III. Demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlar faoliyatini amalga oshirish hamda xuquqiy savodxonlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar
1. Maktabdagi o‘quvchi-yoshlarning xuquqiy bilimlarini oshirish vaa mavjud bilimlarni mustahkamlash, Demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlar faolligini oshirish maqsadida “Xuquq bilimdonlari” tanlovi o‘tkazildi.
IV. Yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlar
1. 2019-yil 5-mart kuni Bo‘ka tumani XTBga qarashli 10-o‘rta ta’lim maktabida maktab direktori, Yoshlar yеtakchisi hamda maktab sardorlari bilan hamkorlikda maktabdagi o‘quvchi yoshlarni qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni imkon darajasida hal qilish maqsadida "Direktor va o‘quvchilar" uchrashuvi o‘tkazildi.
V. Yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar
1. 2019-yil 4-mart kuni Bo‘ka tumani XTBga qarashli 10-o‘rta ta’lim maktabida maktabning Yoshlar yetakchisi, maktab kutubxonachisi hamda maktabning yetakchi klubi sardori bilan hamkorlikda o‘quvchi yoshlar bilan o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda har yili o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Yosh kitobxon” ko‘rik tanloviga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Men o‘qigan kitob” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
VI. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va oila muqaddasligi g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, erta turmush qurish va yosh oilalar ajralishining oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar
________________________________________________________________________
VII. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ijodiy to‘garaklar va xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlar:
1. 2019-yil 13-mart kuni Bo‘ka tumani XTBga qarashli 10-o‘rta ta’lim maktabida Yoshlar yеtakchisi tomonidan maktabdagi o‘quvchi-yoshlarning kasb-hunarlar haqida chuqur bilimga ega bo‘lishlari va ularning kelajakda kasb tanlashda duch kelishlari mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida "Kasblar kuni" paradi o‘tkazildi.
2. 2019-yil 15-16-mart kuni Bo‘ka tumani XTBga qarashli 10-o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanishlarini targ‘ib qilish va kompyuterda matn terish tezliklarini oshirishga ko‘maklashish maqsadida maktabning Yoshlar yеtakchisi hamda maktabning Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi bilan hamkorlikda "Oltin barmoq" musobaqasi o‘tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |