O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti


ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTIGA A’ZO DAVLAT SIFATIDA TUTGAN ORNI VA TASHKILOT DOIRASIDA AMALGA OSHIRAYOTGAN INVESTITSION HAMKORLIGI



Download 1,63 Mb.
bet21/30
Sana20.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#152346
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Bog'liq
Kurs ishi Odiljonov Hojiakbar

III BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTIGA A’ZO DAVLAT SIFATIDA TUTGAN ORNI VA TASHKILOT DOIRASIDA AMALGA OSHIRAYOTGAN INVESTITSION HAMKORLIGI

3.1. O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotida tutgan o‘rni

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Xarakatlar strategiyasi”ning uchinchi ustuvor yo‘nalishi – iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish qismida xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, yetakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirish orqali:

xalqaro moliyaviy institutlar pul mablag‘larini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash;

ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy, inftastruktura va boshqa loyihalarni amalga oshirishga qatarilgan chet el hukumat tashkilotlarining imtiyozli kredit hamda grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish belgilab qo‘yilgan51. O‘zbekiston Republikasining tashqi iqtisodiy faoliyatida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi eng maqbul tashkilot, shubhasiz Shanxay hamkorlik tashkilotidir.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etgan murojaatnomasida “O‘zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo‘nalish” tamoyilini amalga tadbiq etishga kirishilganligi, natijada mintaqamizda mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratilganligi, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik asosidagi aloqalar mustahkamlanib borayotgan ekanligi ta’kidlab o‘tildi52. Ushbu mintaqadagi ijobiy o‘zgarishlar ham tashkilot doirasida ko‘p tomonlama hamkorliklarni, shuningdek investitsion hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Hozirgi davrga kelib Shanxay hamkorlik tashkiloti O‘zbekiston uchun va aksincha ushbu tashkilot uchun esa yurtimiz muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida tutgan siyosiy-iqtisodiy mavqei, xalqaro transport yo‘lagida joylashgan davlat ekanligi ushbu mamlakat uchun ulkan imkoniyatlarni yaratadi. Bundan tashqari, Shanxay hamkorlik tashkiloti-ning ayni shu darajaga kelishi ham O‘zbekistonning unga qo‘shilishi bilan boshlangan. Barchamizga ma’lumki, 1996-yilda tashkil topgan “Shanxay Beshligi”ga a’zo davlatlarning 2001-yil 15-iyunda Shanhay shahrida bo‘lib o‘tgan davlat rahbarlarining navbatdagi sammitida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etadi va O‘zbekistonni shu tashkilotga qo‘shilish masalasi kun tartibiga qo‘yiladi. Ayni o‘sha sammitda Shanxay hamkorlik tashkilotining tuzilganligi to‘g‘risida deklaratsiya imzolandi. Shu davrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi ShHTning a’zosi sifatida faol ishtirok etib kelmoqda va a’zo davlatlar bilan nafaqat xavfsizlik sohasida, balki savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar hamda investitsion hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda.

O‘zbekiston tomoni uchun tashkilot doirasidagi asosiy manfaatdorlikdan biri bu – investitsion hamkorlik bo‘lib qoladi. O‘zbeskiston tashqi investitsiyaviy siyosating asosi esa 1998-yilgi O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari tog‘risida”53gi Qonuni orqali belgilab qo‘yilgan.

O‘tgan 16 yil vaqt mobaynida ushbu muntaqada joylashgan davlatlar bilan ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalari rivojlandi. 2004-yilda tashkilotning MATT ofisi Toshkent shahrida o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu tuzilmaning aynan O‘zbekiston Respublikasining poytaxt shahrida joylashishi yurtimizning tashkilot doirasidagi o‘rnini ko‘rsatib berdi.

2016-yil 23-24-iyun kunlari Toshkent shahrida ShHTga a’zo davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi va unda tashkilot tuzilganligining 15-yillik yubileyi ham nishonlandi. Bu O‘zbekiston Shanxay Hamkorlik ashkilotiga uchinchi marotaba raislik qilishi edi. Mamlakatimiz ShHTga 2003-2004 hamda 2009-2010-yillarda ham raislik qilgan54.

Xalqaro ekspert va analitiklarning nuqtai-nazariga ko‘ra ushbu sammit tarixiy ahamiyat kasb etdi. Unda davlat rahbarlari tomonidan qabul qilingan qarorlar tashkilotni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan bo‘ldi.

Shuningdek, ShHTni rivojlantirishning 2025-yilgacha tuzilgan strategiyasini qabul qilish barcha davlat rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va e’tirof etildi. Sammitning eng asosiy masalalaridan biri bo‘lib Hindiston va Pokistonni ShHT statusiga qo‘shib olish bo‘yicha memorandumni imzolanishi hisoblanadi.

O‘zbekiston tashkilot doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi va madaniy-gumanitar aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish tarafdoridir. Shuningdek O‘zbekiston IT va turizm, ta’lim, fan, madaniyat, san’at sohalarida ham do‘stona munosabatlar va samarali hamkorlikni muntazam ravishda qo‘llab keladi.

O‘zbekiston Respublikasining amalga oshirayotgan tashqi siyosati ham ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida investitsion hamkorlikni kengaytirishga qaratilgandir55.

Xitoy investitsiyalari, jamg‘armalari va banklari ko‘magi bilan ichki infratuzilmani rivojlantirish ucun yaratilgan yangidan-yangi imkoniyatlar O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish ucun keng shart-sharoitlar yaratmoqda. Xitoy tomonidan kiritilayotgan investitsiyalarni o‘zlastirishda maxsus iqtisodiy hududlar ham yaxshi samara bermoqda. Misol uchun, Navoiy, Jizzax, Angren va boshqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga katta hissa qo‘shmoqda. Bularning barchasi transit sig‘imi va logistika imkoniyatlarini realizatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Qisqacha qilib aytganda esa, shimol bilan g‘arbni bog‘lovchi eng yaqin yo‘l – Buyuk ipak yo‘lini rivojlantirish maqsadida tashlangan qadamlardan biri.

O‘zbekiston, tashkilot doirasida amalga oshirayotgan loyihalariga ko’ra, o‘zaro hamkorlik munosabatlarida muvaffaqiyatli harakatlanmoqda. U nafaqat o‘z maqsadlari, balki taskilotga a’zo davlatlarning manfaatlarini ham ko‘zlagan holda faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunga kelib u barca mamlakatlari birlashtiruvchi ko‘prik hisoblanadi. Misol uchun, Respublikaning Angren-Pop temir yo‘lining ishga tusirilishi Toshkent shahridan Farg‘ona vodiysiga eng qisqa yo‘lni ochdi. Bu loyihaning murakkabligi dunyodagi sakkizta eng murakkab loyihalardan biri ekanligi bilan ajralib turadi. Tunnelning uzunligi 19,2 km masofani tashkil qiladi va u Markaziy Osiyodagi eng uzun tunneldir.

Hozirgi kunga kelib, O‘zbekiston sanoati rivojlangan davlatlar yo‘lidan bormoqda – iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va tayyor mahsulotlarning eksportga tayangan yuqori darajadagi o‘sish. Ko‘p mamlakatlar ushbu natijaga erisha olmaydi. Suning uchun, ehtimol, 10-20 yillardan so‘ng “o‘zbek rivojlanish modeli” haqida maqollar yozilar56.

Shanxay hamkorlik tashkiloti kengayib borar ekan, unga a’zo davlat hosiblanuvchi O‘zbekistonning ham xalqaro miqyosdagi mavqei ortib bormoqda. Respublikamiz uchun o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish uchun imkoniyatlarning kengayishi, mintaqadagi davlatlar bilan faqat xavfsizlik sohasida emas, balki iqtisod-investitsiyaviy sohalarda ham hamkorlikni amalga oshirish imtiyozlari o‘zining o‘sish tendensiyasini namoyon qilyapti. Buning yaqqol dalili sifatida mamlakatimiz prezidendi Sh.Mirziyoyevning 2017-yilda ShHTga a’zo bir necha davlatlar, jumladan Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan davlat va rasmiy tashriflari doirasida bir qancha shartnomalar imzolandi. Ushbu shartnomalarning asosiy qismini investitsiyaviy loyihalar tashkil etishi O‘zbekistoning tashkilot doirasida hamkorlikdan qanchalar manfaatdor ekanligini ko‘rsatib beradi.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish