O„zbekiston xalqaro islom akademiyasi



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/149
Sana21.06.2022
Hajmi3,91 Mb.
#689117
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   149
Bog'liq
i4ucFmwV hVui-qLDImZJlmNlrfGcfGU (1)

128 
 
Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, mantiqiy izchillik 
bo‗lishini taqozo qiladi. Ammo, bu talabni nutqiy jarayonning hamma ko‗rinishlarida ham o‗rtaga 
qo‗yib bo‗lmaydi. Masalan: vazifaviylik uslublarida, xususan ilmiy va badiiy nutq uslublarida bu 
talabga qanday amal qilinishini olib ko‗raylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit bir tuzilishga 
ega. Unda kirish, asosiy qism va xulosa mavjud bo‗lib, ular yagona bir xalqaga birlashadi. Matnda 
bayon qilinayotgan fikrlar qat`iy izchillikda bayon qilinadi. Badiiy nutq tuzilishi esa, bir oz 
boshqacha. Aytaylik, fikrlar bir maromda bayon etib kelindi-yu, birdaniga uzilish yuz beradi va 
endi boshqa voqealar hikoya qilinib ketiladi. Bu narsa go‗yo mantiqiy izchillikka putur 
yetkazganday ko‗rinsa-da, aslida unday emas. Badiiy asarlarda, xususan, qissa, roman kabi 
janrlardagi keng planlilik tasvir qurilishini ana shunday tuzishni taqozo qiladi. Mantiqan putur 
etmaganligi bunday asarlarning oxirida ma`lum bo‗ladi. 
Xulosa qilganimizda, nutqning matiqiyligi deganda, yaxlit bir sistema asosida tuzilgan, 
fikrlar rivoji izchil bo‗lgan, har bir so‗z, ibora aniq maqsadga muvofiq ravishda ishlatiladigan 
nutqni tushunamiz. 
4.
Nutqning tozaligi
. Nutqning tozaligi deganda, eng avvalo, uning adabiy tilning lisoniy 
normasiga muvofiq kelish kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, yaxshi, ideal nutq hozirgi o‗zbek 
adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo‗lishi, turli til, g‗ayri adabiy til unsurlaridan xoli 
bo‗lishi kerak. Bu masalaning lisoniy tomoni bo‗lib, nutqiy tozalikning nolingvistik jihatlari ham 
undan kam bo‗lmagan ahamiyatga ega. 
Nutqimizning toza bo‗lishiga halaqit berayotgan lisoniy unsurlar, asosan, dialektizmlar va 
varvarizmlardir. To‗g‗ri, ular tilimizda ishlatilishi kerak, busiz bo‗lmaydi. Chunki, badiiy adabiyot 
tilida dialektizm va varvarizmlar bilan ma`lum badiiy-estetik vazifani bajarishi, muallifning ma`lum 
g‗oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin. Aytaylik, milliy kaloritni bermoqchi 
yoki asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilishda dialektizm va varvarizmlarga murojaat 
qilishi, hatto, zarurdir. Masalan: ―Yoshulli, saning qizing bunda gatirilmagan. Ova, yoshulli. San 
manglayi qara batkirdor, na sababda mundoq yomon so‗zlarni elga tarqatding‖ (Mirmuxsin). Ushbu 
misolda dialektizmlar hududiy kaloritni berishga xizmat qilgani kabi quyidagi misolda varvarizmlar 
– chet so‗zlar xarakter yaratishda yozuvchiga ko‗maklashgan. ―Dubora‖ yana bordi bir ishga shul, 
(so‗kib-net, - dedi, kelma durrak, poshul!) 
Parazit so‗zlar deb ataluvchi lug‗aviy birliklar ham til madaniyati uchun yotdir. Ular, asosan, 
so‗zlashuv nutqida ko‗p ishlatilib, notiqning o‗z nutqini kuzatib bormasligi, e`tiborsizligi natijasida 
paydo bo‗ladi va bora-bora odatga aylanib qoladi. Masalan: ayrim kishilar o‗zlari sezmagan holda 
demak, xo‗sh kabi so‗zlarni qaytaraverishga o‗rganib qolganlar. ―Bir dokladchining bir soatli 
nutqida, -deb yozadi A.Axmedov – ―o‗rtoqlar‖ so‗zi 101 marta, ―ya`ni‖ so‗zi 73 marta, ―demak‖ 
so‗zi 60 marta takrorlanganligining guvohi bo‗lamiz. qarang, bir soatlik nutqda 234 ta ortiqcha, 
―bekorchi‖ so‗z ishlatilgan‖ (A.Axmedov. Til boyligi. – T., 196h, 27-bet). 

Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish