Italiyada gumanistik harakat.
Feodalizm sharoitida shakllana boshlagan kapitalistik munosabatlar G’arbiy yevropada Renesans (Uyg’onish) harakatiga asos bo’ldi. Madaniyat atrixida Renesans nomi bilan yuritiladigan bu harakat dastlab Italiyada va ko’p o’tmay Yevropaning qolgan mamlakatlarida ham yuzaga keladi. Ishlab chiqarish shakllarining yangi kurtaklari manufakturaga o’tish, buyuk geografik kashfiyotlar (Amerikaning topilishi, Hindistonga dengiz yo’lining ochilishi) va dunyo miqyosida savdo-sotiqning rivojlanishi absolyutizmning g’alabasi natijasida feodal tarqoqlikka chek qo’tilib, milliy davlatlarning paydo bo’lishi buyuk dehqonlarning urushi va xalq qo’zg’olonlari-bular ijtimoiy hayot va ijtimoiy tushunchada qator yangiliklar tug’diradi. Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go’yo klasssik qadim zamonning shhulasi bo’ldi va keyinchalik unga yerishish aslo mumkin bo’lmadi. Italiya, Fransiya va Germaniyada yangi ilk hozirgi zamon adabiyoti vujudaga keladi. Shundan so’ng Angliya va Ispaniya o’z klassik adabiyoti davrini kechiradi. Bu o’sha davrga qadar insoniyat boshidan kechirgan keskin o’zgarishlar ichida eng buyuk progressiv o’zgarish edi, titanlarga muhtoj bo’lgan, hamda tafakkur kuchi, zavqu-yehtirosi, xarakteri, har taraflama ma’lumotliligi va bilimdonligi jihatdan titanlarni vujudaga keltirgan davr edi. Uyg’onish davri madaniyatining ahamiyati uning feodal tuzumi va cherkovga qarshi g’oyaviy kurash olib borishi bilan belgilanadi. Shaxs erkinligi va uni din sirtmog’idan ozod etish hamda dunyoviy madaniyat yaratish uchun o’z bilim va kuchlarini sarf etgan bu titanlar-o’zlarini gumanistlar deb atadilar. Bu so’z lotinch humanis ya’ni insoniylik degan so’zdan kelib chiqqandir. Uyg’onish davrining muhim xususiyatlari-inson shaxsini ulug’lash, kishi ongini din sarqitlaridan tozalash, tabiat va jamiyatni esa inson manfaatlariga xizmat aks etadi. Uyg’onish davrining muhim xususiyatlaridan yana biri antic madaniyatga munosabat masalasida nomoyon bo’ladi. Gumanistlar antic davrga qaytish maqsadida yemas, o’zlarining ilg’or fikrlarini asoslash va kelajakka ishonch bilan qadam tashlash uchun uzoq o’tmishning ulug’ siymolari ijodiga murojaat qiladilar. Ular rim va grek adabiyoti janrlarining turli uslub shakllarigagina yemas, balki ularning tarixiy manbalari, g’oyaviy mazmuniga ham diqqat etadilar. Italyan olimi va yozuvchilari, shu jumladan birinchi gumanist Bokachcho unutib yuborilgan qadimgi qo’lyozmalarni qidirib topishga kirishdi. Konstantinopol yemirilganidan so’ng u yerdan qochgan grek olimlari italiyaga juda ko’p noyob antic qo’lyozmalarni keltirganlar. Uyg’onish davrining yana bir xususiyati shundaki, gumanist adabiyotning rivoj topishi va uning realistic mazmunda ekanligidir. Gumanistlar antic manbalardan tenglik va adolat uchun kurash g’oyalarini oladilar.
Antic adabiyotning bunday xususiyatlaridan ta’sirlanishi F.Rable “gargantyua va Pantagryul”, Servantes “Don Kixot” sheksper va Marloning tragediyalarida yaqqol gavdalanadi. Xalq turmushidan olingan tematik obraz va folklore motivlari Bokachcho va M.Novarskaya ijodida yaqqol ko’zga tashlanadi. Italiyaning bir qancha shaharlarida savdo-sotiq tez suratlar bilan rivojlanadi. Venesiya va Genuya savdo bilan Florensiya sanoat va bank ishlari bilan shuhrat qozonadi. Insoniyat madaniyat taraqqiyotining mahsuli bo’lgan buyuk so’z ustalarining biri Dante Alig’yeri. Uning asil ismi Durante familiyasi Alig’yeridir. U 1265 yilning may oyida kambag’allashib qolgan aslzoda oilasida dunyoga keladi. Yoshligida u diniy maktabda o’qib, keyin Bolonya universitetida tahsil olgan deb hisoblaydilar. Umr bo’yi falsafa, axloq, iloohiyot, tarix va mantiq turli xalqlar adabiyotini mustaqil ravishda o’rgangan. U zamonasining eng bilimdon kishilaridan biri hisoblangan. Florensiyaning siyosiy hayotida faol ishtirok etgan shoirni 1302 yil g’olib chiqqan “qoralar” ona shahridan surgun qiladilar va u hayotinign so’nggi 19 yilini sarson sargardonlikda o’tkazadi. Dante 1321 yil 14 sentabrda Ravennada vafot etadi. Dante inson umrini to’rt faslga bo’ladi:
yoshlik: u issiqlik va namlikka monand;
balog’at: unga issiqlik va quruqlik xos;
keksalik: unda sovuqlik va quruqlik bor;
qartayish: unda sovuqlik va namlik bor.
Italiya uyg’onish davrining ikkinchi yirik vakili J.Bokachcho olim va adib bo’lib o’sha vaqtda “nazar ilg’amas” deb hisoblangan zamonaviy novella janrini yuqori bosqichga ko’taradi, uning realistic va demokratik yo’nalishini belgilab beradi. Bokachcho 1313 yil Parijda tug’iladi, onasi vafot yetgach u Italiyaga olib ketiladi. Otasining istagi bilan komersantlik, shuningdek, huquqshunoslikni o’rgansa ham antic yozuvchilarning asarlariga unda qiziqish uyg’onadi. Bokachcho yigitlik davrini (1327-1340) neopolda o’tkazadi. Bu yerda u gumanistlar bilan yaqindan tanishib, grek tili va antic adabiyotni o’rganishga kirishadi. Yangi orttirgan do’stlari tufayli qirol Robert Anjuyskiy saroyidagi adabiy doiraga jalb qilinadi. Bokachcho ijodining dastlabki bosqichida risar romanlarini qayta ishlash bilan shug’ullanadi. O’rta asr diniy-asketik ta’limotiga shafqasiz zarba bergan bokachcho bu o’lmas asari bilan mangu barhayotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |