3.4. QURT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
Qurt – suzma qatiqdan tayyorlanadigan mahsulot. Ma’lum miqdordagi suzmaga tuz qo’shib yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo’lgan massadan yong’oqdek sharchalar hosil qilinadi taxtaga terib, 2-3 kun oftobga qo’yib quritiladi. Qurtlarinig ustiga chang tushmasligi uchun doka yopib qo’yilishi lozim. Tayyor qurtlar xaltachalarda saqlangani ma’qul (31-rasm).
Qurt desert sifatida iste’mol qilinadi, shuningdek qurtova tayyorlash uchun ham ishlatiladi. 1 kg suzmaga 1 oshqoshiq mayda tuz qo’shiladi.
1 kg suzmaga 1 oshqoshiq mayda tud qo’shiladi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Qurt uchun qanday masalliqlar kerak?
2.Qurt qanday tayyorlanadi?
3.Qurt qanday mahsulotlar turiga kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |