
3. Boshlang‘ich tashkilot faoliyatining navbatdagi o‘quv yilidagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida.
4. Ittifoqning mahalliy Kengashi konferensiyasiga delegatlarni saylash to‘g‘risida.
5. Boshqa masalalar.
Hisobot-saylov yig‘ilishida 8 nafar delegatdan 7 nafari ishtirok etdi. Yig‘ilishni ochish taklifi bildirildi va delegatlar tomonidan ma’qullandi.
Yig‘ilishning belgilangan tartib-qoidalar asosida o‘tishini nazorat qilish maqsadida 5 kishidan iborat tarkibda yig‘ilish hay’ati shakllantirildi. Uning tarkibiga O‘zbekiston yoshlar ittfoqining Kitob tuman Kengashi raisi A.Ochilov, kasb-hunar maktab direktori J.Jalolov, 1-bosqich o‘quvchisi N.Temirova, 2-bosqich o‘quvchisi S.Norimova hamda 2-bosqich o‘quvchisi P.O.roqova saylandi.
SHuningdek, 3 kishidan iborat tarkibda yig‘ilish kotibiyati shakllantirildi hamda uning tarkibiga 1-bosqich o‘quvchisi F.Pardayeva, 2-bosqich o‘quvchisi D.Qurbonov va 2-bosqich o‘quvchisi F.Nurmuxammadjonov saylandi.
Yig‘ilish hisob guruhi 3 kishidan iborat tarkibda shakllantirildi va uning tarkibiga 2-bosqich o‘quvchisi A.Turaqulov, 1-bosqich o‘quvchilari N.Tuychiyeva va D.Suyunovlar saylandi.
Hisobot-saylov yig‘ilishida asosiy ma’ruzalar uchun 15 daqiqagacha, muzokaralar uchun 3-5 daqiqagacha vaqt berilishi taklifi bildirildi va delegatlar tomonidan ma’qullandi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Kitob tuman 1-son kasb-hunar maktabi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi N.Daminovaga so‘z berildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining kasb-hunar maktabidagi boshlang‘ich tashkiloti 300 nafarga yaqin a’zolarini o‘zida birlashtirishi haqida ma’lumot berildi.
Boshlang‘ich tashkilot tomonidan tashkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar”, “Munozara”, “Zukko kitobxon”, “Zakovat”, kabi loyihalar o‘quvchilar tomonidan iliq kutib olingani va jamoatchilik tomonidan alohida e’tirof etilgani ta’kidlandi.
Hisobot yuzasidan muzokarada kasb-hunar maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Ruziyev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Kitob tuman Kengashi raisi A.Ochilov hamda 2-bosqich o‘quvchisi S.Norimova so‘zga chiqdilar.
Ular boshlang‘ich tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar, jumladan, o‘quvchilar muammolarini o‘rganishga qaratilgan so‘rovlar, kasb-hunar maktabi hududida o‘rganish va reydlar o‘tkazish, ilmiy kengash yig‘ilishlariga masalalar olib chiqishga e’tibor qaratish tavsiya etildi.
So‘ng boshlang‘ich tashkilotning o‘tgan davrdagi faoliyati ovozga qo‘yilib, delegatlar tomonidan qoniqarli deb topildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Boshlang‘ich tashkilot Kengashi a’zoligiga o‘qituvchilardan N.Ibragimova, o‘quvchilardan N.Temirova, S.Norimova va A.Turaqulovdan F.Nurmuxammadjonov, va D.Suyunov nomzodi taklif etildi hamda delegatlar tomonidan saylandi.
Boshlang‘ich tashkilot yetakchiligiga N.Daminova taklif etildi. Nomzodning saylovoldi dasturi eshitildi. So‘ng uning nomzodi ovozga qo‘yilib, 97 foiz ovoz bilan N.Daminova boshlang‘ich tashkilot yetakchiligiga saylandi.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan boshlang‘ich tashkilot yetakchisi N.Daminova axborot berib o‘tdi. Boshlang‘ich tashkilot faoliyatining navbatdagi o‘quv yilidagi ustuvor masalalari (ish rejasi) ovozga qo‘yilib, delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala yuzasidan ittifoqning mahalliy Kengashi konferensiyasiga delegat sifatida N.Daminova nomzodi ko‘rsatildi va bir ovozdan ma’qullandi.
Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, yig‘ilish
Do'stlaringiz bilan baham: |