O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi muhammadolim muhammadsiddiqov


Turkiya tashqi siyosatining asosiy tamoyillari va ustivor



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/62
Sana11.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#544188
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
Bog'liq
Мусулмон мам ХМ Асосий қўллан1 iyun

 
3.3. Turkiya tashqi siyosatining asosiy tamoyillari va ustivor 
yo‘nalishlari 
Turkiya bugungi kunda jahon miqyosida ta’siri va obro’si ortib 
bormoqda, buni uning iqtisodiy salohiyati va faol tashqi siyosati bilan 
izohlash mumkin. SHu bilan birga Turkiya tashqi siyosati ikki asosiy oqim 
vakillarining qarashlari to’qnash kelganligini kuzatish mumkin: 
kamolchilar va yangi usmoniylar vakilllari. 
Har bir davlat tashqi siyosati muayyan g’oyalar va qarashlar ta’siri 
ostida bo’ladi. Mamlakat rahbariyati bu g’oyalarni tanlab oladi, 
“ulashadi”, yoyadi. So’ngi paytlargacha panturkchilik, kemalchilik, 
neosmanizm kabi g’oyalar kuchli doktrina bo’lib kelgan. Garchi 
zamonaviy tashqi siyosiy doktrina ularning hech biri bilan bog’liq 
bo’lmasada, o’sha g’oyalar milliy tashqi siyosatning shakllanishiga 
ma’lum bir ta’sirini o’takazadi. Keng ma’noda panturkchilik – bu shunday 
bir mafkura bo’lib, barcha turkiy davlatlarning birlashishini birinchi 
o’ringa qo’yadi va bu g’oyani turkiy davlatlar konfederatsiyani tuzilishi 
bilan amalga oshirishini nazarda tutadi. Panturkchilik bundan 100 yil oldin 


100 
Turkiyadan tashqarida panslavizm g’oyasiga qarshi turish maqsadida 
paydo bo’lgan. Vaqt o’tishi bilan Turkiyaga kelib, bu yerda yangicha 
ko’rinish va ma’nosiga ega bo’ldi. 
A.B. Burashkinovaning takidlashicha “panturkchilik o’zligini saqlab 
qolish uchun bilashishga intilgan kichik turkiy etnik guruhlarning 
himoyaviy mafkurasidan qayta shakllanib borgan. Natijada Usmoniylar 
imperiyasini unitar bir millatli turkiy davlatga aylantirishga urinayotgan 
ko’p sonli millat va uning elitasining qo’lidagi g’oyaviy quroli bo’lib 
qoldi”
1
. Ilk marta panturkizm g’oyalari Yosh turklarning “Birlik va 
taraqqiyot” partiyasi dasturida o’z siyosiy ifodasini topgan. Hozirgi kunda 
panturkizm – neopanturkizmning Turkiyadagi namoyondasi ultra o’ng 
konservativ PND partiyasi va uning harbiy qanoti (“Kulrang bo’rilar”). 
Panturkchilik tarafdorlari doimo parlamentga kira olgan bo’lsa ham, ushbu 
g’oya Turkiya tashqi siyosatini belgilamagan. 
Neopanturkizm ko’p jihatdan neosmanizm bilan o’xshashdir. 
Neosmanizm – bu Turkiyaning sobiq mustamlaka mamlakatlariga o’z 
ta’sirini qayta tiklashini targ’ib etuvchi doktrina. Ular kelib chiqishi, 
geografiyasi, 
strategik 
maqsadlarida 
farqlanadi. 
Panturkchilik 
– 
neopanturkizm chetdan kirib kelgan bo’lsa, neousmoniylik chinakam 
turkiy g’oyadir.
Neopanturkizm ko’proq mustamlaka hududlarini (Bolqon yarim oroli, 
Qrim, Kipr, Rodos, Kavkaz, Levant, Iroq, Eronning bir qismi, Jazoir, 
Liviya, Misr) qaytarib olish, hamma turkiy xalqlar davlatlarini 
(Ozarbayjon, Markaziy Osiyo davlatlari (Tojikistondan boshqa), Rossiya 
tarkibidagi turkiy xalqlar, Xitoydagi Uyg’uriston) birlashtirishga 
yo’naltirilgan g’oyadir
2
. Panturkchilik Turkiyani etnik qarindosh davlat va 
xalqlarni birlashtiruvchisi bo’lishini, unga yangi geosiyosiy hududdagi 
mintaqaviy “yetakchi davlat” (derjava) unvoni berilishini ilgari suradi.
Neusmoniylikning asosiy strategik maqsadi bu Turkiyani shunchaki 
mintaqaviy yetakchi davlatga aylantirish emas, balki millatlar va 
davlatlararo boshqaruv tizimining markazlaridan biri bo’lishiga 
erishishdir. 
Neousmoniylikda usmoniy va islomiy merosga e’tibor qaratiladi. 
Biroq bunda Yaqin Sharq va Bolqondagi turk mustamlakachiligini qayta 
tiklash, hamda islom huquq tizimini kiritish nazarda tutilmayapti. 
Neousmoniylik – o’z uyidagi antiklerikalizmning mo’’tadil shakli va 
1
Бурашникова А.Б. Неопантюркизм и неоосманизм во внешней политике Турции // Известия Саратовского 
университета. Новые серии. Серия «История. Международные отношения». –2013. –№ 2. –С.66. 
2
Добаев И.П. Исламский радикализм: генезис, эволюция, практика. –Ростов-на-Дону: СНК ВШ, 2003. –С. 143. 


101 
tashqi faoliyatda aktiv xatti-harakatlar demakdir. Bunda asosan, “yumshoq 
kuch” usuli bilan, ya’ni iqtisodiy, madaniy, diplomatik, siyosiy ta’sir qilish 
orqali faoliyat olib boriladi.
Neousmoniylik 
doktrinasi 
kurdlar 
masalasini 
hal 
qilishda 
madaniyatlar xilma – xilligi musulmon birdamligi kabi omillardan 
foydalanadi. Turklar va kurdlar assimilyatsiya qilmoqchi bo’lgan 
Kamolchilardan farqli o’laroq ular birlashtiruvchi omil sifatida islomga 
urg’u beradi. Usmoniylar davrida bo’lgani kabi islom turklar va kurdlar 
umumiy bayroq sifatida qaraladi. Neousmoniylik doktrinasi Turkiya 
buyukligiga qaratilgan. Bu doktrina tarafdorlari nazarida Turkiya
geografik, strategik va madaniy jihatdan Usmoniylar yoki Vizantiya kabi 
mintaqaviy yetakchi davlatdir.
Komolchilik 
nuqtai 
nazaridan 
(Yangi) 
Neousmoniylikning 
da’vogarona tashqi siyosiy maqsadlari reallikdan uzoqdir. (Yangi) 
Neousmoniylikda Kurdlarga madaniy huquq berish va islomning siyosiy 
rolini kuchaytirish dunyoviy, respublikaviy me’yorlardan uzoqlashish 
bo’lib, xatarlidir. Kamolchilik uchun (Yangi)Neousmoniylik fikrlash tarzi 
Turkiya milliy manfaatlariga ziddir. U Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoga 
nisbatan panturkizm va islomning faollashuvini ma’qullamaydi. Zeroki, 
ular haqiqiy milliy tashqi siyosat tamoyillariga ziddir. Bundan kelib 
chiqadiki, kamolchilik uchun mavjud tashqi siyosat pozitsiyalarini saqlab 
qolish muhimroqdir, xususan, mintaqada separatistik kurdlar harakatini 
cheklash.
Davlat hokimiyati “Adolat va taraqqiyot partiyasi”ga o’tgandan so’ng, 
panturkchilik, neousmoniylik, kamolchilik butunlay o’rnini globalizm 
doktrinasiga bo’shatib berdi. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bu 
dotrinani yangi usmoniylik bilan almashtirib yuboradilar, chunki ularning 
o’xshash jihatlari ko’p.
Bugun Turkiya globalizmining yirik tarafdori sobiq Tashqi ishlar 
vaziri Axmad Dovutog’lu o’z asarlarida globalizm doktrinasini asoslab 
bergan: “Muqobil paradigmalar - 1993”, “Svilizatsion o’zgarish va 
musulmon dunyosi - 1994”, “Strategik qudrat - 2001 ”, “Global inqiroz - 
2002”
1

Dovutog’luning eskicha geosiyosiy shakllangan tashqi siyosiy 
qarashlari XX 90 – yillari oxiri 2000 – yillar boshida jiddiy o’zgarishlarga 
duchor bo’ldi. U Turkiya o’zining tarixi va geografik joylashuvi uni global 
1
Davuto lu A. Alternative Paradigms: The impact of Islamic and estern eltanschauungs on Political Theory. 
Lanham: University Press of America, 1994; Davuto lu A. Civilizational Trans formation and the Muslim orld. 
Kuala Lumpur: Mahir Publications, 1994; Davuto lu A. Stratejik Derinlik: T rkiye’nin Uluslararas Konumu. stanbul: 
K re Yay nlar , 2001; Davuto lu A. K resel Bunal m: 11 Eyl l Konu malar . stanbul: K re Yay nlar , 2002. 


102 
yetakchi davlatlardan biriga aylantiradigan ulkan strategik potensialga ega 
deb, ta’kidlaydi. A. Dovutog’luning fikricha, bo’lg’usi markaziy yetakchi 
davlat bo’ladigan Turkiya Bolqon va O’rta Sharqqa o’z ta’sirini 
o’tkazuvchi davlatga aylanishi bilan cheklanib qolmasligi kerak. U 
dunyoning bir necha mintaqalarida yetakchi davlatga aylanishi uchun 
intilishi shart. A. Dovutog’luning fikricha, Turkiya bu Bolqon, O’rta 
Sharq, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Kaspiy, O’rta Yer, Qora dengizlar va 
Fors Ko’rfazi mamlakatidir. U mintaqalarning barchasiga ta’sir o’tkazishi 
mumkin. Va shundan kelib chiqqan holda global aktor bo’lishga haqlidir. 
U Turkiyaning islom va G’arb o’rtasidagi ko’prik deb qaralishiga qarshi 
chiqadi, chunki bu uning global ahamiyatini kamaytiradi.
Turkiya o’zining tarixiy va jug’rofiy o’rnidan kelib chiqib, o’ta faol 
tashqi siyosat olib borishi kerak. Bunga erishish uchun Turkiya “Soft 
power” siyosatidan foydalanishi kerak. Bunday kuchni unga mintaqalar 
bilan tarixiy –madaniy aloqalari, demokratik institutlar, gullab – 
yashnayotgan bozor iqtisodiyoti beradi. Turkiya o’zining jamiyat va 
siyosat ustidan harbiy hukmronlikning uzoq tarixi meros qilib qoldirgan 
militaristik imidjidan voz kechishi kerak. Buning o’rniga u nizolarni hal 
qilish va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik qilishga yo’nalishi kerak.
A. Dovutog’luning fikricha, Turkiya o’zining global strategik 
maqsadlariga yetishish uchun ikki shartni amalga oshirishi kerak
1

1) uning ichki siyosati bilan; 
2) uning qo’shnilari bilan munosabatlariga bog’liqdir. 
Turkiya ichki siyosati kurt masalasini hal etish kerak va Turkiya 
jamiyatining islomiy va dunyoviy elementlarning tobora o’sib borayotgan 
qarama-qarshiligini bartaraf etish kerak. A. Dovutog’lu bu nizolarni liberal 
prinsiplar asosida hal etishni taklif etadi. Turkiya kurt muammosini hal 
qilsa, jamiyatning turli qatlamlari o’rtasida kelishuvga erishsa (dunyoviy 
va diniy) o’z global imkoniyatlariga erishadi. 30 ming yildan beri davom 
etib kelayotgan va odamni boshiga yetgan kurd masalasi jamiyatni 
parokandalikka olib keldi va Turkiya byutjeti uchun og’ir yuk bo’lib, 
mamlakatning Sharqiy va Janubiy Sharqiy hududlari iqtisodiy 
rivojlanishiga 
to’sqinlik 
qildi. 
Tashqi 
siyosatda 
Dovutog’luning 
hisoblashicha, Turkiya o’zining qo’shnilari bilan mavjud bo’lgan 
muammolarini hal qilishi kerak. Turkiya yetakchi davlatga aylanishi uchun 
an’anaviy xavfsirashlardan forig’ bo’lishi kerak va o’zining barcha 
qo’shnilari bilan iliq munosabat o’rnatishi kerak. Dovud o’g’lu ta’kidlagan 
ediki Turkiya tinchlikni o’rnatish yo’nlishini rivojlantirib, mintaqaviy va 
1
Davuto lu A. Stratejik Derinlik: T rkiye’nin Uluslararas Konumu. – stanbul: K re Yay nlar , 2001. –Р.34-37. 


103 
xalqaro 
muammolarni 
hal qilishda ko’maklashib, global aktor 
majburiyatlarini o’z zimmasiga oldi. 
Turkiya nizoli hududlarga harbiy yordam jo’natib qolmasdan, 
gumanitar yordam ham jo’natishi va shu orqali transmilliy boshqaruv 
tizimiga mamlakatlarni integratsiyasiga ko’maklashishi kerak. Turkiya 
ichki ishlar hisobiga ko’ra 2005-2006-yil ko’rsatilgan moliyaviy va 
gumanitar yordam 250 million dollardan oshib ketgan. Shu paytda Turkiya 
BMTga 12 million dollar ajratgan. Umumjahon Oziq-Ovqat tashkiloti 
Turkiyani G’arbiy Afrikada ocharchilik bilan kurashish bo’yicha eng katta 
donar deb topdi. Shu yilning aprelida 1,8 millon dollar berdi. Nigeriya 600 
ming, Mali 300 ming, Mavritaniya 300 ming, Burkina-Faso 200 ming, 
Siyerra-Leone 200 ming va Gvineya 200 ming. 2006-2009-yillarda TIKA 
kanallari bo’yicha 700 million dollar halqaro yordam ajratilgan. Hozirgi 
Turkiya Tashqi siyosat doktrinasi yana bir tarkibiy qismi global tartibotdir.
Dovutog’lu global tartibot tizimini ilgari surib, uning 3ta tayanchini 
takidlaydi
1
: Iqtisod, Siyosat, Madaniyat. Uning so’zlariga qaraganda, 
bugungi global muammolarni hal qilish uchun ikki tomonlama 
mexanizmlar yetishmaydi. Buning sababi shuki, asosiy e’tibor davlarga 
beriladi, global tartibotga emas. BMT tizimi zamonaviy xavf xatarlarni 
oldini olishga qodir emas. Dovutog’lu xalqaro moliyaviy iqtisod tizimni 
isloh etishni aytib o’tgan. Madaniy sohada Dovutog’lu S.Hantingtonning 
“Tamaddunlar to’qnashuvi” nazariyasidan voz kechish vaqti yetib keldi. 
Keng miqyosdagi madaniy qayta tiklanish insoniyat o’zaro hamkorligi va 
munosabatlarining yangi shakllari ulkan imkoniyatlar paydo bo’lishi deb 
qaraladi. O’zaro aloqalar madaniyatlar rivojlanishiga yangi turki bo’ladi. 
Va chinakam global madaniyat vujudga kelishiga ko’maklashadi. Bunga 
misol qilib Dovutog’lu 108 mamlakatni o’z ichiga oluvchi Turkiya va 
Ispaniya boshchilik qiladigan BMT Svilizatsiyalar Alyansini keltiradi
2
.
A.Dovutog’lu Turkiya tashqi siyosatining oltita prinsipini aniqlab 
bergan: 
Birinchisi, erkinlik va xavfsizlik o’rtasidagi muvozanatni aniqlash 
(Arab bahori). Qolgan prinsiplar “Qo’shnilar bilan masalalar nol” nomli 
1
Davuto lu A. Global Governance. –Ankara: Republic of Turkey Ministry of Foreign Affairs Center for Strategic 
Research, 2012. –P.11. 
2
UN Alliance of Civilizations (UNAOC). The UN Alliance of Civilizations: Building Intercultural Dialogue through 
Shared Initiatives. New York: UNAOC, 2012; UN Alliance of Civilizations (UNAOC). Achieving the Goals of the UN 
Alliance of Civilizations Through Shared Initiatives. New York: UNAOC, 2012; Boulaich K., Dosenrode S. The 
Alliance of Civilizations: The Spanish Approach to Bridging the Divide Between Islam and the West // Clash or 
Cooperation of Civilizations?: Overlapping Integration and Identities / Ed. by W. Zank. –Farnham: Ashgate, 2009. –P. 
65-82. 


104 
asarida keltirilgan. 5- 6 – xalqaro forumlardan samarali foydalanish va 
Turkiyaning yangi qiyofasini yaratish. 
Bularning barchasi Turkiya tashqi siyosati rivojlanishiga qaratilgan. 
Boshqacha qilib aytganda, Respublika o’zining mafkuraviy modelini ilgari 
suradi va u islomiylik va dunyoviylikni ratsional (oqilona) likka 
asoslanadi. Turkiya tashqi siyosatini belgilovchi asosiy hujjat “Yashirin 
Qizil Kitob” yoki maxfiy konstitutsiya hisoblanadi. Unda respublika 
asosiy dushman va tahdidlari yozib qo’yiladi.
“Kitob”ning yangi varianti har besh yilda Turkiya Milliy Kengashi 
yig’ilishida qabul qilinadi. Turkiyaning sobiq prezidenti A.Gul so’zlariga 
qaraganda oldingilaridan farqli o’laroq mazkur versiyada muayyan bir 
fuqarolar guruhi milliy xavfsizlikka tahdid qilishi ko’rsatilgan. 
Ajablanarlisi shuki, Turkiya xavfsizligiga tahdid soluvchi Rossiya, 
Gretsiya, Eron, Iroq chiqarib tashlangan. Rasmiy Moskva yirik hamkor 
sifatida qaraladi. 
SHu bilan birga Turkiyaning mintaqaviy siyosatida Yaqin Sharq o’rni 
katta mavqega ega bo’lib, mintaqa nisbatan siyosati faollashib 
borayotganini kuzatish mumkin. Yaqin Sharq tomon Turkiyaning qisqa 
muddatli tashqi siyosat ustiga barpo etilgan uch geosiyosiy darajalari bor. 
Bu qatlamlarning har biri qo’llab-quvvatlovchi yoki zararli ham bo’lishi 
mumkin.
Birinchidan, Kurd masalaning geosiyosat bu o’zgarishlar jarayonida 
Anqaraning muvaffaqiyati uchun katta ahamiyat kasb etadi. Buning 
o’rniga, Turkiya mintaqaviy darajada Kurd muammosida asosiy o’rinni 
egallagan. Erdoganning Diyarbakir yig’ilishda Kurdiston terminidan 
foydalanishi Turkiya siyosatida ta’qiq so’z hisoblanadi. Aniq bo’lishi 
uchun, Turkiyaning manfaatlari kurdlar bilan o’xshash jihatlari bor. 
Boshqacha qilib aytganda, mintaqadagi kurdlar demokratik va iqtisodiy 
imkoniyati Turkiya uchun foyda hisoblanadi. Bu, ehtimol, ikki guruh 
o’rtasida hamkorlikni olib keladi. Bu rivojlanish Iroq bilan aloqalarda 
sezilarli ta’sir qiladi. Bag’dod va Anqara o’rtasidagi yaqinlikning dastlabki 
signallari Ahmet Davut o’g’luning Iroq poytaxtiga va Karbalo muqaddas 
shahariga so’nggi tashrifi bilan bog’liq. Bu tashrif umuman Yaqin 
Sharqda, xususan, Iroqda sunniylar va Shia o’rtasida dushmanlik 
munosabatlarini yumshatish uchun, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega edi.
Ikkinchidan, Erdog’an hukumatining strategik moslashtirish siyosati
to’rt mintaqaviy aktorlar -Turkiya, Eron, Misr va Saudiya Arabistoni- 
birgalikda bir butun sifatida mintaqaning kelajak xavfsizligini 
shakllantirishi mumkin bo’lgan ijobiy muhitni yaratishdan iborat.


105 
Uchinchidan, Turkiya mintaqadagi barcha aktorlarning tinch 
mavjudligini saqlab qolish uchun mintaqaviy konvertatsiya xavfsizligini 
birinchi o’ringa chiqardi. Shu maqsadda, Erdog’an hukumati tashqi 
siyosati metodologiyasi sifatida Turkiyaning strategik moslashuvchan 
yordamida mintaqaviy aktorlar orasida strategik nizolar bartaraf etishga 
e’tibor qaratiladi. Ankaradagi ma’lumotlarga qaraganda, bunday 
yondashuv faqat yuzma-yuz inqiroz barcha viloyat aktorlar manfaatlarini 
inobatga e’tiborga olishni talab etadi. 
Aytish mumkinki, Turkiyaning tashqi siyosat mafkurasining 10 yillik 
rivojlanishi mamlakatning tashqi ta’sirini kuchaytirishga urunish sifatida 
ko’riladi. Turkiya mafkurasining elementlari: adolatli dunyo tartibotini 
yaratish, 
panturkizmga 
murojaat 
qilish, 
mintaqalararo 
samarali 
diplomatiya olib borishni ustuvor deb, hisoblaydi. Turkiya tashqi siyosiy 
mafkurasi o’zining mavjud pozitsiyasini saqlab qolishga emas, balki 
xalqaro tizimni qayta qurishga qartilgan.
O’zbekiston va Turkiya munosabatlariga to’xtaladigan bo’lsak, 
Turkiya Respublikasi, 1991 yil 16 dekabrda O’zbekiston Respublikasi 
mustaqilligini tan olgan va Toshkent shahrida o’z elchixonasini ochgan ilk 
davlat hisoblanadi. O’zaro aloqalarning huquqiy asosini yaratish va yana 
ham mustahkamlash maqsadida 90 dan ziyod ikki tomonlama bitim
shartnoma va bayonnomalar imzolangan bo’lib, oliy darajada ko’p 
marotaba o’zaro tashriflar amalga oshirilgan
1
. 2014 yil iyulda Turkiya 
sobiq tashqi ishlar vaziri A.Dovuto’g’lu O’zbekistonga tashrif buyurdi. 
Turkiya Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi o’ratasidagi 
o’zaro hamkorlik imkoniyatlari kengaymoqda, ikki tomonlama 
hamkorlikni katta salohiyatga istiqbolli har bir sohada yanada rivojlantirish 
ko’zlanmoqda. O’zbekiston, tarixiy va madaniy merosi, strategik 
joylashuvi, tabiiy boyliklari va Markaziy Osiyo aholisining yarmini tashkil 
etgan 30 milliondan ortiq aholisi bilan mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni 
ta’minlashda juda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turkiya, 
Yevroosiyoning barqarorligi va farovonligi nuqtai nazaridan O’zbekiston 
bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini har sohada rivojlantirishga har doim 
katta ahamiyat bergan va bermoqda. 
2013 yilda mamlakatlar o’rtasida tovar aylanmasi 1 milliard 347 
million AQSH dollarini tashkil etdi va bu 2012 yilga nisbatan 10,5 foiz 
ko’pdir. O’zbekistonda Turkiya sarmoyasi ishtirokida 485 korxona faoliyat 
yuritmoqda. Turkiya tashqi ishlar mahkamasi rahbariga ko’ra, tomonlar 
1
Туркия – Ўзбекистон: дўстлик, ҳамкорлик йўлидаги муносабатлар // http://sharh.uz/siyosat/item/332-turkiya-va-
uzbekiston-dustlik-hamkorlik-yulidagi-munosabatlar - 31 Октябрь 2013 


106 
hamkorlikning birinchi bosqichida o’zaro savdo aylanmasini 3,5 milliard 
dollarga, keyingi bosqichida esa 5 milliard dollarga yetkazishga kelishib 
olgan. 
O’zbekiston tomonining ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yili o’zaro savdo 
aylanmasi hajmi 40 foizga o’sib, 2 milliard 172 million AQSh dollarini 
tashkil etdi. Mamlakatga 75 mingga yaqin Turkiya fuqarolari tashrif 
buyurdi, bu esa o’tgan yilga qaraganda deyarli ikki baravar ko’pdir. Bu 
kabi ijobiy o’zgarish o’zaro munosabatlarning boshqa sohalarida ham 
kuzatilmoqda. 
Turizm sohasida o’ziga xos brendga aylangan mamlakatimizga tashrif 
buyurgan O’zbekistonlik sayyohlar sonining ham bunday o’sishlarga 
parallel ravishda jadal ortishi va ikki mamlakat orasidagi ko’p tomonlama 
aloqalarning rivojlanishi eng katta istagimizdir.
O’zbekiston biznes safarlari hamda turizm maqsadidagi safarlar 
uchun ahamiyatli bir joziba markazi hisoblanadi. Mamlakatimizda 
O’zbekistonga bu jihatdan katta qiziqish bor.
2018 yilda Turkiya musulmon davlatlardan O’zbekistonga tashrif 
buyuruvchi sayyohlar soni bo’yicha etakchiga aylandi. 2018 yilda 
musulmon davlatlardan O’zbekistonga keluvchi sayyohlar soni oshganini 
kuzatmoqdamiz, jumladan Malayziyadan (66 foizga o’sgan) va 
Indoneziyadan (88 foiz).
2018 yilda musulmon davlatlardan O’zbekistonga kelgan sayyohlar 
soni bo’yicha Turkiya (41299), Pokiston (5568), Malayziya (2768), Eron 
(2658), Indoneziya (1589) va BAA (1580) etakchilik qilgan. Bu davlatlar 
fuqarolari O’zbekistonga turizmning boshqa turlari bilan bir qatorda 
ziyorat turizmi yo’nalishida tashrif buyurmoqdalar. 
Turk qurilish kompaniyalari O’zbekistonda 1991-2012 yillar 
mobaynida taxminan 2 milliard AQSH dollari miqdorida qurilish ishlarini 
amalga oshirdilar. Bugungi kunda “Çal k Enerji” firmasi 2009 yilda 
boshlangan Navoiy issiqlik elektr stansiyasidagi ishlarni tugallab, 
topshirish arafasida turibdi. “DAL Teknik Makine” firmasi esa yaqinda 
Jizzax sement zavodini qurish ishini o’z zimmasiga oldi. 
O’zbekistonda kiritilgan Turkiya investisiyalari jami miqdori 1 
milliard AQSH dollaridan ortiq bo’lib, Turkiya sarmoyasi ishtirokida 579 
korxona va 84 ta firma vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur 
korxonalar asosan yengil sanoat, oziq-ovqat, mehmonxona xo’jaligi, 
qurilish materiallari va plastik, farmasevtika hamda xizmat ko’rsatish 
sohalarida faoliyat olib bormoqda. Tekstil sohasida faoliyat ko’rsatayotgan 
korxonalarimizning bugungi kunda O’zbekiston iqtisodiyotiga yiliga 300 


107 
million AQSH dollari atrofida eksport ulushini qo’shganligi va 50 000 
kishini ish bilan ta’minlagan. Bu ikki davlat munosabatlarining ijobiy 
tomonga o’zgarishi ko’rsatadi. 
2018 yilning 30 aprel kuni Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’anning 
O’zbekistonga tashrifi chog’ida ikki davlat o’rtasida o’zaro 
munosabatlarni yanada mustahkamlash borasida 25 ta hujjat imzolandi. 
O’zbekiston-Turkiya ishbilarmonlari 3 milliard dollarlik kelishuvlarga 
erishdilar. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish