O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi


-Mavzu: Qiyosiy pedagogikaning taraqqiyot bosqichlari



Download 0,71 Mb.
bet5/98
Sana06.08.2021
Hajmi0,71 Mb.
#140126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
КИЁСИЙ ПЕДАГОГИКА 2020 3 курс

3-Mavzu: Qiyosiy pedagogikaning taraqqiyot bosqichlari.

Reja:


  1. Xorijiy davlatlarda ta’lim tizimining tashkil etilishi.

  2. Taraqqiyotining ikkinchi va uchinchi davri.

  3. Jahon mamlakatlarining ta’lim muammolarining umumiy tavsifi.


Maqsad :

  1. Ta’limiy maqsad: chet el ta’limi taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari bo’yicha ma’lumot berish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: taraqqiyot davridagi ta’lim tizimini tahlil etishni o’rganish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: jahon ta’limidagi ta’lim muammolarini tahlil etish.

Qiyosiy pedagogika taraqqiyotining asosiy bosqichlari

Tadqiqotning qiyoslash metodi barcha fanlarda, shu jumladan pedagogikada ham keng qo’llanadi. Yoshlar ta’lim va tarbiyasining qiyosiy tavsifini turli mamlakatalarda - Ya.A.Komenskiy, nemis pedagoglari I.G.Gerder, I.P.Brinkman, F.A. Xekt, A.X. Nimeyer, Ye.G.Fisher, shveysar pedagogi Ye.A. Evers, AKSh pedagoglari I.Nif. D. Grisom va boshqalarning ishlarida uchratamiz.

Qiyoslash metodi yordamida o’qitish va tarbiyalashninshg biz uchun odatga aylanib qolgan forma va metodlarining asl qimmati va samaradorligini aniqlanadi. Yuqori maorif tizimlari yoki ularning rivojlanish davrini qiyoslash qiyosiy pedagogika bo’lolmaydi, albatta. Qiyosiy pedagogikaning ijtimoiy maqsadlarini, amaliy vazifalarini, o’z muammoalari va tadqiqot metodlarini belgilab olishgina uni pedagogikaning mustaqil sorasiga aylantiradi.

Turli mamlakatlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarining rivojlanishi o’sib kelayotgan avlodni o’qitish va tarbiyalashning qo’yilishi bilan o’zaro keng tanishishga o’qitishning forma va metodlarini, ba’zan esa butun ta’lim tizimini o’zlashtirishga imkon berdi. dunyodagi turli mamlakatlardagi xalq maorifi ahvolini chukurroq o’rganish va qiyosiy metoddan foydalanishga obyektiv ehtiyej maorif tizimida o’zgarish yasashni talab qilgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy siljishlar davrida yaqqol sezildi.

Olimlar XIX asr moddiy va ma’naviy jarayonlari sharoitlarini bunday ta’riflaydilar: «Ilgari eski mahalliy va milliy bitiklik o’rniga, o’zida ishlab chiqariladigan mahsulotlar hisobiga yashash o’rniga millatlarning bir-birlari bilan har taraflama vujudga kelmoqda. Bunday aloqa va bog’lanishlar moddiy hayotga ham, ma’naviy hayotga ham bab-baravar taalluqlidir. Ayrim millatlarning ma’naviy faoliyati umum boyligiga aylanmoqda».

Olimlar bu fikri qiyosiy pedagogikaning nafaqat «ma’naviy ishlab chiqarish» sohasi sifatida vujudga kelishini, balki uning rivojlanish davrini aniqlashga ham imkon beradi.

Tarixiy materializm prinsiplariga asoslanib qiyosiy pedagogik taraqqiyotining quyidagi davrlarini qayt etish mumkin: birinchi davr- G’arbdagi revolyusiyalardan Rossiyadagi Ulug’ Oktyabr revolyusiyasigacha (XVIII - asrning oxiri- 1917 y.), ikkinchi davr- Ulug’ Oktyabr revolyusiyasidan jahon sosialistik tizimi vujudga kelishigacha (1917-1945 yy), uchinchi davr- jaxon sosialistik tizimi qaror topganda hozirgacha bo’lgan davr.

Revolyusiyalarning jadal rivojlanish davrida Yevropaning turli mamlakatlarida ta’lim-tarbiya bir qancha umumiy xususiyatlarga ega bo’ldi.

Chet el maktabi tajribasini, milliy xususiyatlarini hisobga olib va saqlab qolgan holda, milliy maktablarni rivojlantirishda qo’llash imkoniyatlarini aniqlash nuqtai nazaridan tavsiflash, analiz va tanqid qilish XIX asr buyuk pedagoglardan ko’pchilikning tadqiqot predmeti bo’ldi.

Tadqiqotning ayrim maqsad va metodlarini belgilagan va muammoaga ma’lum darajada ijtimoiy-siyosiy yo’nalish bergan birinchi tadqiqotchi «qiyosiy pedagogikaning otasi»nomini olgan Mark Antuan Jyulen Parijskiy (1775-1848) bo’ldi. «Qiyosiy pedagogikaga doir tadqiqotlar haqida ocherk va dastlabki mulohazalar» ishida (Parij , 1817) hozircha barcha mamlakatlarning pedagogik terminologiyasiga chuqur kirib borgan «qiyosiy pedagogika» va «qiyosiy tarbiyalash» terminlarini birinchi bo’lib qo’lladi.



Jyulen qiyosiy pedagogikada tarbiyalash va o’qitish nazariyasi va amaliyotini takomillashtirishning, xalqlarning umumiy madaniy rivojlanishiga va jipslashishiga imkon beradigan Yevropadagi barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan pedagogik nazariyani ishlab chiqishning eng muhim yo’llaridan birini ko’rdi. U turli mamlakatlar va xalqlar vaqillaridan tarbiya masalalari bo’yicha halqaro komissiya anketalar va hisobotlar yordamida turli yevropa mamlakatlarida, o’quv-tarbiya muassasalarining materiallarini, tarbiyalash-o’qitish metodlarini to’plashi, klassifikasiyalashi va qiyoslashi kerak, pedagog mutaxassislarni tayyorlaydigan maxsus o’quv yurti ochishi, bir necha tilda chiqadigan pedagogik jurnal nashr etishni, Yevropadagi eng muhim ilmiy va madaniy markazlar vaqillari o’rtasida maorif masalalari yuzasida yozma ravishda fikr-mulohazalar almashishni muntazam amalga oshirib borishi lozim edi.

Jahonning turli mamlakatlarida maorif tizimining takomillashtirish muammolariga qiziqish va maktabni qiyosiy o’rganish zaruriyati ortadi.

Ayrim olimlar maorif ishining qo’yilishi bilan tanishish uchun boshqa mamlakatlarga bordilar. Bu sayohatlarning natijalari nashr etilib, mualliflar o’z milliy maktabini takomillashtirish yo’llarini ko’rsatdilar. Sarbonnadagi falsafa professori Viktor Ko’zen, nemis pedagoglari S.A. Kruze, Fridrix Tirshning, injener F.Xarkortning, amerika pedagoglari G.Mann, G.Bernard, K.Stou, Ch.Turber, A.Fleksnerning, ingliz pedagog M. Sedler va boshqalarning ishlari shular jumlasidandir.

Qiyosiy – pedagogik tadqiqotlar Rossiyada ham ancha rivojlandi. Ayniqsa ulug’ rus pedagoglari K.D.Ushinskisy va L.N.Tolstoyning ishlari eng katta e’tiborga loyiq. Chet el maktabi ahvolini tahlil qilish Ushinskiyni rus ta’lim tizimini takomillashtirish to’g’risida o’ylashga rag’batlantirdi.

«Barcha xalqlar uchun xalq tarbiyasi bo’yicha umumiy tizim,- deb yozgan edi. Ushinskiy, - nafaqat amalda, balki nazariyada ham yo’q va Germaniya pedagogikasi - nemis tarbiyasida boshqa narsa emas».

Begona xalq maorifi tizimini o’zlashtirib olishga L.N.Tolstoy ham keskin qarshi chiqqan edi: «Maktab halq yashayotgan asosiy qonuniyatlarni anglagandagina yaxshi hisoblanadi». L.N.Tolstoy Rossiya rus xalqi hayotining tarixiy va milliy xususiyatlariga mos tushadigan o’z xalq maorifi tizimi bo’lishi kerakligini qat’iy ta’kidlab, chet el pedagogikasidan bolalarni o’qitishning faqat ayrim metod va usullarinigina olish mumkin deb hisobladi.

Xorijiy mamlakatlar maktabi va pedagogikasi ko’pgina rus muallimlari va olimlarining e’tiborini jalb qildi. Rossiyada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida nashr etilgan «Nachalnaya shqola», «Uchitel», «Jurnal dlya vospitaniya», «Pedagogicheskiy sbornik», «Jurnal Ministerstva narodnogo obrazovaniya» va boshqa pedagogik jurnallar rus pedagoglarining chet eldagi pedagogika nazariyalar va maktabning amaliy ishi tavsif va tahlil qilingan maqolalarini, tarjimalarini bosar edi. Rus avtorlarining (N.Dadenkov, P.Kapnist, P.G. Mijuyev, L.Mo’zichenko, M.A. Pospelov, Ye. Yanjul va boshqalar) ayrim kitoblari chet el maktabi muammoasi va pedagogik nazariyaga bag’ishlangan.

XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropada milliy, so’ngra halqaro tadqiqot markazlari, «muzeylar» yoki institutlar vujudga kelib, ular o’z mamlakatlari va chet eldagi ta’lim va tarbiyaga oid axborot materiallari va statistik ma’lumotlarni to’plab, ishlab chiqadilar va tarqatadilar. Bo’lar Londondagi Xalqaro ko’rgazma (1851 y), Vashingtondagi «Maorif xizmati» (1860 y), Parijdagi Pedagogika muzeyi va boshlang’ich ta’lim bo’yicha markaziy kutubxona (1879 y) va boshqalardir.

XIX asrning 70- yillarida Turkiya va Avstriya – Vengriya imperiyasi tizimiga kirgan slavyan xalqlari vaqillari bo’lgan pedagoglarning qiyosiy-pedagogik tadqiqotlari o’ziga xos xarakterga ega edi. Bu pedagoglar maktab orqali slavyan xalqlarini birlashtirish va milliy ozod qilishga yordam bermoqchi bo’ladilar. 1871 yili Zagrebda o’tkazilgan xorvat, serblar, slovak, chex, morav va polyak o’qituvchilari syezdida «Slavyan pedagogi» nomli pedagogika tarixida birinchi halqaro pedagogik jurnalga asos solindi (1872-1874). Uning vazifasi slavyan xalqlarining madaniy aloqasini mustahkamlash, ularni chet el bosqinchilariga qarshi kurash uchun birlashtirish edi.

Jurnalda slavyan mamlakatlaridagi maorifning ahvoli haqida o’sha xalqlar tilida maqolalar bosildi.

Bu bosqich 1917 yildan 1945 yilgacha bo’lgan davrni qamrab oladi. Rossiyadagi Ulug Oktyabr inqilobi, partiyalarning vujudga kelishi va sinfiy kurashning keskinlashishi insoniyat jamiyatining barcha tomonlariga, shu jumladan tarbiya tizimiga ham hal qiluvchi ta’sir ko’rsatdi.

Bu davrdagi qiyosiy pedagogika nafaqat turli ijtimoiy tuzumdagi mamlakatlar o’rtasidagi, balki boshqa mamlakatlar o’rtasidagi sosial-iqtisodiy va siyosiy ziddiyalarni ham aks ettiradi. Ma’lumot bilan ekonomika o’zaro ta’siri etishini hisobga olib, boshqa mamlakatlarning pedagoglari o’zga mamlakatlarda maktabning rivojlanishini tobora sinchiqlab kuzata boshladilar. Ulardan ko’plari qiyosiy pedagogikani o’zlarining ilmiy faoliyatlari uchun soha qilib oldilar. Isaak L, Kendl, Pol Monro, Vilyam Rassel, Jorj S, Kauns va boshqalar (AKSh); Frans Xilker, Fridrix Shneyder (Germaniya), Pedro Rossello (Shveysariya) va boshqa olimlar shular jumlasidandir.

Umumiy ta’limning rivojlanishi, majburiy ta’lim muddatlarining uzayishi va darajasining oshishi, turli yo’nalish, tip va darajadagi maktablarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiya metodlarini takomillashtirish zaruriyati Yevropa va Amerikadagi ko’pgina mamlakatlar uchun bir qator umumiy muammolarni ilgari surdi. Pedagogik omillarni xalqaro miqyosda tushunishning zarurligi turli xil regoinal va xalqaro ilmiy tadqiqot tashkilotlari tashkil topishiga olib keldi. Qolumbiya universitetining pedagogik Kolleji qoshidagi xalqaro institut (AKSh, 1923 y); 1925 yildan boshlab Berlindagi ta’lim-tarbiya Markaziy institutining chet el pedagogikasi va maktabi bo’limi o’zining ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyatini aktivlashtirdi Millatlar Ligasi tashabbusi bilan halqaro ta’lim byurosi - XTB (Jeneva, 1925 y) tashkil etildi. Byuroning majburiyati va vakolatiga quyidagilar kirdi: maxsus ishlab chiqilgan anketa va savollar yordamida XTB a’zosi bo’lgan mamlakatlarda ta’limning ahvoli haqidagi materiallarni to’plash: pedagogik muassasalar va jamiyatlar o’rtasida aloqa o’rnatishga ko’maklashish; ishlarni chop etish; kengash va seminarlar o’tkazish; ayrim masalalar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va boshqalar.

Quyidagi vaqtli nashrlar chiqarildi: Qolumbiya universitetining AKSh «Maorif yilnoma»si, 1934 yilgacha nemis, ingliz va fransuz tillarida chop etilgan «Xalqaro pedagogik jurnal» (Germaniya) va boshqalar.

Yevropa va Amerikada ilmiy konferensiya va seminarlar. Turli mamlakatlardagi ta’lim tizimi bilim chuqurroq tanishish maqsadida chet ellarga borish, xalqaro uchrashuvchilar va chet el maktabini o’rganishning boshqa turlari keng qo’llandi.

Qiyosiy – pedagogik tadqiqotning o’ziga xos metodlari belgilanadi, ularning amaliy vazifalari kengayadi. Qiyosiy pedagogika sohasidagi ishlar ancha chuqurlashadi maqsadga yo’naladi, maorif ishi mazkur mamlakatlar xayotining madaniy-tarixiy va sosial-iqtisodiy sharoitini xisobga olgan holda tahlil qilinadi. Bu qiyosiy pedagogika pedagogikasining mustaqil sohasi bo’lib ajralib chiqdi deb hisoblashga zamin yaratadi.

20-30-yillarda qiyosiy pedagogika nazariyasi masalalariga bag’ishlangan bir qator ishlar ham e’lon qilindi. Masalan, professor I.Kendl «Qiyosiy pedagogika sohasidagi tadqiqotlar» («Boston», 1933) ishida qiyosiy pedagogikaning ahamiyati, predmeti va metodlarini qarab chiqadi va Angliya, Fransiya, Germaniya , Italiya , AQSh dagi ta’lim tizimini qiyoslab tavsiflaydi.

Olimlar ochib kelayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish haqidagi ta’limotni erkin ko’rsatib berdi, pedagogikaning xalqqa qarshi xarakterini ilmiy asoslab keskin tanqid qildi. Pedagogik lug’at nashr etish to’g’risidagi N.K.Krupskaya chet el maktabi va pedagogikasi tajribasini o’rganishga va tahlil qilishga har tomonlama ergashish ifodalab berdi.

«Pedagogik lug’at»ning maqsadi-, deb yozgan edi u 1916 yili, -turli mamlakatlardagi xalq maorifi ahvoli ko’rinishini berish dir, unda shu mamlakatga eng xos, mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot darajasi bilan, uning tarixiy o’tmishi bilan uzviy bog’lik narsalar berilmog’i lozim. Biror mamlakatning xalq maorifi ahvoli haqidagi xabar shu mamlakatda xalq maorifining taraqqiyot tarixi bilan bog’lanmog’i lozim. Bu tarix o’z navbatida, pedagogika sohasidagi g’oyalarni va u yoki bu mutafakkir yoki arbobning rolini tushunish uchun zamin bo’lmog’i zarur.

N.K.Krupskaya pedagog - jamiyatning tashkilotchisi va raisi edi. «Chet el pedagogikasi seksiyasi» ish planining mazmuni tadqiqotlar, xususan shimoliy Amerika, G’arb, Sharqdagi zamonaviy pedagogik nazariyalarni va boshqa mamlakatlardagi metodik tajribalar, shuningdek bir qator boshqa ishlar qiyosiy xarakterda bo’lganini yaqqol ko’rsatadi. 1930-1931 yil planida bolalar xarakati, chet el partiyalarining pedagogik siyosati, hozirgi zamon sosial - demokratiyasi (Germaniya, Angliya, Avstriya), Germaniya va Fransiyada maktabni reforma qilish uchun kurash.yu sanoatni rasionalizaysiyalash munosabati bilan yoshlar tarbiyasi (Germaniya va Amerika) va boshqa masalalarni o’rganish ko’zda tutilgan . shu singari masalalar N.K.Krupskaya muxarrarlik qilgan «Na putyax k novoy shqole» jurnalida ham yeritib turildi.

Qiyesiy pedagogika uchinchi davri (XX asrning 40-yillari oxiridan hozirgi davrgacha) xususiyatlari, bir tomondan, xalqaro siyosiy vaziyatda yuz bergan muxim uzgarishlar bilan, ikkinchi tomondan, fan va texnikaning gurkirab rivojlanishi bilan belgilanadi. Yevropa va Osiyedagi bir qator mamlakatlarda xalq demokratik revolyusiyalari galaba kozonishi, jaxon sosialistik tizimining yuzaga kelishi va mustaxkamlanishi, jaxon mustalmlaka tizimining yemirilishi dunyodagi kuchlar nisbatini tubdan o’zgartirib yubordi va xukmronlikni keskin cheklab qo’ydi.

Sosialistik mamlakatlarda maorifning rivojlanishida gavdalayentgan pedagogik g’oyalar boshqa mamlakatlarda tarakkiyparvar kuchlarning maktab tizimini demokratlashtirish uchun olib boraetgan kurashiga, shuningdek rivojlanaetgan yoshtmamlakatlaprda xalq maorifining rivojlanish yo’llarini belgilashga kuchli ta’sir ko’rsatmokda.

Fan-texnika taraqqiyoti yanada yukori malakaga ega bo’lgan mutaxassis kadrlarna va umumiy ma’lumot darajasini muttassil oshirishni talab qiladi.

Jaxon mamlakatlar o’rtasidagi madaniy aloqalrning rivojlanayotganligi omilini ham qayd etib o’tish lozim. Xalqaro keskinlik yumshaetgan bir sharoitda qiyosiy pedlagogikasi mafkurachilari «g’oyalar va odamlarni almashish» erkinligi haqidagi uz qarashlarini aktiv targib qilmokdalar, ta’lim sohasida kengayib borayotgan aloqalarda ideologik tajovuz maqsadlarida foydalanishga urinmokdalar. Hamkorlikni kengaytirishni «ideologik yon berish», boshqa mamlakatlarda mafkurasini bemalol targ’ib etishga yo’l ochish talabi bilan bog’lamokdalar.

1945 yili Parijda ta’lim, fan va madaniyat busicha birlashgan Millat Tashkiloti (YuNESKO) tuzilib, uning vazifalari quyidagilardan iborat bo’ldi: barcha darajadagi ta’limni rivojlantirishga, ayniksa maktab va maktabdagn tashqari ta’limning hamma texnik jixatlarini yaxshilash va rivojlantirishga yordam berish, ta’lim, fan va madaniyatni ripvojlantinrish programmasi yordamida a’zo mamlakatdlarga, dastavval rivojlanaetgan mamlakatlarga ularning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini tezlashtirishga yordam berish, tabiiy va ijtimoiy fanlar sohasidagi xalqaro hamkorlikni stimullash va kuvvatlash, madaniy okartuv maqsadiga ega bo’lgan xalqaro almashuvlarni ragbatlantirish, barcha a’zo mamlakatlarga maorif, fan va madaniyat sohasdiagi xujjatlarni beruvchi axborot markazi bo’lib xizmat qilish.

YuNESKO qiyosiy pedagogika sohasidagi takdikotlar uchun kerakli materiallarni tuplaydi, jaxon mamlakatlarida maroifning ahvoli haqida yilnoma va spravochniklar nashr qiladi, tarbiya, ta’lim, shuningdek qiyosiy pedagogik problemalari bo’yicha xalqaro konferensiyalar uyushtiradi. Qiyosiy pedagogika jamiyatlari Butun dunyo YuNESKO koshidagi maorif bo’yicha Xalqaro byuro bilan birgalikda kvartal byo’lletenini nashr etadi (Jeneva).

Xalqaro tavsifiy va statistik materialni takomillashtirish va lozim djarajada bir xillashtirish yuzasidagn klonkret faoliyat va shuningdek. YuNESKO uchun qiyosiy pedagogikaning nazariy muammoalarni ishlab chiqish bilan maorif bo’yicha Xalqaro byuro va YuNESKO- Gamburgdagi Pedagogika instituti (1951 yil tashkil etilgan) shugullanadi. Institut ustavida uning faoliyati quyidagicha belgilanadi: YuNESKO ning Bosh konferensiyasi belgilangan asosiy yunalishlarga muvfoik keng xalqaro kamrovli o’quv programmasini tayerlash va nashr etish, turli mamlakatlar urtasida pedagogik tajriba almashish va o’zaro tushinishini yaxshilash maqsadida programmani ilgari siljitish, rivojlanaetgan mamlakatlarga yordam programmaasidagn kelib chiqadigan asosiy pedagogik muammoalarni o’rganishda YuNESKO Sekretariatiga yordam berish , institutning xalqaro mikesidagi faoliyatida katnashishga imkon berish maqsadida uz mamlakati pedagoglari bilan aloqani ta’minlash.

Bir qator boshqa xalqaro va milliy tashkilotlar masalan, AKSh qiyosiy pedagogka jamiyati (1956 y) kabilar yuzaga keldi, ularning maqsadji quyidagilardan iborat edi. Kollejlar va universitetlarda qiyosiy pedagogikani o’rganishga, qiyosiy pedagogika yuzasidag ilmiy takdikotlarning kengayishiga va qiyosiy pedagogikaga oid eng axborotlarni tarkatishga imkon berish , pedagogik hodisalaorni boshqa ijtimoiy hodisalaor bilan bog’lab o’rganish va baholash maqsadida boshqa sohalar olimlari bilan hamklorlik qilish. Turli mamlakatlar qiyosiy pedagogikasi vaqillari hamkorligini kengaytirish, birgalikda tadqiqotlar olbib borish, xujjatlar va boshqa materiallar almashish, YuNESKO , MBP va shu singari xalqaro tashkilotlar bilani hamkorlik qilish. Jamiyatning bo’limlari bor, u yillik konferensiya va kengashlar o’tkazadi, monografiyalar tuplamlar va «Qiyosiy pedagogik obzori» jurnalini nashr etadi.

Londonda Yenvropa qiyosiy pedagogik jamiyati tashkil qilingan (1961 y). Uning vaziflaari quyidagicha belgilangan: pedagogikada qiyosiy metodni rivojlantirish, qiyosiy pedagogik tadkiotlar olib borishga ragbatlantirish, pedagogika o’quv yurtlarida qiyosiy pedagogik kursi o’qitishni kengaytirish va yaxshilash, qiyosiy pedagogik sohasiga doir ishlarni nashr etishga yordamlashish, mutaxassislar uchrashuvi va konferensiyalarni uyushtirish, boshqa mamlakatlardagi qiyosiy pedagogika markazalari va jamiyatlari bilan hamkorlik qilish va xokazo.

Qiyosiy pedagogika muammoalarini ishlab chiqish bilan quyidagilar shugullanadi: Parij chekkasidagi Sevr pedagogik tadqiqotlar Xalqaro markazi koshidagi fransuz tili zonasi qiyosiy pedagogikasi assosiasiyasi, Yevropa qiyosiy pedagogika jamiyatining GFR, Angliya va Yevropadagi boshqa mamlakatlardagi seksiyalari, Ispaniya, Belgiya, Kanada, Avstraliya, Yaponiya va boshqa mamlakatlardagi qiyosiy pedagogika jamiyatlari, Visbadendagi (GFR) pedagogik markaz. U 1957 yili xujjatlar va axborotlar xizmati nomini oldi, Frankfurtdagi xalqaro pedagogik tadqiqotlar instituti, Zalsburg shaxridagi Qiyosiy pedagogik instituti, Kyusyu (Yaponiya) unirvesiteti koshidagi qiyosiy pedagogik instituti. Tokiodagi pedagogik tadqiqotlar Davlat institutining qiyosiy pedagogika bo’limi, Xirosima unirvesiteti koshidagi pedagogik tadqiqotlar, xalqaro instituti, Chikago universiteti koshidagi qiyosiy pedagogika instituti, Qolumbiya, Kent, Garvard, Indian va boshqa (AKSh), Gamburg. Marburg, Geydelberg, Boxum va boshqa (GFR) universitetlarining qiyosiy pedagogika kafedralari, bo’limlari va laboratoriyalari.

Keyingi yillarda ta’lim tizimdlari va ta’lim tarbiyaning ayrim muammolaarini qiyosiy pedagogik tadqiq etishga xiyla ko’p e’tibor berilmokda.

Qiyosiy pedagogika- pedagogika fanining maxsus sohasi sifatida Yevropadagi sosialistik mamlakatlarda tobora kengrok rivojlanmokda.

GDR da 1957 yili Nemis Markaziy Pedagoigka instituti koshida qiyosiy pedagogika bo’limi tashkil qilindi. Keyinchalik u GDR Pedagogika fanlari akademiyasining chet elda maktab va pedagogika institutiga aylantirildi.

Bolgariyada Maorif ministrligi koshida mamlakatdagi turli pedagogika oliy o’quv yurtlarining bir gruppa o’qituvchilari qiyosiy pedagogika muammoalari ustida ish olib bormokdalar, xujjatlar markazi tuzilgan, Sofiya universitetida pedagogika tarixi va qiyosiy pedagogika sektori ishlab turibdi.

ChSSR Fanlar akademiyasi qoshida Pedagogika jamiyati tuzilgan bo’lib, uning tarkibida umumiy va qiyosiy pedagogika sektori ish olib boradi. Bratislavada qiyosiy pedagogika bo’limi bor.

Bolgariya, GDR, Vengriya, Polsha, Ruminiya, ChSSR, Yugoslaviy ilmiy tadqiqot muassasalari, universitetlari qiyosiy-pedagogik tadqiqotlab olib boradi.

Bir qator ishlar e’lon qilingan. Ularda qiyosiy pedagogika nazariyasi masalalari qarab chiqiladi va chet ellardagi ta’lim tizimlari va ta’lim-tarbiyaning ayrim muammoalari qiyosiy analiz qilinadi: N.Shakirov, Qiyosiy pedagogika masalalari (Sofiya, 1969); T.Ya. Vilex. Qiyosiy pedagogikaga kirish (Varshava,Yu 1970); Stanchu Stopan, Qiyosiy pedagogika (Buxarest, 1960); qollektiv yaratgan «Pedagogika ocherklari» nomli uch jildlik katta ishda (B. Suxodolskiy taxriri ostida. Varshava, 1965). «Qiyosiy pedagogika muammoalari va vazifalari to’g’risida» bo’limi berilgan.

GDR Pedagogika fanlari akademiyasi «Qiyosiy pedagogika» jurnalini nashr etadi. Jurnal saxifalarida sosialistik va rivojlanayotgan mamlakatlarda maorifning ahvoli va rivojlanish tendensiyalari haqida materiallar e’lon qilinadi, maktab siyesetining asosiy yunalishlari ilmiy asosda tanqid qilinadi, o’qitish va tarbiyalashning reaksion nazariya va amaliyoti fosh etiladi, qiyosiy pedagogika traixi va nazariyasi masalalari muhokama qilinadi.

Chet el pedagogikasi sohasidagi tadqiqotlar Rossiya Pedagogika fanlari akademiyasi tizimida umumiy pedagogika institutining hozirgi zamon chet el pedagogikasi va maktabi bo’limida olib boriladi. Bo’lim ilmiy xodimlari sosialistik va rivojlanaetgan mamlakatlarda maktab va pedagogikaning ahvolini o’rganadi.


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish