O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi muhammadolim muhammadsiddiqov



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/62
Sana11.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#544188
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
Bog'liq
Мусулмон мам ХМ Асосий қўллан1 iyun

Decisive Storm
” deb nomlandi. 2016 yil 11 apreldan boshlab, tinchlik 
sulxi amal qilinmoqda. 
 
- Mintaqada tashqi kuchlarning faollashuvi, an’anaviy aktor sifatida 
AQShning mavjudligi, Suriya masalasida Rossiyaning aralashuvi va 
Xitoyning ilk bora 2016 yil martdan Suriya bo’yicha maxsus vakilining 
joriy etilishi, Britaniya va Fransiyaning turli tashabbuslari (Liviya, Suriya 
bo’yicha). 


44 
AQShlik siyosatshunos G.Kissenjer e’tiroficha, tashqi kuchlar 
bugungi kunda Yaqin Sharq mintaqasi o’z strategiyalarini yoki “Sovuq 
urush” davridagidek, yoki undan keyingi davrdagidek aniq shakllantirib 
olishlari kerak. Sovuq urush davomida mintaqa yetakchi kuchlarning 
to’g’ridan-to’g’ri musobaqasi bo’ladigan yagona mintaqa emas edi.
NATO-Varshava o’rtasidagi kelishmovchiliklar, Korea va Vetnam 
urushlari, ikkinchi alyans dunyo tinchligiga xavf tug’diruvchi markazlar 
edi. 1990 yillardan keyin Rossiya, Xitoy, Amerika Qo’shma Shtatlari va 
ko’plab Yevropa xalqlari Yaqin Sharqqa nisbatan zero-sum prinsipi 
asosida yondashishdi.
Yaqin Sharq mintaqasi AQSh tashqi siyosati strategik ahamiyat kasb 
etuvchi mintaqalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda AQShning 
demokratlashtirish va xalqaro terrorizmga qarshi kurash siyosatining 
aksariyat qismi mazkur mintaqada amalga oshirilayotganini kuzatishimiz 
mumkin. Buning geografik va strategik jihatdan Yaqin Sharq chegarasini 
aniqlab olish dolzarb sanaladi. AQShning mintaqadagi manfaatlari 
shakllanishi Ikkinchi jahon urushidan so’ng faollasha boshlaydi va 
mintaqada bir qator geoiqtisodiy va geosiyosiy manfaatlar majmuasi 
mavjud bo’lib, ularni ta’minlash maqsadida bir qator strategiyalarni 
amalga oshirib kelayotganligini kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, 
AQShning Yaqin Sharqning asosiy ta’sir zonasi sifatida baholashi bir 
tomondan Yaqin Sharq mintaqasining geosiyosiy holati, uning 
geostrategik jihatlariga ham bog’liqdir.
2001 yil 11 sentyabr voqealaridan so’ng AQShning Yaqin Sharqdagi 
siyosatining 
faollashganini, 
demokratlashtirish 
jarayonlarini 
jadallashtirishga intilishi sezilarli davrajada oshganligini kuzatish mumkin. 
Bu o’rinda AQSh tashqi siyosatida asosiy jihat sifatida quyidagilarni 
keltirish mumkin: 
Birinchidan, Yaqin Sharqdagi milliy manfaatlarni ta’minlashni 
yanada kuchaytirish
Ikkinchidan, arab-musulmon olamiga demokratiyani olib kirish, 
demokratik institutlarning shakllantirishga ko’maklashish; 
Uchinchidan, Isroil xavfsizligini ta’minlash, xavfsizlik tizimini qayta 
ko’rib chiqish. Asosan Eron va Iroq doirasida; 
To’rtinchidan, mintaqada ommaviy qirg’in qurollarining yoyilishiga 
yo’l qo’ymaslik va terrorizmga qarshi kurashish; 
Beshinchidan, Isroil-Falastin masalasini tinchlik muzokaralar yo’li 
bilan hal etishga urinish. 


45 
Bundan tashqari, taniqli siyosatshunos Genri Kissenjer fikriga ko’ra, 
butun Yaqin Sharqda Amerkacha mehanizm ta’siri quydagicha 3 ta asosda 
ko’riladi: 1) hududiy kuchlar muvozanatini tutib turish, 2) neftni muayyan 
tartibda yetkazib berishni ta’minlash, 3) amerikaga tahdid solayotgan 
musulmon guruhlarni tor - mor etish. 
AQSh Yaqin Sharqda bevosita eng yaqin Ittifoqdoshlari Buyuk 
Britaniya va Fransiya bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. So’nggi 
tendensiyalar shuni ko’rsatadiki, bir qator masalalarda tomonlarning 
o’zaro qarashlari mos tushmoqda. Masalan, Yaman masalasi AQSh va 
Yevropadagi hamkorlari Saudiya Arabistonini qo’llab-quvvatlashdi. 
Shuningdek, IShIDga qarshi AQSh boshchiligidagi koalisiyaga 2014 yilda 
kuzda qo’shilgan bo’lsa, Fransiyaning qo’shilishi 2015 yil kuzga to’g’ri 
keladi. Bundan tashqari 2016 yil 13 aprelda Suriyada parlament saylovlari 
o’tkazildi va bu AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan haqiqiy 
emas deb topilib, saylovlar faqat Suriyaning yangi konstitusiyasi qabul 
qilingandan keyingina o’tkazilishi mumkin deb hisoblashmoqda. 
Bundan tashqari 2016 yil 29 fevralda NATO va Kuvayt o’rtasida 
amirlik hududidan tashkilotning qo’shinlari va texnikalarini tranzit qilish 
borasida shartnoma imzolandi. Mazkur Shartnoma arab monarxiyalari 
ichida birinchi hisoblanadi. 2016 yil 6 martda esa Fransiya va Misr O’rta 
Yer dengizida Ramzes-2016» harbiy o’quv mashg’ulotlarini boshlashdi.
Yaqin Sharqning Rossiya tashqi siyosatidagi ahamiyati, mintaqadagi 
manfaatlari va olib borayotgan siyosatini umulashtirgan holda, AQSh 
Xeritej Jamg’armasi (The Heritage Foundation)ning taniqli eksperti 
A.Koen ta’kidlaganidek, Rossiyaning Yaqin Sharq siyosati borasi 
quydagicha xulosa qilish mumkin: 
Birinchidan, Yaqin Sharq monarxiyalari va Erondagi islom dini 
yetakchilarini qabul qilishi bilan Rossiyaning G’arbning xalqaro siyosiy 
vaziyatidan ajralishini ko’rsatadi. Shuningdek, G’arbning Yaqin Sharqdagi 
demokratiya va inson huquqlari borasidagi yondashuvlarini rad etdi; 
Ikkinchidan, Rossiyaning Yaqin Sharqda, avvalo, Britaniya va 
so’ngra AQSh mavjudligiga qarshilik qiluvchi Sobiq Ittifoq modelidan 
bormoqda; 
Uchinchidan, Rossiya rahbarlari mamlakatda musulmon diniga 
e’tiqod qiluvchi aholi orasida tug’ilish nisbatining ortishi va aksincha 
slavyan xristianlari soni kamayib borishidan havotirda. Ularning Yaqin 
Sharq davlatlari tomonidan qo’llab-quvvatlanishiga yo’l qo’ymaslik 
Kremlning Yaqin Sharq siyosati kun tartibidan muhim o’rin olgan deyish 
mumkin;


46 
To’rtinchidan, OPEKdan tashqari Rossiya eng yirik gaz va neft 
ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi davlat hisoblanadi. Jahon energiya 
bozorida narxlarning muvozanatini barqarorlashtirishda mintaqa davlatlari 
bilan OPEK doirasida hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyatga 
ega.
Beshinchidan, Yaqin Sharq nizolarga boy hudud bo’lib, bu Rossiya 
uchun qurol bozori geografiyasini va eksport hajmini yanada oshirishga 
xizmat qilishi mumkin. Rossiya qurol va yadroviy reaktorlarini 
Germaniyaning XIX asrda temir yo’l qurishi loyihasi singari Yaqin 
Sharqdagi ta’sir etish vositalaridan biriga aylanishi tarofdoridir deb xulosa 
qilish mumkin.
Aytish mumkinki, Yaqin Sharqda strategik muvozanatning 
shakllanishi mintaqaning geosiyosiy holati, mintaqa davlatlarining o’z 
xavfsizlik muhitlarini qay darajada anglay olishlari hamda mintaqa 
doirasidagi va tashqarisidagi yetakchi davlatlar bilan qanday siyosat olib 
borishlariga bog’liq. Agar mintaqa davlatlari orasida nizolarga qarshi 
birgalikda kurashish uchun mufoviqlashtirish markazlari mavjud bo’lmasa, 
mintaqada to’liq tinchlikni ta’minlab bo’lmaydi.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish