O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi muhammadolim muhammadsiddiqov



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/62
Sana11.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#544188
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
Bog'liq
Мусулмон мам ХМ Асосий қўллан1 iyun

YeI va NATO: 
Afg’oniston shuningdek Yevropa Ittifoqi va NATO 
bilan munosabatlarga strategik ahamiyat qaratib, ularni eng sahiy va sodiq 
do’stlaridan biri sifatida ko’radi. YeIning Afg’onistonga qaratilgan ijobiy 


134 
rolini to’liq anglab etgan holda, xususan, transmilliy adolat tomon 
yo’naltirilgan say-harakatlarni ijobiy baholaydi. U NATOning 
Afg’onistondagi kengayotgan missiyasini qo’llab-quvvatlab kelmoqda. 
Chunki ular 2003 yil avgustida ISAF ustidan qo’mondonlikni o’z bo’yniga 
oldilar. Bugungi kunda Afg’oniston NATO bilan mustahkam hamkorlikni 
o’rnatishga intilmoqda.
Terrorizmga qarshi kurash:
Terrorizm Afg’onistonning asosiy 
muammosi hisoblanadi. Terrorizm ko’p qirrali hodisa bo’lib, atrof-muhit 
bilan uzviy bog’liq. Afg’onistondan umumiy terrorizmga qarshi kurashda 
o’z ittifoqchilari bilan hamkorlik qilib kelmoqda Afg’oniston to’liq 
xalqaro huquq va normalar tamoyillaridan kelib chiqib, terrorizmdan 
davlat boshqaruvi sifatida foydalanishni davom ettiruvchilarga qarshi 
kurash olib bormoqda. U Xalqaro hamjamiyatni terrorizm tabiati, belgilari, 
sabablari, manbalariga qarshi aniq va printsipial qarshi kurashish 
kampaniyani davom ettirishga chaqiradi.
Giyohvandlikka qarshi kurash:
Afg’onistonning giyohvandlik 
ustidan nazorat qilish bo’yicha Milliy strategiyasida, giyohvandlikka 
qarshi kurashish bo’yicha afg’on konstitutsiyasi va Afg’on qonunchiligi 
bo’yicha, hukumat nomidan giyohvandlikka qarshi kurashish bo’yicha 
siyosatni ishlab chiqish, nazorat qilish va baholash bo’yicha olib 
boriladigan say-harakatlarga giyohvandlikka qarshi kurashish vazirligi 
muvofiqlashtirishga boshchilik qiladi. Agar u giyohvandlikka qarshi 
ko’pqirrali kurashish strategiyasini amalga oshira olmasa, Afg’oniston 
uchun katta tahdid solib turgan Giyohvandlik muammosini to’liq tan olgan 
bo’ladi. Shuningdek, giyohvand moddalar “talabi” kuchayib borar ekan, 
uning giyohvand moddalar ustidan muvafaqqiyatga erishishi uchun 
xalqaro hamjamiyatning to’liq ishtiroki muhim ahamiyatga ega. 
Afg’oniston uchun yana bir muhim masala bu “Shimol-Janub” 
munosabatlari hisoblanadi. Globallashuv sharoitida xavfsizlik va 
farovonlik bo’linmasdir. Global muammolarni bizning umumiy muammo 
va majburiyatlarimiz deb bilishga ehtiyoj mavjud. Bu esa o’z navbatida 
mavjud muammolarni echimini topish uchun “Shimol” va “Janub” 
o’rtasida hamkorlik o’rnatish, shuningdek mustamlaka siyosati merosini 
hal etishi lozim. Barqaror rivojlanish: Barqaror rivojlanish yo’llariga 
erishish yana bir muhim masalalardan biri hisoblanadi. Afg’oniston butun 
dunyo miqyosida va mamlakat ichidagi ijtimoiy adolatni o’rnatishda, 
atrof-muhit himoyasiga yetarli e’tibor berilmasa barqaror rivojlanishga 
erishib bo’lmaydi deb hisoblaydi. BMTning Ming yillik rivojlanish dasturi 
mavjudligi tufayli xalqaro hamjamiyat o’zining majburiyatlarini, shu 


135 
jumladan kelgusi avlodlar uchun, yo’llar va imkoniyatlar bilan ta’minlash 
mexanizmi mavjud. 
Ommaviy qirg’in qurollari: 
Zamonaviy urush tabiatini hisobga 
olgan holda, Afg’oniston ommaviy qirg’in qurollarining ko’p turlaridan 
foydalanish xalqaro normalarga zid deb hisoblaydi. Afg’oniston Osiyo va 
Yaqin Sharq mintaqalarini yadro qurollaridan holi bo’lishini qo’llab-
quvvatlaydi.
Afg’oniston tashqi siyosatida «Pushtun diplomatiyasi»
Tarixan, 
Qobulda pokistonlik pushtunlar bilan muloqot uchun turli xil moyillar 
bo’lgan. 2014-yilda Afg’oniston milliy birlik hukumati tashkil etilgandan 
boshlab, Qobul Afg’on-Pokiston ikkitomonlama munosabatlarini qayta 
tiklash instrumenti sifatida “pushtun diplomatiyasi”dan foydalanib, rasmiy 
mo’’tadil muzokaralarni qaytadan boshlash uchun sharoitlar yaratdi. 
Afg’on hukumati shuningdek pokiston milliy va diniy partiyalari shaxslari 
va vositachilari tomonidan afg’on tinchlik jarayonini mustahkamlashni 
qo’llab-quvvatlaydi. Biroq “pushtun diplomatiyasi” mazkur hukumat 
uchun yagona emas. Kobul pushtun kartasini Pokiston tashkil 
yaratilishidan oldin beri o’ynab kelmoqda. XIX asrdagi Katta O’yin 
davomida pushtun diplomatiyasining yaqqol ko’ringan sababi 
ikkitomonlama aloqalarni yaxshilash bo’lmasdan, balki Britaniya 
imperiyasiga bosim o’tkazish uchun, Britaniya nazorati ostidagi qabila 
hududlarida pushtun inqiloblarini qo’llab-quvvatlab, yordam berilgan. 
Ushbu siyosat doirasida afg’on etakchilari Vazir, Maqsud, Sherani va 
ko’pgina qolgan pushtun qabilalari Afg’onistonda huquqiy mulk hujjatlari 
bilan ta’minlab boshpana berdi. Kobul tomonidan aksilbritan 
qo’zg’olonlarini qo’llab-quvvatlanishi pushtunlarning etnomillatchilik va 
“Pushtunvali” kontsepsiyasi asosida shakllantirildi. Qobuldagi Pushtun 
kartasi 1947 yilda Pokiston tashkil topgandan so’ng Qobul pokistonlik 
pushtunlarning mustaqilligi huquqini himoya qilib, Pokiston xavfsizlik 
organlari tomonidan buzilayotgan millatchi pushtunlarning huquq va 
erkinliklari buzilishi bilan bog’liq tashvishni bildirdi.
Afg’oniston ayniqsa Ayyub Xon harbiy boshqaruvi davrida 
pushtunlarning huquqlari to’g’risida ochiq fikr bildirib, nozo’ravon 
pushtun etakchilari Xon Abdul G’affor Xon va Abdul Samad Xon 
Axakzaylar kabilarning Pokiston hukumati tomonidan aynan siyosiy 
qarashlari uchun muntazam hibsga olinishlarini: birinchi navbatda 
Pushtuniston mustaqilligiga da’vat etish, keyinchalik uning avtonomiyasi 
va suverenitetini tan olish. Qobulda Pushtun diplomatiyasiga erishish 
uchun ikki maqsad ishlab chiqildi: birinchidan, Afg’oniston va Pokiston 


136 
o’rtasidagi chegaraning Dyurand chizig’ini tan olmaslikni qo’llab-
quvvatlash; ikkinchidan, “pushtuniston xvoni” (pan-pushtunizmni) targ’ib 
etish. Birinchi maqsad avvalgidek Afg’oniston siyosati bo’lib qolib, 
ikkinchisi esa asosan sovuq urush davridan beri kelayotgan tashqi siyosiy 
doktrinasi bo’lib qolmoqda. Hozirda u afg’on siyosatida mavjud emas. 
“Sovuq urushi” davridagi ushbu siyosat doirasida afg’on hukumati 
millatchi-pushtunlarni qo’llab-quvvatladi (bir qancha Baluxlik millatchilar 
bilan bir qatorda, Navob Xayr Baxsh Marri kabilar). Qobul ular uchun 
boshpana, fuqarolik, mehroblar va hattoki kelinlar bilan ta’minladi 
(masalan, Djuma Xon So’fiy sobiq afg’on vaziri Pulito Suliman Laiq 
qiziga uylandi). Afg’onistonda panoh topganlarning eng mashhurlari: 
Abdul G’affor Xon, Fotix-ul-Mulk Nang Yusufzay, Adjmal Xattak, Djuma 
Xon Sufi va Ayyub Achakzaylar bo’lgan. Geostrategik manfaatlardan 
tashqari, Qobul pushtun millatchilariga yordam ko’rsatib, xorijda pushtun 
manfaatlari ilg’or bo’lishi kerak deb hisoblagan. Etnik jihatlari bilan bir 
qatorda pushtunistonizm Afg’oniston tashqi siyosatida axloqiy jihatga ega 
bo’lib, unga Pushtunvali rahbarlik qilgan. Hamid Karzay va pokistonlik 
pushtun millatchilari Posttolib davrda Dyurand chizig’i ikki tomonining 
ishonchsizligi va radikallashuvi tufayli Hamid Karzay Pokiston bilan 
pushtun diplomatiyasini qayta tiriltirdi. H.Karzay ikkala tomondagi 
pushtunlarni Loyya Jirg’a (katta majlis)ga yig’ilishga undashga harakat 
qildi va o’z kelajagi uchun bir qarorga kelishga chorladi. Chunki, ham 
Afg’onistondagi, ham Pokistondagi pushtunlar “terror bilan urush” va 
“jihod” kabi hodisalar ta’siridagi odamlar edi. Pokiston bilan birga 
o’tkazilgan bir necha uchrashuvlarda ko’pchilik kelishmovchiliklar va 
qiyinchiliklardan so’ng, Vashington bosimi va qo’llab-quvvatlashi tufayli, 
2007 yil 9-12 avgustida Afg’oniston va Pokistonning 90 mingdan ziyod 
a’zolari Dunyo Loyi Jirg’asida qatnashdilar. 2008 yilda bo’lib o’tgan 
dunyo jirg’asi jirgagay (kichik djirga)da toliblar bilan tinchlik 
muzokaralarini olib borishga zamin yaratdi. 2007 yilgi Loyi Jirg’a 2009 
yilda Afg’onistonda o’tkazilgan yana bir Loyi Jirg’a o’tkazishga imkon 
yaratdi va ushbu majlisda afg’on tinchlik jarayoni uchun Oliy kengash 
shakllantirish maslahati afg’on hukumatiga taqdim etildi. Karzay bir necha 
marotaba pushtun millatchilarini Qobulga tashrif buyurishni taklif etib, 
pushtun yerlaridagi ekstremizmni muhokama qilishga chorladi. Uning 
hukumati pushtun millatchilari to’g’risida ko’pgina milliy va xalqaro 
konferentsiyalar o’tkazib, ularda Xon Abdul G’affor, G’ani Xon va 
Adjmal Xattak kabilar qatnashdilar. Bundan tashqari, Qobul hukumati 
Afg’onistonga ko’pgina pushtun musiqachilari, dramaturglari, olimlari, 


137 
jurnalistlari, fuqarolik jamiyati vakillari va boshqa shaxslarni afg’on 
yumshoq kuchini oshirish va insonlar o’rtasidagi aloqalarni kengaytirishga 
chorladi. Biroq, umuman olganda AQSh harbiy mavjudligi va afg’on 
toliblari bilan aloqalar tufayli pushtun diniy partiyalari Qobulga 
kelmadilar. Ammo, Pokiston hatti harakatlariga qaraganda javob tariqasida 
Pokiston prezidenti Doud Xonning faol siyosatiga Karzayning xulqi ta’sirli 
bo’ldi. Karzayning pushtun diplomatiyasi o’ylangan natijalarni bermadi, 
lekin pushtun millatchilari va partiyalari o’rtasida yumshoq kuchning 
mustahkamlanishi uchun foydali bo’ldi
1
. Ushbu ko’rsatkichlar keyinchalik 
Pokistonning afg’on siyosatiga qarshi bo’lib chiqishi mumkin edi. Biroq, 
boshqa tomondan, ushbu siyosat ikkitomonlama Qobul va Islomobod 
o’rtasidagi aloqalarni yaxshilamadi. Buning o’rniga u Pokistonni yanada 
havotirga solib qo’ydi. Ashraf G’anining Pushtun diplomatiyasi Ashraf 
G’ani, tarixchi va akademik sifatida, afg’on tarixining so’nggi ikki yuz 
yilligini tanqidiy o’rganib chiqdi
2
. Sovuq urushidan keyingi davr va afg’on 
fuqarolik urushlari paytida Bi-Bi-Si ning Pushto-Dariy intervyusida 
Afg’onistonda tinchlik o’rnatishda Pokiston boshqa davlatlarga nisbatan 
ko’proq ta’sir eta oladi deb ta’kidladi. Shuning uchun, G’ani prezident 
bo’lgandan so’ng, Pokistonnig eng kuchli hokimiyati – Pokiston armiyasi 
bilan yaxshi munosabatlarni o’rnatishga harakat qildi. U afg’on diplomatik 
protokolini buzib, Ravolpindidagi Bosh shtabga (GHQ) tashrif buyurdi va 
Shuxad haykaliga gulchambar o’rnatib, fotiha tilovat qildi. Pokiston 
armiyasi ishonchini qozonish uchun va ijobiy aloqalar o’rnatish uchun u 
Hindistondagi og’ir zirxli qurollarni olib chiqib ketish masalasini to’xtatib 
turdi va afg’on kursantlarini Pokistonga tayyorlashga yubordi. Shu 
paytning o’zida (va hozirgacha ham) Pokiston uchun bo’lgan bunday 
tashviqot siyosiy suiqasd bo’lib, afg’on etakchilari uchun katta 
sarguzashtdir. G’ani bularning barchasini afg’on tinchlik jarayoniga 
Pokiston yordam berishiga ishontirish uchun qilib, “Tolibon” harakatiga 
ta’sir o’tkazib, Qobul bilan muzokaralar olib borishni boshlashga chaqirdi. 
Bundan tashqari, uning salafi kabi, G’ani pushtun millatchilari va 
Pokiston diniy partiyalarini Qobulga taklif qildi. Biroq, 2015 yil yanvarida 
Qobulga faqat millatchi partiya vakillari bo’lgan (Maxmud Xon Achakzay, 
Afrosiob Xattak va Oftob Axmad Xon Sherpao)lar tashrif buyuurishdi. U 
erda ular G’ani, Karzay, milliy xavfsizlik bo’yicha bosh maslahatchi Xonif 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish