25
7) orfografik me‘yorlar;
8) grafik (grafika) me‘yorlar;
9) punktuatsion me‘yorlar;
Adabiy til me‘yori tadqiqotchilari uning kо‗rinishlari haqida ham mulohaza yuritganlar.
E. Begmatov rus tilshunos olimlari R.A. Budagov, A.I. Yefimov, V.I. Koduxov,
T.A.Degtereva, Y.S.Stepanov, N.A.Belchikov va boshqalarning qarashlarini tahlil qilib va
umumlashtirib, о‗zbek adabiy tili me‘yorining quyidagi kо‗rinishlari mavjudligini kо‗rsatib
beradi: «1. Umumiy tarzda: 1) yozma nutq me‘yori - yozma adabiy til me‘yori - yozma uslub
me‘yori; 2) Og‗zaki nutq me‘yori - og‗zaki adabiy til me‘yori - og‗zaki uslub me‘yori.
Nutqning bu ikkala shakli ham yagona adabiy til me‘yorlariga tayanib ish kо‗radi. Shu
sababli ularda mushtarak lug‗aviy me‘yorlar, umumiy morfologik, sintaktik vosita mavjud. Ammo
yozma nutq amal qiladigan imloviy, punktuatsion me‘yorlar og‗zaki nutqda, og‗zaki nutq amal
qiladigan talaffuz me‘yorlari, ohangiy (intonatsion) me‘yorlar yozma nutqda yо‗q yoki yetakchi rol
о‗ynamaydi. Mana shunday farqli tomonlar yozma va og‗zaki nutqining sitaktik qurilishida, sо‗z
shakllarining tо‗liq va notо‗liq qо‗llanishlarida, imo-ishora bilan bog‗liq qositalarning ishlatilish
xususiyatlarida ham kо‗rinadi. Bular yozma va og‗zaki nutq madaniyatini egallashning о‗ziga xos
xususiyatlari mavjud ekaniga dalildir.
Oddiy sо‗zlashuv nutqi о‗zbek tilida tabiiy holda mavjud bо‗lgan og‗zaki nutq
kо‗rinishlaridan iborat. Masalan, turli о‗zbek sheva va lahjalari tili, ya‘ni dialektal nutq
kо‗rinishlari, shevachiklik unsurlari ta‘sirida bо‗lgan kundalik sо‗zlashuvning boshqa xil
kо‗rinishlari va boshqalar.
Oddiy sо‗zlashuv nutqining til bazasini adabiy til tashkil etmaydi. Oddiy sо‗zlashuv oldiga
qо‗yiluvchi nutqiy talablar aniq lahja va shevalarning tabiiy me‘yorlari bilan kо‗proq lisoniy
talablar bilan bog‗liq bо‗ladi.
1)
og‗zaki nutq bir butun hodisa (mant) sifatida cheksiz va son-sanoqsiz shaxsiy
(individual) faoliyatdir. Uning kо‗pgina qirralari turli sharoitlarda о‗zicha kechadi va payqalmagan
qolda beiz yо‗qolib ketadi;
2)
og‗zaki nutq me‘yorlarining barcha xususiyatlarini payqash, yozib olish, о‗rgatish va
о‗rganish ancha qiyinchilik bilan kechad;
3)
og‗zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari muhim rol uynaydi;
4)
og‗zaki nutqda yozma nuqtdagi kabi о‗ylab ish tutish imkoni kam bо‗ladi. Chunki
og‗zaki nutq yozma nutqdan tezkor (avtomatik) jarayon ekani bilan farqlanadi;
5)
og‗zaki nutqda shevachilikning ta‘siri kuchli bо‗ladi;
6)
og‗zaki nutqning yuzaga chiqishi sо‗zlovchining kayfiyatiga, nutq sо‗zlanayotgan
vaziyatga, sо‗zlovchi nutqiy a‘zolarining me‘yoriy va sog‗lomligiga bog‗liq;
7)
og‗zaki nutqning о‗ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud. Chunonchi gap
bо‗laklarining tushib qolishi, qisqarib ketishi, о‗rin almashishi, aksincha, keraksiz unsurlarning,
takrorlarning bо‗lishi va hokazo;
Yozma nutq doirasiga ilmiy nutq, rasmiy nutq, publitsistik nutq, qisman badiiy nutq,
shuningdek, radio va televideniye uchun tuzilgan yozma matnlar kiradi. Nutqning keltirilgan
vazifaviy tiplari ba‘zan ilmiy til, rasmiy til, badiiy til deb ham yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: