Kerakli masalliqlar: 200 dona ismaloq bargi, qiymasi uchun 500 ggo’sht, 300 g piyoz, 0,5 stakan guruch, 1 dona tuxum va ta’bga ko’ra tuz va ziravorlar kerak bo’ladi.
Kovatok do’lma. Kovatok- uzumning yosh barglariga qiyma o’rab tayyorlanadigan milliy taom. Kovatokning kovatok do’lma, bug’lama kovatok, kovatok mantii, kovatok palov kabi turlari bor.
Qiyma karam do’lmaniki kabi tayyorlanadi. Uzumning yangi chiqqan yaltiroq barglaridan terib, issiq suvga yuvib olinadi, so’ngra har birining ichiga bir choyqoshiqdan qiyma solib o’raladi. Kovatok do’lma ismaloq do’lma kabi qozonda yoki qasqonda pishirilishi mumkin. Pishish muddati - 30-35 minut. Tayyor taom likoplarda ustiga qaymoq yoki sariyog’ solib dasturxonga tortiladi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Qanday do’lmalarni bilasiz?
2.Bulg’or do’lma qanday tayyorlanadi?
3.Ismaloq do’lma qanday tayyorlanadi?
4. Kovatok do’lma qanday tayyorlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |