O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev., M. E. Eshonqulova servi s pazandachilik asoslari



Download 11,65 Mb.
bet45/101
Sana21.01.2017
Hajmi11,65 Mb.
#764
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   101
2.Sous qanday tayyorlanadi?

3.Qovurma makaron qanday ovqat turiga kiradi?

4.Qovurma makronli dasturxon qanday bezaladi?
3.17. LAG’MONLAR VA ULARNI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.
Lag’mon (xitoycha «lyaga-myan» - chuvalchang hamir) - pishitilgan hamir chilvir qilib chuzilib tayyorlanadigan taom. Hamir qorilgach (0,5 kg unga 1 stakan suv, bir qobiq tuz hisobida) bir soatcha tindirish uchun o’rab qo’yiladi. So’ngra tuz va soda solintan eritma (bir stakan suvga bir qoshiqdan tuz va choy sodasi) bilan hamir mushtlab pishitiladi. Shu hamirdan qo’lda (yoki maxsus mashinada) lag’mon hamiri cho’ziladi (yoki yoyilib ugra kesiladi). Lag’mon chilviri bir-biriga yopishib ketmasligi uchun yuziga dog’lab sovitilgan o’simlik moyi surtiladi. Hamirni qaynab turgan tuzli suvga solib, suv yuziga qalqib chiqquncha pishiriladi. Pishgan hamir sovuq suvda chayiladi. Lag’mon uchun qayla ham kerak. Uni tayyorlash uchun go’sht mayda chumchuq tili qilib, bulg’or qalampiri va piyoz halqa-halqa, sabzi, turp, karam somoncha shaklida, pomidor lunda-lunda qilib kesiladi, sarimsoq mayda chopiladi, kartoshka kubik shaklida to’g’raladi. Osh-kuklar (ukrop, selderey, sarimsoq kuki) mayda qirqiladi. Dog’langan yog’da go’sht, piyoz va sarimsoq, sungra pomidor, bulg’or qalampiri, sabzi qovuriladi, turp, kartoshka va oshko’klarni solib suv quyiladi va qaynatib masalliqlar me’yoriga etkazib pishiriladi. Qaylaga qalampir, tuz va lavr yaprog’i solib, ta’mi rostlanadi. Dasturxonga tortishda hamiridan likop yoki kosalarga solib, yuziga qayla quyiladi. Bir choy qoshiq lozijon solinadi. lag’monning kesma lag’mon, cho’zma lag’mon, kovurma lag’mon, shiman, shivit oshi, makaron lag’mon, vermishel lag’monva boshqa turlari bor.

Shivit oshi. Yangi o’rilgan shivit (ukrop)ni sovuq suvda yuvilib, mayda qirqilib, sirlangan kastryulkaga yoki sopol idishga soligadi, ustidan sharaqlab qaynab turgan suvni quyib choy kabi damlanadi. Idishning qopg’og’ini jips yopib to soviguncha olib kuyiladi. Sungra shivitni siqib, damlamasi dokada suziladi. Unni qisim-qismlab qo’shib hamirni qattiqina qilib ana shu damlamada qoriladi, sochiqqa urab 10 - 15 minut tindiriladi, sung yana bir mushtlab uxlov bilan yupqa kilib yoyiladi. Yoymani tahlab eni 1 sm keladigan uzun tasmalar ugra kesiladi. Ugrani qaynab turgan tuzli suvda pishirib olib, chovliga solib, sovuq suvda chayqab yuborilib so’ng suvi siriqtirib quyiladi. Qaylasini tayyorlash uchun go’shtni mayda chumchuq tili qilib to’g’rang yoki yirik kuzli go’sht qiymalag’ichdan o’tkazilsa ham bo’ladi, piyozni odatdagidek xalqa yoki yarim xalqa qilib to’g’raladi. Pomidorni parrak-parrak, kartoshkani o’rtacha kubik shaklida to’g’rab, shivitning siqib olingan tulpidan ham bir hovuchcha olinadi. Qozonga yog’ solib dog’langach, piyozni tashlanadi, bir-ikki aralashtiriboq, go’sht (qiyma)ni qo’shib pomidor va kartoshka bilan birga chala qovurib, shivit damlamasidan va tulpidan solib, juda sust olovda 40 - 45 minut mildiratib quyiladi, tuzi rostlanadi. Hamirni qaynoq suv quyib isitib, kosalarga yarim-yarim solinadida, ustidan qayla quyib dasturxonga keltiriladi. Qushib iste’mol etish uchun alohida idishda iylangan suzma yoki qatiq beriladi. Masalliq hamiri uchun 500 gr oq un, 1 choy qoshig’ida tuz, 500 gr shivitdan olingan 1 stakan damlama; qaylasi uchun 400 gr go’sht, 150 gr sariyog’, 2 - 3 bosh piyoz, 3 - 4 dona pomidor, 2 dona kartoshka, ta’bga kura tuz va 1 litrcha shivit damlamasi bilan bir hovuch tulpi kerak bo’ladi.

Dimlama lag’mon. Hamir ugra oshigya tayyorlanganidek silib qori-ladi. Yoyib, nafis qilib kesiladi va bir oz quritiladi. Gushtdan qiyma tayyorlanadi. Archilgan kartoshka kubik shaklida, piyoz bilan sarimsoq esa parrak-parrak qilib to’g’raladi. qozonda yog’ni dog’lab, avval piyoz, sungra esa qiyma, sabzi, kartoshka va boshqa masalliklar solib qovuriladi, pomidor yoki tomat-pasta va ozgina suv quyib, 10 minutcha mildiratib qaynatiladi. Qiyma qaynab pishgach, tuz, kalampir. zira, dafna yalrog’i solinadi va bir aralashtirib, yuziga tayyorlab quyilgan ugra tekislab solinadi. So’ngra yuzi bilan barobar kaymoq suv quyiladi, bug’i chiqmaydigan qilib berkitiladi va 25-30 minut davomida sust olovda dimlanadi. Dasturxonga lag’an yoki kosalarda betiga oshkuklar sepilgan holda tortiladi. Alohida idishda uzum sirkasiberiladi. Dimlama lag’mon ugrasi uchun 500 g un, 2 dona tuxum, 1-2 stakan suv, 1 choyqoshiq tuz, qiymasi uchun 200 g yog’, 500 g go’sht, 2 donadan sabzi va kartoshka, 2-3 bosh piyoz, 1 bosh sarimsoq, ta’bga kura tuz, oshkuklar va ziravor kerak bo’ladi.

Makaron (yoki vermishel) lag’monning qaylasi kesma lag’monga tayyorlanganidek kilib tayyorlanadi. Makaron (yoki vermishel)ni tuzli qaynab turgan suvda pishirib, sovuq suvda chayib olinadi. Kosalarga yarim qilib pishgan makaron (yoki vermishel) solib, ustiga esa qayla quyib dasturxonga tortiladi.




Download 11,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish